JCH-2013 (U-17). Musobaqaning ochilish marosimiga atab anjuman o'tkaziladi
12 okt 2013 17:08
Yangiliklar

JCH-2013 (U-17). Musobaqaning ochilish marosimiga atab anjuman o'tkaziladi
16 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 13:00da BAAning Abu-Dabi shahrida o'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga bag'ishlab matbuot anjumani tashkil etiladi.
Bunda FIFA vakillari hamda tashkiliy qo'mita azolari ishtirok etishadi. Matbuot anjumanida OAV xodimlari tashkiliy masalalar bilan bog'liq istalgan savolni berish imkoniyatiga egalar. Bundan tashqari, matbuot anjumani hamma uchun ochiq bo'ladi. Yani, bunda jurnalistning akkreditaciyasidan o'tgan-o'tmagani inobatga olinmaydi.
Matbuot anjumani “Feyrmont” mehmonxonasida o'tkaziladi. Qatnashuvchi kishilar: SHayx Naxayan Mabarak Al Naxayan (Madaniyat vaziri, Mahalliy tashkiliy qo'mita raisi); Rafael Salguero (Musobaqa tashkiliy qo'mitasi raisi); Muhammad Bin Bdua (Musobaqa bosh direktori): Inaki Alvares (FIFA musobaqalarini o'tkazish rahbari).

Fikrlar