JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Ekvador
05 iyu 2014 18:36
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Ekvador
Jahon chempionati "E" guruhi vakillari bilan tanishtirib o'tamiz. Ekvador terma jamoasidan boshlaymiz.
Ekvador jamoasi ko'p yillardan buyon Januyuiy Amerikaning eng omadsiz jamoasi sifatida til olinib kelinardi. So'nggi paytlarda jamoa ancha o'sishga erishdi.
Ekvador o'zining mundialdagi ilk ishtirokini Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'tkazgan.
Keyingi Germaniyada o'tkazilgan mundialda ham Ekvador qatnashishga erishadi. 2006 yilgi chempionatda ular kuchli 16 jamoa safidan o'rin olishadi. Ekvador o'shanda nimchorak finalda Angliyaga imkoniyatni boy bergandi. Germaniya o'tkazilgan Jahon chempionatida ular o'z tarixlaridagi eng yaxshi natijani qayd etishgan.
Ekvador 2013 yilda FIFA reytingida 10 o'ringa ko'tarilishgan. Bu Ekvador tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich.
Ekvador 2000 yildan keyin yangi pog'onaga ko'tarila oldi. Jamoa xalqaro musoboqalarda o'z ishtirokini taminlay boshladi. bu terma jamoaning Amerika kubogidagi eng yaxshi natijasi bu to'rtinchi o'rin hisoblanadi.
Ekvador hozirgacha ikkita mundialga qatnashgan. Braziliyadagi chempionat ular uchun uchinchisi hisoblanadi.
Ekvador futbolida eng yorqin yulduzlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu borada shunday nomlarga ko'zimiz tushadi: Aleks Aginaga, Kristian Benitez, Ulises de la Krus, Agustin Delgado, Ivan Kavedes, Flipe Kaysedo, Edison Mendes, Kristian Noboa, Alberto Spenser, Karlos Tenorio, Ivan Urtado, Eduardo Urtado, Antonio Valensiya kabi futbolchilarning Ekvador bayrog'ini tanitishda o'z hissalari bor.
Ekvadorning mundialdagi o'yinlari:
Janubiy Koreya - Yaponiya - 2002
1. Italiya - Ekvador 2:0
2. Ekvador - Meksika 1:2
3. Ekvador - Xorvatiya 1:0
Germaniya - 2006
1. Polsha - Ekvador 0:2
2. Ekvador - Kosta-Rika 3:0
3. Ekvador - Germaniya 0:3
4. Angliya - Ekvador 1:0 (1/8 final)
Ayni paytda Ekvador jamoasini kolumbiyalik mutaxassis Reynaldo Rueda boshqarib bormoqda. Reynaldo 2004-2006 yilgacha Kolumbiya terma jamoasida ishlagan. Keyinchalik Gondurasni JARda bo'lib o'tgan bilan Jahon chempionatiga olib chiqqan. Ushbu murabbiyda mundialda ishtirok etish tajribasi bor. Ekvadorning hozirgi tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoada safida yarq etib ajralib turadigan yulduz futbolchilar ko'p emas. "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Antonio Valensiya Ekvador terma jamoasi sardori sanaladi. Aynan Valensiya Ekvador etakchisi hisoblanadi.
Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialda jamoa "E" guruhida Franciya, SHveycariya, va Gonduras terma jamoalari bilan bahs olib borishadi. Ekvador uchun nisbatan ancha yaxshi guruh. Keyingi bosqichga chiqishni ko'zlaydigan jamoa uchun bu guruhi ortiqcha qiyinchilik tug'dirmasligi mumkin. Franciya terma jamoasi "E" guruhi favoriti sanalsa, qolgan jamoalar ikkinchi yo'llanma uchun kurashishadi. Ekvadorning guruhdagi eng asosiy raqibi bu SHveycariya bo'ladi. Gonduras terma jamoasi esa guruh autsayderi hisoblanadi.
Ekvador terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1938
Mintaqasi: KONMEBOL
Bosh murabbiy: Reynaldo Rueda (Kolumbiya)
Jamoa sardori: Antonio Valensiya
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Ivan Urtado (167 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: Agustin Delgado (31)
FIFA reytingidagi o'rni: 23
Ilk o'yin: Boliviya - Ekvador 1:1 (1938)
Eng yirik g'alabasi: Ekvador - Peru (1975)
Eng yirik mag'lubiyat: Argentina - Ekvador 12:0 (1942)
Darvozabonlar: Maksimo Bangera (Barselona, Ekvador), Adrian Bone (El Nasonal), Aleksandr Dominges (Liga de Kito).
Himoyachilar: Gabriel Asiler, Oskar Bagi, Jorje Guagua (barchasi - Emelek), Valter Ayovi (Pachuka), Frikson Eraso (Flamengo), Xuan-Karlos Paredes (Barselona, Ekvador).
Yarim himoyachilar: Segundo Kastilo (Al-Hilol), Karlos Grueso (SHtutgart), Renato Ibarra (Vitess), Fidel Martines (Tuxuana, Meksika), Kristian Noboa (Dinamo, Rossiya), Luis Saritama (Barselona, Ekvador), Antonio Valensiya (Manchester Yunayted), Edison Mendes (Santa-Fe), Maykl Arroyo (Barselona, Ekvador).
Hujumchilar: Jeymi Ayovi (Tixuana), Felipe Kaysedo (Al-Jazira), Jefferson Montero (Moreliya), Enner Valensiya (Pachuka), Joao Roxas (Krus Asul, Meksika).
SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Fikrlar