So’nggi yangiliklar

22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  0 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  1 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  0 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  4 20:16Эрон Про лигаси. Машарипов, Ўрунов ва Яхшибоев захирада, Юсупов эса асосий таркибда  0 19:44Goal талқинига кўра "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  20 19:10"Футбол ТВ" ва "Спорт" топ-чемпионатлардан бирининг намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  41 18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  4 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  8 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  12 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2

Jamshid Saidov: "Yoshlarimizga g'alaba ruhiyatini singdiramiz" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Yoshlarimizga g'alaba ruhiyatini singdiramiz"

Kecha yoshlar ligasi doirasida "Mashal" - "Olmaliq" (2:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
So'nggi daqiqada kiritilgan gol "gazchilar"ga mavsumdagi uchinchi g'alabani olib keldi. Ayni vaqtda turnir jadvalini boshqarib turgan yoshlar jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlari bilan qiziqdik.

- Jalolovich, birinchi bo'lib kecha bo'lib o'tgan yoshlar ligasi bahsi haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz ?

Juda ham asabiy o'yin kechdi. Bir kishi ko'p bo'lib harakat qilishimizga qaramay yigitlar vaziyatlarni yakunlay olmadi. Bunga bazan darvoza to'sini sabab bo'lgan bo'lsa, ko'p holatda yoshlarimizga tajriba etishmayapdi. Imkoniyatlar bo'lmoqdami demak yanada ko'proq ishlash kerak. Yomon o'yin ko'rsatmadik deb o'ylayman. Bundan issiq ob-havoda yigitlar yaxshi mehnat qilishdi. Buning uchun ularga albatta minnatdorchilik bildiraman.

- Ushbu mavsum to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan yoshlarimiz uchta g'alabaga erishdi. SHunga qaramay o'tgan yilgiga qaraganda o'yinida pasayish kuzatilganga o'xshaydi.

Bu to'g'ri. O'zimiz ham buni his qilmoqdamiz. Birinchi sabab mavsum endi boshlandi va hali jamolarni hech biri o'yinlarda to'la kuchini ko'rsata olmayapdi. Turdan-turga o'yinlar yaxshilanib bormoqda. Jumladan bugun ham. Oldingi o'yinlarga nisbatan qandaydir o'zgarish bor. Ikkinchi sabab mana shu yoshlar tarkibimiz 60/70 foizga butunlay o'zgarib ketdi. Albatta bu yoshlar ligasi chempionati uchun tabiiy holdir. SHu bois dastlabki turlar nafaqat bizning jamoada va boshqa o'yinlarda ham shu holni ko'ramiz.

- Yoshlar ligasida yoshi katta futbolchilarni ko'p ishtirok etishiga qanday qaraysiz?

Yoshlar ligasi asosiy tarkibda o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilar uchun juda zarur. SHu bois biz bugun faqatgina ikki nafar yoshi katta futbolchi xizmatidan foydalandik va boshqa o'yinlarda ham biz limetni to'ldirib o'ynaganimiz yo'q. Misol uchun Iqbol Boboxonov, Nodir Davlatov bugun maydonga tushdi. Boboxonov uchun amaliyot bo'lgan bo'lsa, Davlatov jarohatdan so'ng safga qaytdi. Bu o'yin ular uchun foydali bo'lishiga ishonaman.  

- Umuman mavsumdagi o'yinlardan murabbiylar shtabi qoniqish hosil qilayapdimi ?


Yigitlarimiz o'yindan-o'yinga harakat qilmoqda. Yomon o'yin ko'rsatdi deya olmayman. Kamchiliklar ko'p lekin bularni to'g'rilash uchun o'yinlar kerak va biz aynan hozir shu o'yinlar orqali buni to'g'rilab borishga harakat qilamiz. Hozircha qoniqdik deya olmayman. Xatolarni ko'rayapmiz va buni ustida ishlaymiz.

- "Mashal" yoshlari bu turnirda amaldagi chempion hisoblanadi. Bu yil ham yoshlar tarkibi jamoasi oldiga maqsad qo'yilganmi ?

Albatta rahbariyat har bir o'yinda vazifa qilib g'alabani qo'yadi. G'alaba bilan birga o'yinni shakllantirish birinchi vazifamizdir. CHempionlikni saqlab qolmoqchimiz. Buning uchun bizga har bir o'yinda juda qiyin bo'ladi. Boisi o'tkazgan to'rtta o'yinimizda ham raqiblarimiz juda katta tayyorgarlik bilan maydonga tushadi. Futbolchilari esa chempionlarga qarshi kuchli o'yin ko'rsatib, murabbiylar nazariga tushishni istaydi. SHu bois boshqa jamoalardan ham ko'ra bu yil yoshlarimizga juda qiyin bo'ladi.  

- O'tgan yil yakunlariga ko'ra chempionlikni qo'lga kiritgan yoshlar asosiy tarkibga kam jalb etildi. Nisbatan birinchi ligamizdan asosiy tarkibga o'tish ko'proq. Bu yil mavsum yakunlarida qaysi futbolchilarni asosiy tarkibga o'tishi mumkin deya baholaysiz?

Hozir bir narsani aytish juda qiyin. Yosh futbolchi 20 yoshgacha bo'ladi va  har kuni o'yinida o'zgarish bo'ladi. Bugun to'rtta gol urgan futbolchi , ertaga to'rtta vaziyatni yo'qqa  chiqarish  mumkin. Bizda bir xil tempni ushlab tura oladigan yoshlar kerak. Butun mavsum davomida buni ko'rib boramiz. Nomlarini ayta olmayman lekin yoshlar tarkibimizdan ko'plab futbolchilar asosiy tarkibga kirishini istayman. Bu esa ularning o'zlariga ham bog'liqdir. Hozir ayta olmayman bu asosiyga o'tadi yoki o'ta olmaydi deb.  Yoshlar tarkibi o'yinini asosiy maqsadi o'yna va g'alaba qozon.

- Yoshlar tarkibini o'yinlarini bosh murabbiy kuzatib boradimi? Xulosalar birgalikda hal etiladimi ?

Albatta, har bir o'yinni bosh murabbiyimiz kuzatib boradi. O'yin oldidan, tanaffusda va o'yindan so'ng har bir futbolchining harakatlarini muhokama qilamiz. Kamchiliklarni birgalikda ko'rib chiqamiz. Har bir harakat maslahatda va nazoratda bo'ladi.

- Yoshlardan siz bu yil qanday natija kutasiz ?

Har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun chiqamiz. Klub rahbariyati aytib o'tgandek biz "Mashal"ning har bir futbolchisida g'alabaga bo'lgan ruhiyatni singdirishimiz kerak. U hoh akademiyaning kichik yosh futbolchisi bo'lsin, hoh asosiy tarkib. Biz yoshlarga g'alaba ruhiyatini singdiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика