So’nggi yangiliklar

22:43Дани Ольмо жароҳат олди  0 22:13Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Лас-Пальмас"ни мағлуб этиб, жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  100 22:10Назорат ўйини. "Нефтчи" Косово жамоаси билан дуранг ўйнади  2 21:48Ўртоқлик ўйини. ОКМК ва ЦСКА ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  4 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" "Ипсвич Таун" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  19 21:05АПЛ. МЮ ўз уйида мағлубиятга учради, "Ноттингем Форест" яна 3 очко қўлга киритди, "Эвертон" эса "Тоттенхэм"дан устун келди  24 20:27Туркманистонга 5та гол урган Мафтуна Шойимова: "Бу фаолиятимдаги энг зўр ўйин эмас"  0 20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  2 19:50ОК-2025 саралаши. Мафтуна Шойимованинг бенефисига айланган баҳсда вакилларимиз Туркманистонни мағлуб этди ва Осиё Кубоги "чипта"сини қўлга киритишди  22 19:40"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:58Гвардиола Ҳоланднинг профессионаллигини юқори баҳолайди  2 18:37"Манчестер Сити" ҳимоячиси Аканжи: "Чемпионлик ҳақида гапиришни хоҳламайман"  15 18:18Қозоғистонлик ўзбек футбол функционери Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида фикр билдирди  10 17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  8 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  5

JCHga 16 kun qoldi: SHveycariya - 1954! Yangiliklar

JCHga 16 kun qoldi: SHveycariya - 1954!

Avvalo, 1954 yilgi JCH mezbonligini tanlash qiyin bo'lmaganligini takidlab o'tishim kerak.
1904 yili tashkil topgan FIFA 50 yoshga to'lishi munosabati bilan tashkilotning bosh qarorgohi joylashgan SHveycariya JCH mezboni deb elon qilindi. Vaholanki, yil sayin futbolga berilayotgan etibor ommalashib, mundialga mezbonlik qilish istagidagi davlatlar soni oshib borayotgan edi.

Musobaqaning amaldagi bronza medallari sohibi - Ispaniya va SHveciya saralash bosqichidan o'ta olmagandi. Ular Turkiya va Belgiya terma jamoalariga mag'lubiyatga uchraydilar.



Turnirni o'tkazish formatiga o'zgartirish kiritiladi. Kubok tizimidan voz kechilib, guruh o'yinlari orqali pley-off raundi yo'lga qo'yiladi. Guruh o'yinlari esa hozir biz bilgan tizimdan biroz farq qilgan. Yani, FIFA reytingi asosida guruhdagi ikkita kuchli jamoa o'zaro to'qnash kelmaydi. Natijada bir guruhdagi turlar soni 2tani tashkil etgan. O'sha paytlar FIFA reytingida quyidagi jamoalar yuqori o'rinlarda bo'lganlar: Avstriya, Angliya, Braziliya, Vengriya, Italiya, Turkiya, Urugvay, Franciya.

Garchand, SHveycariya ancha avval JCH mezbonligini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, o'z dasturi asosida stadionlarni musobaqaga tayyorlay olmaydi. Tashkilotchilik ham meyorida bo'lmagan. SHunday bo'lsa ham, SHveycariyadagi JCH FIFA uchun foydaga kirgan ilk musobaqa bo'lgan. Sababi aynan JCH-1954da ilk marotaba TVda to'g'ridan-to'g'ri efirlar bo'lgan. Bu esa FIFAni marketing tomonidan daromad qilishiga sabab bo'lgan.

Osiyodan JCHda ishtirok etish istagini Yaponiya va Koreya bildiradi. Saralash bosqichida koreyslar qo'shnilaridan ustunlik qilib, JCHga yo'l oladilar. Afrikadan esa Misr.
Yana bir etiborga molik jihati shundaki, ko'p yillar davomida FIFAni boshqargan afsonaviy Jyule Rime o'z o'rnini belgiyalik Rodolfo Seldreyersga bo'shatib beradi. Aynan Seldreyers turnir formatini o'zgartirish tashabbusi bilan chiqqan edi.



Qizig'i shundaki, Evropada bo'ladigan musobaqalarga boykot elon qilgan Urugvay ilk maroataba o'zga qitadagi mundialga tashrif buyurgan. SHu paytgacha janubliklar ikkita JCHda ishtirok etib, ikkisida ham g'alaba qozongan edilar. Eski tarkibdan SHveycariyaga  Andrade, Varela, Maspoli, Miges va Skyaffino kabi mundial g'oliblari tashrif buyuradilar. Argentina esa kerakli tarkibni tuza olmaganligi uchun mundialga bora olmaydi. Boisi bu paytda ko'plab argentinalik futbolchilar Evropaga ko'chib o'tgan edilar.

Mundialda Evropaning nigohi bir o'yinchiga qaratilgan edi, u ham bo'lsa Ferenc Pushkash. "Gonved" safida 354ta o'yinda maydonga tushib, 357 (!!!) gol urgan hujumchi, Peledan avval porlagan Vengriyaning Pushkashi edi. Bu futbolchi 1958 yili "Real"ga o'tib, 180ta o'yinda 155ta gol uradi.



JCH-50ning "chempioni" Braziliya bo'lgan bo'lsa, JCH-54da Vengriya "chempion" edi. Vengerlar o'sha davrning eng kuchli jamoasi sifatida mundialga tashrif buyurgan edilar. JCHgacha bo'lgan 5 yil vaqt oralig'ida Vengriya bir marotaba 1952 yil SHveycariyaga imkoniyatni boy bergan. JCH oldidan Olimpiada chempioni bo'lgan jamoa 4ta o'yin natijasiga ko'ra raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg'ol qilib, o'z darvozasidan bitta gol o'tkazib yuborgan edi. Futbol vatani Angliya esa JCH oldidan sharmandasi chiqadi. 1953 yil "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Vengriya 6:3 hisobida g'alaba qozonadi. Bu Angliya tarixida so'nggi 90 yil, aniqrog'i futbol o'ynala boshlagan davrdan buyon Angliya uchun ilk sharmandali hisob bo'lgan. JCH boshlanishiga 1 oy vaqt qolganida Budapeshtda revansh o'yini bo'ladi. SHebesha shogirdlari Angliyani Vengriyaga kelganiga pushaymon qiladilar, 7:1.

Musobaqaning dastlabki ikki tur natijasiga ko'ra Vengriyani chempion bo'lishiga hech kim shubha qilmay qo'ydi. Germaniya 8:3, Janubiy Koreya esa 9:0 hisobda taslim etildi. Ha, aynan finalda nemislarga mag'lubiyatga uchragan vengerlar, guruh o'yinida ularni yanchib tashlagan edi. Yirik mag'lubiyatga asosiy sabab Zepp Gerberger Vengriyaga qarshi ikkinchi tarkibni qo'ygan edi. Ular Vengriyadan mag'lub bo'lishlari bilar edilar, shu boisdan asosiy kuch Turkiya bilan o'yinga asralgandi. Vengerlar esa guruhdagi g'alaba bilan o'zlarini aldab qo'yadilar.



1/4 final
Avstriya - SHveycariya 7:5
Urugvay - Angliya 4:2
Braziliya - Vengriya 2:4
Yugoslaviya - GFR 0:2

Natijani ko'rib turibsiz, Vengriya 1/4 finalda musobaqaning asosiy favoritlaridan biri bo'lgan Braziliyani o'yindan chiqarib yuborgan. Germaniya esa Yugoslaviyani.

1/2 final
Vengriya - Urugvay 4:2
GFR - Avstriya 6:1



Musobaqada chempion bo'lishga o'rganib qolgan Urugvay yarim finalda mag'lub bo'ladi, 3-o'rin uchun esa Avstriyaga. Boisi avstriyaliklar yarim finalda Germaniyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.

3-o'rin uchun
Urugvay - Avstriya 1:3
Gollar:
Xoxberg, 22 - Stoyaspal, 16 (penaltidan), Krus, 59 (o'z darvozasiga), Ocvirk, 89
FINAL.... Tarixdan "Das Wunder von Bern", Berndagi mo'jiza nomi bilan o'rin olgan uchrashuvning 8-daqiqasida Vengriya ikkinchi to'pni Turek darvozasiga yo'llaydi. Guruh o'yinidagi natija qaytarilishiga hech kim shubha qilmay turgan bir paytda, Morlok 10-daqiqada hisobni qisqartiradi. Ko'p o'tmay esa Ran tabloga o'z nomini yozdirib qo'yadi. 84-daqiqada uning o'zi esa dubl muallifi bo'lib, Germaniyaning chempionligini taminlaydi. Bu Bern mo'jizasi edi.



Final
GFR - Vengriya 3:2
Gollar:
Morlok, 10, Ran, 18, 84 - Pushkash, 5, Cibor, 8
GFR: Turek, Posipal, Kelmeyer, Ekel, Librix, May, Ran, Morlok, F. Valter, SHefer, O. Valter
Vengriya: Groshich, Bojik, Buzanski, Lantosh, Zakariash, Lorant, Tot, Pushkash, Kochish, Cibor, Xidegkuti

To'purarlar: SHandor Kochish (Vengriya) - 11, Erix Probst (Avstriya), Maks Morlok (Germaniya), Yozef Xyugl (SHveycariya) - 6tadan.


Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика