So’nggi yangiliklar

17:07ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон терма жамоасининг Туркманистонга қарши бошланғич таркиби эълон қилинди  3 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  2 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  13 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  1 14:20"Арсенал" ва "Манчестер Сити" Ҳоланднинг ватандошига даъвогарлик қилмоқда  2 13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  2 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  16 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  39 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  8 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  6

JCH-2014 stadionlari. “Milliy stadion” (Brazilia) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Milliy stadion” (Brazilia)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar San Paulu shahridagi “Arena de Korintians”, Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” hamda Fortalezadagi “Estadio Kastelan” va Manausdagi "Arena Amazoniya" stadionlari haqida malumot bergandik.

Bugun Braziliya poytaxti Brazilia shahrida qad rostlagan "Mane Garrincha nomidagi Braziliya milliy stadioni" haqida malumot beramiz

Milliy stadion – faqat futbol uchun atalgan arena, u federal okrugiga tegishli. Stadion 1974 yilning 10 mart sanasida ochilgan. Poytaxt klublaridan biri "CEUB" "Korintians"ni qabul qilgan. Mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongan.



Ushbu stadion Jahon chempionati o'yinlarini qabul qilish malum bo'lgach, 2010 yil eski stadionni buzib tashlashdi. Yangi stadionga yangi nom berilgan: endi "Mane Garrincha" stadioni Mane Garrincha nomidagi Braziliya milliy stadioniga aylandi. Uning sig'imi 53dan 71 mingacha kattalashtirildi. Bu stadion 2013 yil Konfederaciyalar kubogi musobaqasining ochilish uchrashuvini qabul qilgan.

Bu stadionda Rio-de-Janeyro mezbonlik qiladigan Olimpiadaning bir nechta o'yinlari bo'lib o'tadi.
 


To'liq nomi: "Estádio Nacional de Brasília Mané Garrincha"
Stadion qurilgan: 1974 yil 10 mart
Stadion qayta tamirlangan: 2013 yil 15 iyun
Stadion egasi: TERRACAP
Stadion sig'imi: 68,009
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: estadionacionaldebrasilia.com.br/portal



Qizilqarli faktlar
1982 yilning 25 dekabr kuni ushbu stadionda afsonaviy Garrincha o'zining oxirgi uchrashuvini o'tkazgandi. Mane mahalliy Planaltina jamoasi safida 20 daqiqa harakat qildi. Bir oy o'tgach Garrincha vafot etgandi, 1983 yilda esa stadionga uning nomi berilgan.

Stadion mamlakat poytaxtida joylashganiga qaramay Braziliada hech qanday katta klub yo'q.



Ushbu stadionga rekord miqdordagi tomoshabin 1998 yil B seriya finali vaqtida kelgan - 51200. "Gama" "Londrina"ni 3:0 hisobida mag'lub etib yuqori divizionga yo'l olgandi.

Rekonstrukciyasidan so'ng stadionda katta koncertlar tashkil qilish imkoni yaratildi. Birinchi katta koncertni 2013 yil 17 sentyabr kuni taniqlik Beyons taqdim etgandi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
15 iyun

SHveycariya – Ekvador

19 iyun
Kolumbiya - Kot D'Ivuar

23 iyun
Kamerun - Braziliya

26 iyun
Portugaliya - Gana

30 iyun
1/8 final (E1 - F2)

5 iyul
1/4 final

12 iyul
Uchinchi o'rin uchun o'yin



Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика