So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  8 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Jamshid Iskanderov: "CHempionlar ligasida yaxshi natija ko'rsatishga intilamiz" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "CHempionlar ligasida yaxshi natija ko'rsatishga intilamiz"

Yarim himoyachi Jamshid Iskanderov jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, hujumlar tashkil etishda katta hajmdagi ishni bajardi.
Ayni paytda terma jamoa yig'inida bo'lgan Jamshid savollarimizga javob qaytardi.

- Mavsum jamoa uchun qanday o'tdi?
- CHempionat juda qiyin kechdi. Har bir jamoaning qarshiligiga duch keldik. O'z navbatida o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylar bilan mashg'ulotlarda qilgan mehnatimiz natijasida chempionlikni qo'lga kiritdik. Avvalgi yildan keyin zafar quchishimiz juda muhim edi. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay oldik.

- Mavsumni mag'lubiyatsiz tugatish mumkinligi haqida o'ylaganmidingiz?

- Asosiy maqsad har bir uchrashuvda chiroyli futbol ko'rsatib, g'alaba uchun harakat qilish edi. Lekin mavsumni mag'lubiyatsiz tugatamiz deb o'ylamagandim. Futbolchilar murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishga intildi va chempionatni ajoyib tarzda yakunladik. Bunda menejerimiz boshchiligidagi murabbiylar shtabi hamda jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi.

- Qaysi o'yinlar eng og'ir kechdi?
- Men uchun oson uchrashuvning o'zi bo'lmadi. Birinchidan, har bir raqibni jiddiy qabul qilish kerak va o'yinga shunga yarasha tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. Ikkinchidan, "Paxtakor"ga qarshi bahslarda hamma o'zining yaxshi taraflarini ko'rsatishni xohlaydi. SHu sababli osonlik bilan yutgan birorta o'yinimiz bo'lmadi.

- 2 yil avval CHempionlar ligasida jamoadagi yosh futbolchilar tajribaga ega bo'lishdi. Jamoa hozir bu turnirda ijobiy natija qayd etishga qodirmi?
- Ha, 2 yil oldin biz muhim tajribaga ega bo'ldik. Endi esa barchamizning niyatimiz CHempionlar ligasida yaxshi o'yin va natija ko'rsatishdir. Biz maydonda qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Xudo xohlasa, ushbu musobaqada ham muxlislarni xursand etamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика