So’nggi yangiliklar

23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  3 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  1 23:10Бундеслига. "Бавария" ва "Вольфсбург" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, "Лейпциг" камбэк сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  1 22:22Ла Лига. Гризманн 90-дақиқада пенальтидан фойдалана олмади ва "Атлетико" "Леганес"га мағлуб бўлди, жамоа бунгача барча мусобақаларда 15та ўйинда ғалаба қозонганди  15 22:16АПЛ. "Ливерпуль" Нуньеснинг 90+1 ва 90+3 дақиқадаги голлари эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  15 21:33"Арсенал" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  4 21:10"Ювентус" — "Милан". Таркиблар маълум  14 20:56Лига 1. "Ланс" ўз уйида ПСЖни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  8 20:26"Милан" ва Уокер шартнома бўйича келишувга эришди. "Ман Сити" у билан келишувни бекор қилмаслиги, балки харид қилиш ҳуқуқи билан ижарага юбориши мумкин  2 19:54"Андижон" черногориялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  11 19:33АПЛ. Кетма-кет 9та ўйинда ғалаба қозонган "Ньюкасл" ўз уйида йирик мағлубиятга учради  11 19:28Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси "Бунёдкор" U21ни мағлуб этди  0 19:09АПЛ. "Брентфорд" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  4 18:362024 йилнинг энг яхши клуби номи эълон қилинди  34

JCH-2014 stadionlari. “Fonte-Nova” (Salvador) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Fonte-Nova” (Salvador)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 6ta stadion haqida malumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)

Bugun esa Salvador shahridagi “Fonte-Nova” stadioni haqidagi malumotlar bilan tanishing.



Ushbu stadion o'tgan yilgi Konfederaciyalar kubogiga yaqin qolganida qurib bitkazilgan. Arena "Baiya" klubiga berilgan. Faqat futbolga moslangan ushbu stadion 3 yil ichida to'liq bitkazilgandi.
 
Yangi stadion 1951 yil qurilgan "Eshtadiu Fonte Nova" stadionining o'rnida qurildi.


 
Sobiq stadionda fojialar ham bo'lib turgan. "Baia" va "Vila Nova" o'rtasidagi bahsga 60 000 tomoshabin kelgandi. Stadionning tribunalaridan biri qulab tushgan va oqibatda 7 kishi halok bo'lgandi. Bir necha kun o'tgach "Eshtadiu Fonte Nova" buzib tashlangan. Arenani 2010 yil oktyabr oyida buzish boshlangan, uning o'rnida yangi zamonaviy 55 ming tomoshabin uchun mo'ljallangan "Arena Fonte Nova" qad rostladi. JCH-2014 vaqtida esa 48 747 odam bu stadionda futbol ko'ra oladi.

Bu erda JCH-2014ning jami oltita (4ta guruh bosqichi, bittadan 1/8 final va 1/4 finalning) o'yini bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Itaipava Arena Fonte Nova"
Qurilish boshlangan: 2010
Stadion qurib bo'lingan: 2013 yil 7 aprel
Stadion egasi: Baia shtati hokimiyati
Stadion sig'imi: 48 747
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: itaipavafontenova.com.br



Qizilqarli faktlar
Ushbu stadionni qurishdan oldin Gollandiyaning "Amsterdam ArenA" stadioni arxitektorlari bilan fikr almashishgan.

Stadionda JCH-2014dan so'ng Olimpiada-2016 o'yinlari ham bo'lib o'tadi.



Stadion pivoni reklama qiladi. Jahon chempionati o'tmayotgan vaqtda stadion nomiga "Itaipava" so'zi qo'shiladi. Bu hamkorlik 10 yil uchun 100 million dollarga mo'ljallangan.

Aynan shu stadion qurib bo'linganidan ikki oy o'tganidan so'ng kuchli yoqqan yomg'ir natijasi stadion tomining bir qismi qulab tushgandi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
13 iyun

Ispaniya - Gollandiya

16 iyun
Germaniya - Portugaliya

20 iyun
SHveycariya - Franciya

25 iyun
Bosniya va Gercegovina - Eron

1 iyul
1/8 final (H1 - G2)

5 iyul
1/4 final



Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика