So’nggi yangiliklar

21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  6 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  7 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  232 20:47Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА ўзаро баҳс олиб боришмоқда. Файзуллаев ва Раҳмоналиев асосий таркибда (онлайн ҳисоб)  0 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  7 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  14 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0 18:28МЮ 70 миллион еврога сотиб олган футболчи умумий машғулотларга қўшилди  1 17:50Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz"ни мағлуб этди ва плей-оффга йўлланма олди  2 17:45"Лилль" ҳужумчиси ЕЧЛда грандлар кушандасига айланмоқда  1 17:25"Барселона"нинг юлдузли таркибидан кимларни танидингиз?  38 17:10Қатар МТЖ футболчиси: "Ўзбекистон биздан аламини олмоқчи"  19 16:55Про лига. "Дўстлик" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди   1 16:48Анчелотти Фергюссонга етиб олди  2

JCH-2014. Braziliya – Xorvatiya: SHijoat va ishtiyoq ustun keldi Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya – Xorvatiya: SHijoat va ishtiyoq ustun keldi

Jahon chempionatining ochilish o'yinini ham o'tkazib oldik.
Braziliya - Xorvatiya bahsini ko'pchilik kutgandi va uchrashuv bizning vaqt bilan tungi soat 1:00dan boshlab efirga uzatilgan bo'lsa-da, juda ko'pchilikning TV orqali tomosha qilganiga shubhamiz yo'q.

Jahon chempionatiga bag'ishlab o'tkazilgan bayram tadbiri ham har holda yaxshi tashkil qilinibdi. Lekin judayam qiziq o'tdi deb bo'lmaydi. Keyin esa barchamiz kutgan futbol bahsi boshlandi. Har ikki jamoa azolari o'z davlat madhiyalarini jo'r bo'lib kuylashdi. Ayniqsa, braziliyalik futbolchilar madhiya kuyi yarmida uzib qo'yilganiga qaramay, bor ovoz bilan oxirigacha aytishdi. Ularga deyarli butun stadion jo'r bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.



Keyin esa yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura har ikki jamoa sardorlarini maydon markaziga taklif qilib, o'yinni kim boshlashini aniqlab oldi. Xorvatlar boshlab bergan bahs ilk daqiqalardanoq o'yin oddiy o'tmasligini ko'rsatdi. Braziliya bor kuch bilan oldinga tashlanishga hozir edi, biroq Xorvatiyaning metin himoyasi ularni ancha esankiratib qo'ydi. Bu orada Xorvatiya hisobni ochdi. Aniqrog'i, Marselo kutilmaganda to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.

Lekin maydon egalari bu bilan tushkunlikka tushib qolishmadi va imkon bo'ldi deguncha hujumga o'tishdi. Albatta, o'yinchilar saviyasi va mahorati bobida Braziliya ustun ko'rindi. Ular to'p bilan juda engil muomala qilishdi. Xorvatiyaning esa himoyadan hujumga o'tishi ancha qiyin kechdi. Bazi vaziyatlarda hatto Luka Modrich ham ko'rinmay qoldi. Yoshi katta hujumchilardan biri Ivica Olich bir-ikki bor xavfli vaziyatni yaratishga urinib ko'rdi, biroq uning bir o'zi hujumda aytarli hech narsa qila olmadi.



Ammo shu o'yinda Xorvatiya termasi posboni Stipe Pletikosa o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. U bir necha bor darvozasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Ayniqsa, birinchi taymda Oskar tomonidan yo'llangan zarba gol bo'lishiga bir bahya qolgandi. Lekin Pletikosa mahorat bilan to'pni qaytarib yubordi. Braziliya uchun birinchi taymda gol urib olish juda zarur edi va 29-daqiqaga kelib ketma-ket hujumlar o'z samarasini berdi.

Bu vaziyatda Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan go'yoki kuchsiz zarba yo'lladi. To'p darvozaning chap ustuniga tekkan holda darvoza to'ridan joy oldi. Bungacha olib bo'lmas zarbalarni qaytarayotgan Pletikosa birmuncha kuchsiz zarba qarshisida ojiz qoldi. O'zi ko'pincha shunday bo'ladi: mohir darvozabonlar kuchli zarbalarni qaytarishadi-yu, ammo oddiy zarbalar qarshisida ojiz qolishadi. Pletikosa bilan ham shunday bo'ldi.



Xorvatiya bu o'yinda bir ochkoni qo'lga kiritishi mumkinmidi? Mumkin edi, agar osiyolik hakam Xorvatiya darvozasi tomon shubhali penalti belgilamaganida. Fred yiqilgan vaziyatda penalti bormidi-yo'qmidi, ochig'i bir narsa deyish qiyin. Lekin katta o'yinlarda bu kabi vaziyatlarda hammayam penalti qo'yavermaydi. Ammo Nishimura ishonch bilan 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini Neymar amalga oshirdi, u tepgan to'pni “shaxmatlilar” posboni qaytara oldi, biroq to'p uning qo'liga tegib baribir darvoza to'riga borib tushdi.

SHundan so'ng Niko Kovach shogirdlarining ruhiyati tushib ketdi. Bu esa Braziliyaga yanada qo'l keldi va o'yin oxirlarida Oskar jamoasining uchinchi to'pini kiritdi. Dastlabki uchrashuv bo'lgani uchunmi Braziliya o'z o'yinini to'liq namoyish eta olmadi. Xorvatiya esa evropaliklarga xos tarzda himoyalana oldi. Ammo Braziliya maydon egasi bo'lgani uchun ham ularda shiddat va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi. Qolaversa, futbolchilarning individual xatti-harakati evaziga “Sariq devlar” g'alaba qozondi desak bo'ladi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика