JCH-2014ning eng qo'rqinchli 23 fotosi
15 iyu 2014 18:43
Yangiliklar
JCH-2014ning eng qo'rqinchli 23 fotosi
Mundial ortda qoldi, haligacha undagi eng yoqimli onlarni yodga olayapmiz.
Bugun esa ana shu jahon chempionatidagi jarohatlar bilan bog'liq 23 ta eng qo'rqinchli suratni etiboringizga havola etamiz.
1. Bastian SHvaynshtayger, Germaniya
Rio-de-Janeyrodagi "Marakana" stadionida o'tkazilgan jahon chempionati finalida Argentina bilan bahsda Germaniyalik Bastian SHvaynshtaygerning yuzidan qay tarzda qon oqayotganini ko'rib turibsiz.
2. Dirk Kuyt, Gollandiya
Jahon chempionati bronza medali uchun Braziliya hamda Gollandiya terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yinda Dirk Kuyt raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgandan so'ng uning boshidan qon oqa boshladi.
3. Neymar, Braziliya
Braziliya hamda Kolumbiya terma jamoalari o'rtasida kechgan chorak finaldagi o'yinda Xuan Suniganing qo'pol harakatidan so'ng Neymar jarohat oldi.
4. Neymar, Braziliya
U maydonni zamblda tark etdi va o'sha zahoti maxalliy kasalxonaga jo'natildi. U erda Neymarga umrtqa pog'onasining sinishi tashhisi qo'yildi.
5. Tomas Myuller, Germaniya
Gana bilan o'yin paytida Jon Boye tomonidan etkazilgan jarohatdan so'ng germaniyalik futbolchi Tomas Myullerning boshi qonga belandi va ko'zining tepasidan beshta chok tushdi.
6. Klint Dempsi, AQSH
Voqealar markazida yana o'sha Ganalik Jon Boye. Uning navbatdagi qurboni AQSH terma jamoasi yulduzi Klint Dempsi. Klint raqibidan kuchli zarba qabul qilib oldi.
7. Klint Dempsi, AQSH
Dempsining burni singan edi, lekin u o'yinni davom ettirdi. Uchrashuvdan so'ng u shunday dedi: "Burnim singanligi uchun nafas olish bilan bog'liq muammolar bo'ldi. Ozgina qon aralash yo'tal bo'ldi va o'zimda charchoqni his qildim. Umid qilamanki, men yana burnim bilan nafas olishni boshlayman. Kelasi o'yinni intizorlik bilan kutaman"
8. Stiv fon Bergen, SHveycariya
SHveytcariyalik Stiv fon Bergenga guruh bahslarida Franciya bilan bo'lib o'tgan o'yinda Olive Jiru tomonidan kichik jarohat etkazildi.
9. Martins Indi, Gollandiya
Gollandiyalik himoyachi Martins Indi Avstraliyalik Tim Kexill bilan to'p uchun havodagi kurashdan so'ng maydonga noqulay yiqildi va miyasi chayqaldi. Martins Indi tunni shifoxonada o'tkazdi va CHiliga qarshi keyingi o'yinni o'tkazib yubordi. Bir necha kundan keyin esa yana mashg'ulotlarga qaytdi.
10. Martins Indi, Gollandiya
Gollandiyalik Bruno Martins Indi guruhda Avstraliya bilan o'yin vaqtidagi kurashdan so'ng davolanmoqda.
11. Kristian Noboa, Ekvador
Ekvadorlik Kristian Noboa franciyalik Blez Matyuidi bilan to'qnashuvdang so'ng miya suyagidan jarohat oldi.
12. Jozi Altidor, AQSH
SHundoq ham tizzasida muammolar bo'lgan Jozi Altidor Ganaga qarshi o'yinning 20-daqiqasida jarohat oldi. Keyinchalik, uning chap tizzasi tekshirib ko'rilganidan so'ng, Altidor AQSHning keyingi ikkita o'yinini o'tkazib yuborishi malum bo'ldi
13. Jozi Altidor, AQSH
AQSH azosi Jozi Altidor Gana bilan o'yinda tizzasidan jarohat olgach, maydonni zamblda tark etdi.
14. Maykl Babatunda, Nigeriya
To'pni qo'l bilan o'ynash har doim ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Nigeriyalik Maykl Babatunda Argentina bilan bahsda jamoadoshi Ogeni Onazining raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasini behosdan qo'li bilan "qaytarib" yuboradi. Bu holat uning qo'li sinishiga olib keladi.
15. Maykl Babatunda, Nigeriya
Nigeriyalik Maykl Babatunda Argentinaga qarshi guruh o'yinida olgan jarohatidan keyin maydonni tark etadi. Uchrashuvdan so'ng, nigeriyaliklar bosh murabbiyi Babatunda davolanishini, lekin uning to'liq tiklanishi uchun kamida 3 hafta vaqt kerakligini aytadi.
16. Sofian Feguli, Jazoir
Jazoir terma jamoasi azosi Sofian Feguli guruh bosqichida Rossiya bilan o'yinda boshidan yoqimsiz jarohat oldi.
17. Jorjio Kellini, Italiya
Ha, bu Luis Suaresning tish izlari. Urugvay - Italiya bahsida Suares Kellinini kutilmaganda tishlab oldi. Bellashuvdan so'ng, FIFA Suares keyingi to'qqizta o'yinni o'tkazib yuborishini elon qildi.
18. Pablo Sabaleta, Argentina
Mundialning yarim finalida Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda Dirk Kuyt bilan to'qnashib ketgan argentinalik Pablo Sabaleta kichik jarohat oldi.
19. Pablo Sabaleta, Argentina
Pablo Sabaleta Gollandiya bilan o'yinning qo'shimcha bo'limlarida jarohat olgach, yuzining jarohat olgan qismini bint va plaster bilan "yopib" qo'yishdi.
20. Gari Levin, Angliya (murabbiy)
Ehtimol, bu barcha jahon chempionatlaridagi eng g'aroyib jarohatdir. Angliyalik murabbiy Italiya darvozasiga kiritilgan golni nishonlash uchun yuqoriga sakradi va suv to'la shisha idishning ustiga noqulay tarzda tushdi.
21. Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons, AQSH
AQSH terma jamoasi azolari Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons Germaniyaga qarshi kechgan og'ir o'yinda o'z kuchlarini birlashtirmoqchi bo'lishdi.
22. Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons, AQSH
Jamoadoshlarning to'qnashuvidan keyin Jonsning burni singan bo'lsa, Bedoyya boshidan jarohat oldi. Keyinroq, Bedoyya bu vaziyatni izohlab o'tdi: "Bu juda ham g'alati to'qnashuv bo'ldi... Men uni umuman ko'rmadim... Mening boshim uning burniga zarba berdi".
23. Fabio Koentrau, Portugaliya
Portugaliyalik Fabiu Koentrau 16 iyun kuni Germaniyaga qarshi o'yinda jarohat oldi va unga "o'ng sondagi harakatlantiruvchi mushakning lat eyishi" tashhisi qo'yildi. Bu o'yin uning ushbu JCHdagi so'nggi o'yini bo'lib qoldi.
xorij saytlari asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Fikrlar