So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

JCH-2014 stadionlari. “Beyra-Rio” (Portu-Alegri) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Beyra-Rio” (Portu-Alegri)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 8ta stadion haqida malumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
"Fonte Nova" (Salvador)
"Arena Pantanal" (Kuyaba)

Bugun Portu-Alegri shahridagi “Beyra-Rio” stadioni haqidagi malumotlar bilan tanishing.



"Beyra-Rio" stadioni 1969 yilda qurilgan, Jahon chempionati oldidan kapital rekonstrukciyadan chiqdi. Qachondir "Internasonal" stadioniga 100 000 dan ko'proq odam sig'ardi. Tashrif borasidagi rekord 1972 yilning 17 iyunida qayd etilgan. O'shanda Gaucho terma jamoasi (Riu-Grandi-du-Sul shtati termasi) Braziliya terma jamoasiga qarshi o'ynaygandi. Bahs 3:3 hisobida tugagandi.

Braziliya terma jamoasi bu erda 10 marta maydonga tushgan. Ulardan faqat ikkitasi rasmiy o'yin bo'lgan. Yana ikki bahs Gaucho terma jamoasiga qarshi bo'lgandi.



Stadion rekonstrukciyadan oldin ham, hozir ham faqat futbol uchun xizmat qilmaydi. Bu erda Portu-Alegrining madaniy tadbirlari ham o'tkazib turiladi.  Masalan, 2010 yil stadionda Pol Makkartnining koncerti bo'lib o'tgandi. Unga 50 ming muxlis kelgandi.

Bu stadionda JCH-2014ning jami beshta, to'rtta guruh o'yini va 1/8 finalidan o'rin olgan bitta uchrashuv bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Estádio José Pinheiro Borda"
Stadion ochilgan: 1969 yil 6 aprel
Rekonstrukciya qilingan: 2013 yil
Stadion egasi: "Sport Club Internacional"
Stadion sig'imi: 51,300
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: internacional.com.br



Qizilqarli faktlar
Yaqinda Portu-Alegri shahrida "Gremio" klubiga tegishli boshqa stadion ham qurildi. Ko'pchilik o'sha stadionni yaxshiroq deb hisoblashmoqda. FIFA aynan "Beyra-Rio"ni tanlaganidan xafa bo'layotganlar anchagina.
 
Stadionning rasmiy nomida uni qurilishida bosh bo'lgan Joze Pineyro Bordaning ismi ham bor. Afsuski, u stadion ochilishiga oz qolganida vafot etdi.
 


2012 yilning 7 dekabr kuni stadionda "Internasonal" klubining Libertadores kubogini qo'lga kiritganini namoyish etishdi. Ushbu namoyish kino tarixiga kirdi va Ginessning rekordlar kitobidan o'rin oldi. Sababi unga qadar bitta kinoseansni bir vaqtda 27 ming odam tomosha qilmagandi.
 
"Beyra-Rio"da Libertadoresning to'rtta finali bo'lib o'tgan. Uch bor "Internasonal" mezbon bo'lgan, 2005 yilda esa "Atletiko Paranaense" ushbu stadionda o'ynagan.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
15 iyun
Franciya - Gonduras

18 iyun
Avstraliya - Gollandiya

22 iyun
Janubiy Koreya - Jazoir

25 iyun
Nigeriya - Argentina

30 iyun
1/8 final (G1-H2)




Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика