JCHga 3-kun qoldi. AQSH-1994
09 iyu 2014 13:01
Yangiliklar
JCHga 3-kun qoldi. AQSH-1994
Ayrim sabablarga ko'ra to'xtab qolgan loyihamiz bugundan davom etadi. Kun davomida siz aziz o'quvchilar JCH-94, 98 va 2002 haqida batafsil malumotga ega bo'lasizlar.
1994 yil AQSHda o'tkazilgan jahon chempionati ko'plab jihatlari bilan alohida takidlashga arziydi. Birinchidan, professional futbol ligasi ushbu mamlakatda chempionat arafasida tuzilgan. Mahalliy aholi uchun futbol ikkinchi darajali sport turi qatorida edi. SHunga qaramay, JCHlar tarixida uchrashuvlarga tomoshabinlarning o'rtacha tashrifi bo'yicha mutloq rekord aynan AQSHdagi mundialda qayd etildi.
24 jamoa ishtirokidagi so'nggi jahon chempionati sanalgan mundialdan Franciya va Angliya singari jamoalar chetda qoldi. Guruh bahslari ham bir qator kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Jumladan, Argentina yulduzi Diego Maradonaning guruh o'yinlari yakunlanmasdan turib doping testdan o'ta olmagani sababli diskvalifikaciya qilinishi katta shov-shuv uyg'otdi. SHoularni yaxshi ko'radigan yurt odamlari shu tariqa maydonda ajoyib harakatlarni yaratadigan ijrochining o'yinlaridan to'liq bahra olishmadi. Guruhdan chiqolmagan Kolumbiya esa jazoni o'ta shafqatsiz tarzda oldi. AQSH bilan uchrashuvda o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan Eskobar yurtiga qaytib borgach, otib o'ldirildi.
Guruhdan kutilgan jamoalarning barchasi nimchorak finalga yo'l oldi. CHempionat kashfiyotiga aylangan Saudiya Arabistoni yo'liga SHveciya to'g'anoq bo'ldi. O'yinda shvedlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Saudiya namoyish etgan o'yin esa millionlab muxlislarni o'ziga jalb qildi. Said Ovayran Maradona Angliyaga urgan goldan qolishmaydigan to'pni Belgiya darvozasiga yo'lladi. Argentina ruhiy iskanjada qolib ketdi va Ruminiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. George Xadji chiroyli harakatlarini samara bilan uyg'unlashtira olgani bilan yana bir yulduz porlaganini namoyish qildi. Bolgariya esa Stoichkov boshchiligida nafaqat francuzlarni, balki boshqa termalarni ham dog'da qoldirishini ko'rsatdi. Braziliya mezbonlarni qiyinchilik bilan enggan bo'lsa, Italiya Nigeriya bilan bellashuvda haqiqiy matonat ko'rsatdi. Guruhdan bazo'r chiqqan italyanlarni Roberto Badjo qutqarib qoldi. U bir futbolchi kam bo'lib o'ynayotgan jamoani g'alaba sari etakladi.
1/8 final
Germaniya - Belgiya – 3:2
Ispaniya – SHveycariya – 3:0
Saudiya Arabistoni – SHveciya – 1:3
Ruminiya – Argentina – 3:2
Braziliya – AQSH – 1:0
Gollandiya – Irlandiya – 2:0
Nigeriya – Italiya – 1:2
Meksika – Bolgariya – 1:1 (penaltilardan 1:3)
CHorak final esa ishqibozlarga superbahslarni taqdim etdi. Italiya – Ispaniya uchrashuvida Roberto Badjoning 88-daqiqada urgan goli “moviy gvardiya”ni yarim final sari etakladi. Braziliya esa Gollandiya ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Romario va Bebetoning gollariga Berxkamp hamda Vinter javob qaytardi. 81-daqiqada Branok kiritgan to'p Braziliyaga yarim final yo'llanmasini keltirdi. Amaldagi chempion Germaniya kutilmaganda Bolgariya qarshiligini sindira olmadi. Matteusning golidan keyin nemislar g'alaba qozonadiganday tuyulgan bir holatda Stoichkov va Lechkovning 2 daqiqada 2 gol urishi barchasini o'zgartirib yubordi. SHveciya – Ruminiya o'yinida penaltilar seriyasida shvedlar omadliroq chiqishdi.
¼ final
Italiya – Ispaniya – 2:1
Braziliya – Gollandiya – 3:2
Bolgariya – Germaniya – 2:1
SHveciya – Ruminiya – 2:2 (penaltilardan 5:4)
Yarim finalda dastlab Italiya va Bolgariya bahs olib bordi. Evropaning kuchli termalarini birin-ketin dog'da qoldirgan bolgarlar bu safar taslim bo'lishdi. Roberto Badjoning 2 goliga Stoichkov penaltidan kiritgan to'pi bilan javob qaytardi. Italiya finalda. Braziliya esa SHveciya bilan bahsda engilishi hech gap emasdi. SHiddatli o'yin namoyish qilgan SHveciya 81-daqiqada Romarioning aniq zarbasini o'tkazib yuboradi. SHu tariqa Braziliya va Italiya yana finalda to'qnash keladigan bo'ldi.
Yarim final
Italiya – Bolgariya – 2:1
Braziliya – SHveciya – 1:0
Uchinchi o'rin uchun bellashuvda shvedlar bolgarlarni 4:0 hisobida tor-mor keltirishdi.
3-o'rin uchun bahs
SHveciya – Bolgariya – 4:0
Final
Final o'yinida ilk bor darvozalarga to'p kiritilmagani, g'olibni aniqlash uchun penaltilarga murojaat qilingani bilan esda qoldi. Har ikki jamoa kubokni boshi uzra ko'tarishga haqli edi. Romario va Badjo mundialda ishqibozlarga ajoyib damlarni taqdim etishgandi. Finalda xavfli vaziyatlar juda ko'p yuzaga keltirilmadi. Palyuka zarbani qaytarishda sustkashlik qilib, to'p to'sindan qaytgani va Taffarelning 2-3 bor Badjoning keskin urinishlarini bartaraf etgani esda qolarli lahzalardan bo'lgan. Penaltilar seriyasida esa omad Braziliyaga kulib boqadi. Barezi, Massaro va Roberto Badjo Italiyadan xatoga yo'l qo'ydi. Romario, Branka va Santosning aniq zarbalariga Parreyra jamoasini 4 karra jahon chempionlariga aylantiradi. SHu tariqa Braziliya 24 yillik tanaffusdan keyin yana futbol taxtiga qaytadi.
BRAZILIYA – ITALIYA – 0:0 (penaltilardan 3:2)
Bosh hakam: SHandor Pul (Vengriya).
Kaliforniya. “Rouz Boul” stadioni. 94194 tomoshabin.
Braziliya: Klaudio Taffarel, Jorjino (Kafu, 21), Aldair, Marsio Santos, Branko, Mauro Silva, Dunga, Mazino, Zino (Viola, 106), Romario, Bebeto.
Bosh murabbiy: Karlos Alberto Parreyra.
Italiya: Janluka Palyuka, Roberto Mussi (Luiji Apolloni, 35), Franko Barezi, Paolo Maldini, Antonio Benarrivo, Nikola Berti, Dino Badjo (Alberigo Evani, 95), Demetrio Albertini, Roberto Donadoni, Roberto Badjo, Daniele Massaro.
Bosh murabbiy: Arrigo Sakki.
To'purarlar: Oleg Salenko (Rossiya), Xristo Stoichkov (Bolgariya) – 6 gol
Behzod Nazarov
tayyorladi

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar