So’nggi yangiliklar

17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  0 17:07ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон терма жамоасининг Туркманистонга қарши бошланғич таркиби эълон қилинди  4 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  2 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  13 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  2 14:20"Арсенал" ва "Манчестер Сити" Ҳоланднинг ватандошига даъвогарлик қилмоқда  2 13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  2 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  16 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  39 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  9 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2

JCHga 14 kun qoldi: CHili - 1962! Yangiliklar

JCHga 14 kun qoldi: CHili - 1962!

Bu musobaqani kuzatganlar, JCHga antifutbol turniri maqomini berganlar. Boisi Janubiy amerikalarni guruhdan olib chiqish uchun hakamlar samarali mehnat qilishgan.
Argentina, CHili va Germaniya navbatdagi JCHni o'tkazish uchun ariza beradilar. Ammo FIFA qatorasiga uchinchi marotaba mundialni Evropaga bera olmasdi. Natijada Germaniya nomzodi chetga chiqadi. 1956 yilgi FIFA kongressida esa CHili JCHni Argentinadan yaxshiroq o'tkazib bera olishini isbotlay oladi. Bu borada CHili futbol federaciyasi prezidenti Karlos Dittbornning hissasi katta bo'ladi.

1960 yili CHilida 9.5 balga teng zilzila bo'ladi. Bu davlat strukturasiga katta ziyon keltirish bilan birga JCH obektlarini vayrona qilgan. Bundan Argentina foydalanib qolish maqsadida, FIFAdan JCHni o'zlariga olib berishlarini so'raydi. Ammo  Karlos Dittbor zilziladan aziyat chekkan xalqni JCH bilan ovutish mumkinligi va mundialga qadar hamma stadion hamda bazalarni qayta qurishga vada beradi. Dittbor vadasini ustidan chiqadi, CHili barcha kerakli binolarni qayta qurib bitkaza oldi. Afsuski,  Dittbor katta forumga bir oy qolganida 38 yoshida vafot etadi. Uning hurmati ila JCHning ochilishi bo'lib o'tgan Arikedagi stadionga Dittbor nomi beriladi.




Braziliya Ispaniyani mag'lub etib guruhdan keyingi bosqichga chiqqan vaziyat


JCHni o'tkazish formatiga hech qanday o'zgartirish kiritilmaydi. Mazkur JCHda ikki nafar qirol o'ynashi kutilgan edi. Biri hujumdagi qirol Pele bo'lsa, ikkinchisi darvozabon Yashin edi. Afsuski, ularning ikkisi birinchi turdayoq musobaqa bilan xayrlashdilar. Braziliya - Meksika o'yinida Pele 78-daqiqada gol uradi va ko'p o'tmay og'ir jarohat bilan shifoxonaga yotqiziladi. Lev Yashin esa Ekvadorga qarshi bahsda jarohat olib, mundialni tark etishga majbur bo'ladi. Etiborlisi shundaki, Yashinning terma jamoada keyinchalik jurnalistika sohasida ham mashhurlikka erishgan Maslachenko egallaydi.

Garchand 4 yil o'tgan bo'lsa-da, Braziliyaning asosiy tarkibi CHilida o'zgarmagan edi. Aksincha, Vava, Garrincha va Pelening mahoratlari 4 yil ichida ancha o'sgandi. 1-turdan keyin Pelening o'rnini Amarildo to'ldiradi va Garrincha ikkisi jamoasini chempionlikni qo'lga kiritishida katta rol o'ynashadi.




Garrinchaning yulduzli onlari

Mana endi nima uchun CHilidagi JCH antifutbol maqomini olganligi haqida aytib beramiz. CHili guruhda Italiya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuvning 12-soniyasidayoq CHili vakili qo'pollik ishlatadi. Ularning maqsadi italiyaliklarni quyushqondan chiqarib, hakam orqali maydondan chetlatish bo'lgan. 8-daqiqada ilk vazifa uddalanadi. Ferrini chetlatiladi, ammo u maydonni tark etishni istamaydi. SHunda o'rtaga policiya tushadi. Ko'p o'tmay otasi mashhur bokschi bo'lgan Lionel Sanches Mario Davidga bir necha marotaba boks uslubida zarbalar beradi. Ammo hakam bu vaziyatni beetibor qoldiradi. Bundan jahli chiqqan Marioning o'zi javob qaytaradi, bu esa hakam uchun ayni muddao edi. Kim edi bu hakam deysizmi? Bu angliyalik Kennet Aston edi. Uni ham maydondan policiya olib chiqib ketadi. Eladio Roxas esa ikkinchi bo'limda Umberto Maskioni nokdaun holatiga tushiradi. Bu o'yin futboldagi haqiqiy "qotillik" edi. Bu o'yinni tomosha qilish uchun kam emas, naqd 70 000 nafar muxlis tashrif buyurgan edi.

Favorit bo'lsa-da, Barziliyaga guruhda oson bo'lmadi. Dastlabki turda Meksikani 2:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan janubliklar, ikkinchi turda chexlar bilan durang o'ynaydilar. So'nggi turda Ispaniya qiyinchilik bilan mag'lubiyaga uchratiladi. Peleni o'rniga maydonga tushgan Amarildo dubl muallifi bo'ladi.

CHorak finalda maydon egalari Sobiq Ittifoq terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, sensaciya sohibi bo'ladilar. Jarohatidan qutulib maydonga qaytgan Yashin ikki marotaba xato qiladi. Himoyachilarni yorib o'ta olmagan chililiklar ikki marotaba uzoqdan zarba berishadi va ikkisi ham gol bilan yakunlanadi.

1/4 final
CHili - Sobiq Ittifoq 2:1
CHexoslovakiya - Vengriya 1:0
Braziliya - Angliya 3:1
Yugoslaviya - Germaniya 1:0

Birinchi yarim final uchrashuvi turnirdagi eng yaxshi o'yin deb topilgan. Braziliyaning qarshisida Italiya "qotili" CHili edi. O'yin juda ham qiziqarli va gollarga boy bo'lgan. Avvaliga Garincha dubl muallifi bo'ladi, tanaffus oldidan Toro hisobni biroz qisqartiradi. Garrinchaning benifisiga aylangan o'yinda, uning pasidan keyin hisob 3:1 bo'ladi. Sanches esa hisobni biroz qisqartiradi. Vava esa 78-daqiqada o'yinga yakuniy nuqtani qo'yadi. So'nggi daqiqalarda Garrincha Lando bilan urishib ketib, uni urib ag'anatadi. FIFA ijroi qo'mitasi esa Garrinchani finalda o'ynashga ruhsat bergan holda, Landoni musobaqadan chetlatadi.

Ikkinchi o'yinda CHexoslavakiya qiyinchiliksiz Yugoslaviyani mag'lubiyatga uchratadi.


1/2 final
CHexoslovakiya - Yugoslaviya 3:1
Braziliya - CHili 4:2

3-o'rin uchun
CHili - Yugoslaviya 1:0

Final... Finalni Sobiq Ittifoqlik hakam Nikolay Latishev boshqaradi. Masopust 15-daqiqada Braziliya darvozasini ishg'ol qiladi. SHunga qaramay, braziliyaliklar sovuqqonlikni yo'qotmaydilar. Ko'p emas, ikki daqiqa o'tmay Amarildo hisobni tenglashtiradi. Keyingi gollarga ikkinchi bo'limda Zito va Vava mualliflik qiladilar.




Finaldagi qiziqarli kadrlardan biri. To'p darvoza ustuniga tegib turibdi

Yana bir malumot, bu paytlar JCH o'yinlari ancha erta boshlanar edi. Masalan, final o'yini soat 14:30da bo'lgan. Braziliyaning 1962 yilda qo'llagan taktikasi, 4-3-3 Gollandiyaning total futbolu dunyoga kelguniga qadar, juda ko'plab terma jamoalar tomonidan qo'llanilgan edi.


Final
Braziliya - CHexoslovakiya 3:1
Gollar:
Amarildo, 17, Zito, 69, Vava, 78 - Masopust, 15
Braziliya: Jilmar, Jalma Santos, Mauro, Zozimo, Nilton Santos, Garrincha, Zito, Didi, Amarildo, Vava, Zagalo
CHexoslovakiya: SHroyf, Novak, Popluxar, Pluskal, Tixi, Pospishal, Kvashnyak, Masopust, Yelinek, SHerer, Kardaba


To'purarlar: Garrincha, Vava (ikkisi Braziliyadan), Lionel Sanches (CHili), Florian Albert (Vengriya), Valentin Ivanov (Sobiq Ittifoq), Drajan Yerkovich (Yugoslaviya) - 4tadan.

JCHga 15 kun qoldi. SHveciya - 1950
JCHga 16 kun qoldi: SHveycariya - 1954
JCHga 17 kun qoldi: Braziliya - 1950
JCHga 18 kun qoldi: Franciya - 1938
JCHga 19 kun qoldi: Italiya - 1934
JCHga 20 qoldi: Urugvay - 1930


Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика