So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  2 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

JCH-2014 ochilish o'yinini qabul qiladigan stadion qisman vayronaga aylandi Yangiliklar

JCH-2014 ochilish o'yinini qabul qiladigan stadion qisman vayronaga aylandi

Futbol bo'yicha 2014 yilgi jahon chempionati uchun qurilayotgan San-Paulu shahridagi Arena de Korintians futbol stadionining bir qismi 27 noyabr kuni quladi.
Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Hodisa natijasida uch kishi halok bo'lgan. Falokat tushlik vaqtida – stadionda odam kam bo'lgan bir fursatda sodir bo'lgan, deya qayd etmoqda agentlik. Boshqa jabrlanuvchilar to'g'risida malumot yo'q.

AP’ning mahalliy telekanallarga asoslanib xabar berishicha, stadionning sharqiy tarafidagi tribunalar buzilib ketgan. Dastlabki malumotlarga ko'ra, qulash metall konstrukciyalarning yuqori qismiga (stadion tomiga) qurilish kranining ag'darilishi natijasida ro'y bergan.

San-Pauludagi stadion, JCH-2014ning boshqa maydonlari kabi, 2013 yil dekabrida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Dastlabki reja bo'yicha, ushbu stadion 2013 yilning iyul oyida bo'lib o'tgan Konfederaciyalar Kubogi bahslariga ham mezbonlik qilishi kerak edi, biroq moliyalashtirishdagi uzilishlar sabab qurilish ishlari cho'zilib ketgan edi. Yuz bergan hodisa qurilishni yakunlash bo'yicha yangi sanalarga tasir qiladimi-yo'qmi, bu haqda malumot berilmagan.

Arena de Korintians (FIFA bu stadionni Arena de San-Paulu deb ataydi) JCH-2014ning ochilish o'yini, yarim final bosqichidagi bitta uchrashuv va boshqa bahslarni qabul qilishi rejalashtirilgan edi.

Bu Braziliyaning jahon chempionatini qabul qilishi rejalashtirilgan stadionlarida ro'y berayotgan ilk favqulodda holat emas. 2013 yilning mayida Salvador shahridagi Fonte Nova stadionining tomi kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida qulagan edi.

Braziliyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlik aholining norozilik namoyishlari fonida davom etmoqda – ko'pchilik, mamlakatda jiddiy ijtimoiy muammolar bo'lishiga qaramay, hukumatning yirik sport musobaqalarini tashkil etishga katta xarajatlar qilayotganidan norozi bo'lmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика