JCHga 20 qoldi: URUGVAY - 1930!
23 may 2014 18:00
Yangiliklar
JCHga 20 qoldi: URUGVAY - 1930!
Jahon chempionati boshlanishiga ham juda oz qolyapti. Bugundan boshlab jahon chempionatlari tarixiga murojaat qilamiz.
JCHga 20 kun qolganda, 19ta JCH haqida eslab o'tamiz. Demak, Urugvay - 1930!
Aslida jahon chempionatini o'tkazish fikri qanday kelgan? 1932 yilgi MOQ olimpiadaga futbolni qo'shishni istamaydi. SHunda FIFA futbol uchun to'rt yilda bir o'tkaziladigan alohida bir katta musobaqani o'tkazishni ilgari suradi va 1928 yilda FIFA birinchi JCHga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritishni istaganlarga elon beradi.
Jami 5 mamlakat, Ispaniya, Gollandiya, SHveciya, Italiya va Urugvay dastlabki mundialni qo'lga kiritish uchun zayavka berdilar. Ular orasida baxt Urugvayga kulib boqdi. O'z navbatida Urugvay hukumati musobaqaga oid barcha harajatlarni hukumat doirasida qabul qilishini aytadi. SHu bilan birga 90 000 nafar ishqiboz uchun mo'ljallangan yangi stadion qurishga vada bergan mamlakat, amalda jahonning eng kuchli terma jamoasi sanalardi. Boisi, birinchi JCHga qadar o'tkazilgan so'nggi ikki olimpiadada aynan janubiy amerikaliklar g'olib bo'lib kelgan edilar.
Ochilish marosimi bo'lib o'tishi lozim bo'lgan Sentenario stadioni birinchi turga qadar qurib bitkazilmadi. So'nggi kunlarda tinimsiz yoqqan yomg'ir quruvchilarning ishlariga halaqit qildi. Ammo keyingi o'yinlarga qadar stadion to'liq bitdi va jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qildi.
Sentenario stadioni final kuni to'lib toshgan edi
Positos stadionida esa tarixiy gol urilgan. Franciya - Meksika va AQSH - Belgiya terma jamoalari o'yinni bir vaqtda boshlangan edi. Lyusen Loran 18-daqiqada Meksika darvozasini ishg'ol qilib, JCH tarixida birinchi gol urgan futbolchi nomiga ega bo'ldi. Qizig'i shundaki, 13-30 iyul kunlari bo'lib o'tgan mundialning birinchi kunida qor yog'ar edi.
2005 yil 97 yoshida vafot etgan Lyusen Loran hayoti davomida bergan intervyulari davomida doimo o'sha o'yindagi qor haqida xotirlagan. Franciyaning 1930 yilgi tarkibidan faqatgina Lyusen Loran o'z vatanida bo'lib o'tgan JCHda hamyurtlarining g'alabasini ko'ra olgan.
"Biz Montevideoga kemada suzib borganmiz. Mashg'ulotlarni ham kemada o'tkazganmiz, ikkiga bo'linib esa palubada to'p tepar edik. O'yin va taktikalar borasida murabbiyimiz Raul Kardon hech qanday ko'rsatmalar bermagan edi", - deya xotirlagan Lyusen Loran.
"Conte Verde" kemasi Urugvayga to'rt jamoani eltib qo'ygan. Imkoniyati bo'lganida, JCHni kemaning ichida o'tkazib yuborishgan bo'lar edi. Avvaliga Genueda Ruminiya, Vilfransh-syur-Marda esa FIFA prezidenti Jyule Rime va Franciya terma jamoasi kemaga chiqadilar. Ko'p o'tmay ularning safini Barselonada Belgiya, Riodan esa Braziliya to'ldiradi.
Birinchi JCH ishtirokchilari uchun futbol haqiqiy xobbi bo'lgan. Hamma ham futbol bilan professional tarzda shug'ullamangan. Masalan, Loran ikkinchi jahon urushida 3 yil nemisla lagerida asirda ushlangan. Braziliya terma jamoasining sardori Pregino esa voleybol va basketbolda professional o'yinchi bo'lgan. Ikki karra olimpiada chempioni urugvaylik darvozabon Andres Masali JCH oldidan murabbiyga aytmasdan rafiqasini oldiga ketib qolganligi uchun JCHda ishtirok etishdan mahrum etilgan.
Lyusen Loranning so'nggi kunlari
JCHning eng mashhur o'yinchilaridan biri Luis Monti edi. Argentina terma jamoasining yarim himoyachisi bugungi Jerrard, Alonso va Kinning eng yaxshi xislatlarini o'zida jam qila olgan futbolchi bo'lgan. Ammo juda ham qo'pol futbolchi edi. Argentina - Franciya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda aynan uning 81-daqiqada kiritgan goli jamoasiga g'alaba keltirgan. Qizig'i shundaki, uchrashuv yakuniga etishiga 6 daqiqa qolgan bo'lsada, braziliyalik referi Rego Almeyda o'yinni yakunlab yuborgan. Oradan ko'p vaqt o'tmay, francuzlarning etirozlariga javoban o'yin qayta davom ettirilgan. Aksar futbolchilar bu vaqtda allaqachon dush qabul qilayotgan bo'lganlar.
Guruh o'yinida Argentina CHilini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. O'yinda Monti ko'p vaziyatda raqib futbolchilari bilan urishib ketadi. Keyingi o'yinda AQSH 6:1 hisobda mag'lubiyatga uchratiladi. Mazkur bahsda qahramonimiz jarohat oladi va Urugvay bilan finalda avvalgi shijoatidan asar ham qolmaydi. Bu esa Urugvayga qo'l keldi.
1934 yilda Monti Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilib JCH g'olibligini qo'lga kiritadi. 82 yoshida vafot etgan Monti hayoti davomida ikki marotaba Italiya va bir marotaba Argentina terma jamoalarini mundial g'olibi bo'lganligini ko'rgan.
Luis Monti dunyo futbolidagi eng qo'pol futbolchi bo'lgan. U tarixda ikki terma jamoa sharafini JCH finalida himoya qilgan yagona futbolchi.
Bu tomonda Urugvay osonlik bilan Peru, Ruminiya va Yugaslaviya terma jamoalarini mag'lub etib finalga chiqadi. Mezbonlar 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab turib g'alabani qo'lga kirita olganlar.
Finalga Argentina terma jamosi chiqqanligi bois, hakamlar Luis Monti ishtirokidagi o'yinni boshqarishni istamas edilar. Bunday jasoratga bir shart bilan Jon Langenus rozi bo'ldi. Belgiyalik hakam o'yin tugashi bilan uyga etib olishi uchun kemadan joy so'ragan. Hakamlarning qo'rqishiga asos bor edi. Boisi, final uchun, "yo g'alaba, yo o'lim" shiori bilan 10 000 nafar muxlis kemada yo'lga chiqqan edi. Ammo quyuq tuman tufayli muxlislar o'yinga etib kela olmadilar.
Bu paytda har bir terma jamoa o'z to'pi bilan o'ynashni maqul ko'rgan. SHu boisdan finalning birinchi bo'limida Argentinaning, ikkinchisida esa Urugvay to'plarida o'ynalgan. Finaldagi so'nggi to'p muallifi Ektor Kastro 13 yil o'tib bexosdan motorli arrada qo'lini kesib yuboradi. Urugvayning JCHdagi ilk goliga ham Kastro mualliflik qilgan edi.
Final to'plari bugunda FIFA muzeyida saqlanadi.
Afsuski bugunga kelib 1930 yilgi JCHda ishtirok etgan futbolchilardan birontasi ham hayot emas. Ular ichidagi so'nngi futbolchi 2010 yil vafot etdi. Argentina terma jamoasi azosi Fransisko Varalo roppa-rosa 100 yoshida hayotdan ko'z yumgan.
JCH-1930 natijalari:
1-guruh
Argentina - 6
CHili - 4
Franciya - 2
Meksika - 0
2-guruh
Yugoslaviya - 4
Braziliya - 2
Boliviya - 0
3-guruh
Urugvay - 4
Ruminiya - 2
Peru -0
4-guruh
AQSH - 4
Paragvay - 2
Belgiya - 0
Yarim final
Argentina - AQSH - 6:1
Urugvay - Yugoslaviya - 6:1
Final
Urugvay - Argentina 4:2
Montevideo, "Sentenario" stadioni, 93 000 tomoshabin.
Bosh hakam: Jon Langenus (Belgiya)
Gollar: Pablo Dorado (12), Pedro (57), Santos Iriarte (68), Ektor (89) - Karlos Peusele (37), Gilermo Stabile (32)
Urugvay: Balesteros, Nasassi, Maskeroni, Andrade, Fernandes, Gestido, Dorado, Skarone, Kastro, Sea, Iriarte
Argentina: Botasso, Delya Torre, Paternoster, Xuan Evaristo, Monti, Suares, Peusele, Varalo, Stabile, Ferreyra, Mario Evaristo
To'purarlar: Gilermo Stabile (Argentina) – 8, Pedro Sea (Urugvay) – 5, Gilermo Subiabre (CHili), Bert Peytnod (AQSH) – 4tadan.
Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar