So’nggi yangiliklar

10:59Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  0 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  1 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  2 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  5 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  10 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  14 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  9 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4

Qozog'istonlik o'zbek futbol funkcioneri Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Qozog'istonlik o'zbek futbol funkcioneri Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Futbol funkcioneri Ulug'bek Asanbaev o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi borasida gapirdi.

"SHuni takidlaymanki, men agent emasman va hech qachon agent bo'lmaganman. Mening vazifam futbolchini sport yo'nalishida qo'llab-quvvatlash va futbolchi uchun to'g'ri murabbiy hamda jamoalarni tanlashdir. Futbolchining agenti Gayrat Xasbiullin. 

SHu fursatdan foydalanib, O'FA rahbarlari Abdusalom Azizov, Ravshan Ermatov, Odil Ahmedov va PFL rahbari Diyor Imomxo'jaevga alohida rahmat. Ularning bevosita ishtirokida O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi, U-20 terma jamoasi Osiyo chempioni bo'ldi va Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi, Olimpiya terma jamoasi Olimpiadaga tarixiy yo'llanmani qo'lga kiritdi va milliy terma jamoa JCH saralashida muvaffaqiyatli odimlamoqda. Aynan mana shu omil evropalik skautlarning o'zbek futbolchilariga etibor qaratishlariga sabab bo'ldi. Bu insonlarga katta rahmat va mehnatlari uchun tazim qilaman.

O'zbekiston va qozog'istonlik futbolchilarni iliq kutib olgani uchun Belarus mamlakati va belarus xalqiga minnatdorlik bildiraman. Futbolchilarning rivojlanishida belaruslik murabbiylar Anatoliy Yurevich va Vladimir Belyavskiyning hissasi katta. 

Og'ir damlarda to'g'ri maslahatlar bergan va qo'llab-quvvatlagan ustozlarimiz Rustam aka Mirsodiqov, Marat aka va Aleksandr Azimovga katta rahmat aytmoqchiman. 

Bu bizning umumiy g'alabamiz bo'lib, futbolchilarimizga Evropada o'ynash va milliy terma jamoani xalqaro maydonda munosib himoya qilish imkonini bermoqda.

Abduqodir Husanovning transferi – bizning umumiy g'alabamiz. Umid qilamanki, bu O'zbekiston va Qozog'iston futboli rivojini yanada tezlashtiradi. Umid qilamanki, bu transfer qolgan futbolchilarimizning Evropa va xalqaro maydonda munosib ishtirok etishda davom etishlari, milliy terma jamoalarimiz safida yaxshi o'ynashlariga sabab bo'ladi", – dedi Asanbaev.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика