JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Janubiy Koreya
13 iyu 2014 18:47
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Janubiy Koreya
Koreya terma jamoasi Osiyoning eng etakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. Janubiy Koreya o'z tarixida ilk bor 1954 yilda SHveycariyada o'tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan. Birinchi chempionatda Koreya barcha o'yinda mag'lubiyatga uchrab, o'z yurtiga qaytishga majbur bo'lgan. SHundan keyin jamoa 32 yil mobaynida eng yirik musobaqada ishtirok etmay keldi. Bu davr mobaynida Koreya bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Jamoa Osiyoda haqiqiy etakchiga aylandi. Osiyo mintaqasidan eng ko'p jahon chempionatlarida qatnashgan jamoa aynan Janubiy Koreya hisoblanadi. Koreyaliklar 1986 yildan buyon uzluksiz mundial ishtirokchisiga aylanib kelishmoqda. Bu borada ular ancha tajribali jamoa sanalishadi.
2002 yilgi mundial aynan Janubiy Koreya va Yaponiya o'tkazilgan edi. SHu musobaqada Koreya o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan. Ular yarim final bosqichigacha etib borishgan. Yarim finalgacha Ispaniya va Italiya kabi jamoalarni mag'lub etilishida "hakamlar"ning xizmatlari beqiyos bo'lganligi aniq.
Keyingi Germaniya bo'lib o'tgan chempionatda Koreya guruh bosqichida qolib ketgandi. JARdagi chempionatda esa ular nisbatan yaxshi natijaga erishishdi. Jamoa guruh bosqichini muvaffaqiyatli tugatib, nimchorak finalga yo'l olishgandi. Lekin ularga Urugvay qarshiligini engish nasib etmagan va JARdagi yurishlarini 1/8 bosqichida to'xtatishga to'g'ri kelgan.
Janubiy Koreya uchun Braziliyadagi mundial to'qqizinchisi hisoblanadi.
Ular shu kungacha mundialda jami 24 o'yin o'tkazishgan. SHularning 4 tasida g'alaba qozonishgan, 7 o'yinda durang qayd etilgan va 13 bahsda imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati: 22-53.
Janubiy Koreya tarkibida bir qator Evropaning kuchli chempionatlarida harakat qilayotgan futbolchilar bor. Son Xin Min, Gu CHja CHxol, Ki Son En, Li CHun Yun kabi tajribali o'yinchilar mavjud.
Janubiy Koreya ushbu guruhdagi raqiblari bilan pley-offga chiqish uchun kurash olib boradi.
Janubiy Koreya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1948
Mintaqasi: OFK
Bosh murabbiy: Xon Myon Bo
Jamoa sardori: Kvak Txe Xvi
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myon Bo (136 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: CHxa Bom Gin (55 gol)
FIFA reytingidagi o'rni: 54
Ilk o'yin: Janubiy Koreya - Meksika 5:3 (1948 yil)
Eng yirik g'alabasi: Janubiy Koreya - Nepal 16:0 (2003 yil)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - Janubiy Koreya 12:0 (1948 yil)
Erishgan yutuqlari:
Osiyo chempioni: (1956, 1960)
Janubiy Koreya terma jamoasining yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: CHon Son Ren (Samsung Blyuvings), Kim Syn Gyu (Ulsan Xenday), Li Bom En (Pusan Park)
Himoyachilar: Xon CHjin Xo (Augsburg), Xvan Sok Xo (Sanfrechche Xirosima), Kim CHxan Su (Kasiva Reysol), Kim CHjin Su (Albireks Niigata), Kim Yun Gvon (Guanchjou Evergrand), Kvak Txe Xvi (Al-Xilal), Li Yun (Ulsan Xenday), Yun Suk En (Kuinz Park Reyndjers)
Yarim himoyachilar: Xa De Sun (Beyczin Goan), An Guk En (Kasiva Reysol), Kim Bo Gen (Kardiff), Li CHun Yun (Bolton), Pak CHjon Vu (Guanchjou Evergrand), Son Xin Min (Bayer), CHji Don Von (Augsburg), Ki Son En (Sanderlend)
Hujumchilar: Kim SHin Vuk (Ulsan Xenday), Gu CHja CHxol (Maync), Li Gen Xo (Sandju Sanmu), Pak CHu Yun (Uotford).
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar