So’nggi yangiliklar

10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  1 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  14 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  9 08:25УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  1 07:58Ла Лига жамоаси кетма-кет бешинчи ғалабасидан сўнг "Манчестер Юнайтед"ни масхара қилди  1 07:30Суперлига. Бугун 28-турга старт берилади  10 03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  3 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  1 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  2 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  31 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0

JCH-2014 stadionlari. “Arena da Bayshada” (Kuritiba) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Arena da Bayshada” (Kuritiba)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 9ta stadion haqida malumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
"Fonte Nova" (Salvador)
"Arena Pantanal" (Kuyaba)
"Beyra-Rio" (Portu-Alegri)

Bugun Kuritiba shahridagi “Arena da Bayshada” stadioni haqidagi malumotlar bilan tanishing.



"Joakim Ameriko Gimaraes" nomidagi stadion xalq orasida "Arena da Bayshada" nomi bilan mashhur. 1914 yilda qurilgan stadion o'zining 100 yilligini nishonlaydi. Stadionga uning qurilishida bosh bo'lgan Joakim Ameriko Gimaraes nomi berilgan. XX asr boshida u Kuritiba shahrida sport va futbol rivoji uchun katta hissa qo'shgan. 1912 yil aynan u "Internasonal" klubiga asos solgan. U mahalliy fermerlardan erni sotib olib ikki yil ichida stadionni qurgan.

Arena 90 yillar oxirida butkul qayta qurilgan va hozirgi ko'rinishini olgan. Yangi stadionning tug'ilgan kuni sifatida 1999 yilning 20 iyun sanasi qayd etilgan. Bunga jami 30 million dollar sarflangan. "Arena da Bayshada" o'sha vaqtda Janubiy Amerikaning norasmiy eng zamonaviy stadioni nomini oldi. Faqat 2007 yildagina "Enjenyao" undan o'zib ketdi.



Jahon chempionati uchun stadion sig'imi 28 mindan 44 minggacha ko'paytirildi. Avtomobil to'xtash joyi qurildi, stadionga kirish osonlashdi. Stadionga jami 100 million dollar sarflandi. Buni klub stadion nomini sotish orqali qoplamoqchi

Ushbu arena JCH-2014ning to'rtta guruh o'yini bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Estádio Joaquim Américo Guimarães"
Stadion ochilgan: 1914 yil
Rekonstrukciya qilingan: 2009 va 2012-2014 yil
Stadion egasi: "Atletiko Paranaense" klubi.
Stadion sig'imi: 43 900
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: atleticoparanaense.com/site/clube/arenacap



Qizilqarli faktlar
"Arena da Bayshada" 2005 yil Braziliyada birinchilardan bo'lib stadion nomini sotdi. Uch yil davomida ushbu stadion Yaponiyaning "Kyocera Mita America" kompaniyasi nomi bilan ataldi.

"Atletiko Paranaense" o'z hisobidan yopiladigan tomni ham qurishni rejalashtirgandi. Bu FIFA talablarida yo'q edi. Biroq stadionni 2013 yilning 31 dekabriga qadar topshirish uchun bu g'oyadan voz kechildi. Ammo JCH-2014 o'tganidan so'ng "yuradigan tom" baribir quriladi.
 


Stadion yaqinda qayta qurilgani, klub vakillarining pullarni aql bilan sarflashlari tufayli "Arena da Bayshada" mundialni qabul qiluvchi stadionlar orasida eng arzoni bo'ldi.

Klub stadion hududida bolalar kardiologik shifoxonasini quradi. Ushbu shifoxona Kichik shaxzoda institutiga topshiriladi. Pele tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan institut Janubiy Amerikada eng mashhurlaridan biri sanaladi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
16 iyun

Eron - Nigeriya

20 iyun
Gonduras - Ekvador

23 iyun
Avstraliya - Ispaniya

26 iyun
Jazoir - Rossiya


FIFA.UZ da JCH-2014 uchun orzular jamoasini tuzing


Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика