So’nggi yangiliklar

12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  0 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  2 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  2 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  2 08:36"Барселона" футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  2 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  7 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  3 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13

Turkmanistonga 5ta gol urgan Maftuna SHoyimova: "Bu faoliyatimdagi eng zo'r o'yin emas" Yangiliklar

Turkmanistonga 5ta gol urgan Maftuna SHoyimova: "Bu faoliyatimdagi eng zo'r o'yin emas"

Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha OK-2025 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Turkmaniston o'yini qahramoni Maftuna SHoyimova bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Futzalchi 5ta gol urgan holda mamlakatimizning Osiyo kubogiga yo'l olishida katta hissa qo'shdi.


O'yin haqida

— Hammaga rahmat. Keyingi bosqichga o'tish uchun ushbu o'yinga ancha vaqt tayyorlandik. Osiyo kubogida bundan ham yaxshi o'yinlar ko'rsatishga harakat qilamiz. Lazaretda jarohat olgan qizlarimiz bor, ular ham qo'shilsa yanada kuchli bo'lamiz.

— Lyudmila Karachikning yo'qligi ushbu o'yinga tasir qildimi?

— Har bir futzalchining o'z o'rni bor va uning yo'qligi ham o'yinga tasir qildi.

— Sizni Osiyo kubogiga chiqqanimiz bilan tabriklayman. Nima deb o'ylaysiz, bugungi o'yin faoliyatingizdagi eng yorqinimi?

— Yo'q, bundan ham yaxshilari bo'lgan va bundan keyin ham yaxshiroqlari bo'ladi.

— Osiyo kubogiga ham atigi 3-4 oy qoldi. Keyingi rejalar qanday?

— Hozirda biz ko'proq Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Aytib o'tganimdek, qizlar kelib qo'shilsa, yanada kuchayamiz, — dedi Maftuna SHoyimova.


OK-2025 saralashi. Maftuna SHoyimovaning benefisiga aylangan bahsda vakillarimiz Turkmanistonni 6:2 hisobida mag'lub etishdi va Osiyo Kubogi "chipta"sini qo'lga kiritishdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика