Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Navbahor"
05 may 2014 16:16
Yangiliklar
Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Navbahor"
"Andijon" klubidagi o'zgarishlar haqida maqolani taqdim etgandik.
"Andijon"dan so'ng navbat "Navbahor"ga.
Namanganda ham ishqibozlar futbolni juda sevishadi. “Navbahor” yuqori o'rinlarda yurgan yillari stadionga kamida 20 ming muxlis kelardi. Biroq vaqt o'tishi bilan jamoa o'rtamiyonaga, keyin esa oliy ligada qolish uchun kurashadigan klubga aylandi. Oqibatda ishqibozlar avvalgidek etibor bermay qo'yishdi. Lekin hozir ham ketma-ket g'alabalar qo'lga kiritilgan paytda stadionda tomoshabinlar soni birdaniga ko'payadi. Muxlislar sevimli jamoalarining avvalgidek yuqori saviyada o'yin namoyish qilishini istashadi. Afsuski, “Navbahor” bir necha yillardan buyon o'zgarishlar ko'p sodir bo'ladigan jamoaga aylandi qoldi. Har mavsum arafasida o'ndan ortiq futbolchilarning kelishi va ketishi oddiy holga aylanib ulgurdi. Aynan shu eng yomon holat. CHunki jamoada ananalar yo'qqa chiqishi bilan uning mavqeiga putur eta boshlaydi. Namanganda iqtidorli yoshlar ko'p, biroq ularning aksariyati oxirgi yillarda boshqa jamoalar safida o'ynashni maqul topishmoqda. Hech yo'g'i klub tarbiyalanuvchilari orasida yuqori saviyada o'ynaydiganlari etishib chiqmayapti.
2014 yilgi chempionat boshlanishi oldidan 14 nafar yangi futbolchi “Navbahor” tarkibiga kelib qo'shildi. Ularning 6 nafari “Guliston”, 3 nafardan “Buxoro” va “Neftchi”ning sobiq azolaridir. Hozircha Baxtiyor Ashurmatov tarkibga jalb qilgan o'yinchilar o'zlaridan yomon taassurot qoldirmayapti. Ashurmatov kamtarona byudjet va eng yaxshi sanalmagan futbolchilar bilan binoyidek o'yin ko'rsatish mumkinligini o'tgan yili “Guliston”dagi faoliyati orqali isbotladi. Balki, Namanganning bosh jamoasini hech bo'lmaganda o'rtamiyona darajaga olib chiqishni uddalar. Aytgancha, “Navbahor”ni 2013 yil jamoa safida maydonga tushgan 16 nafar o'yinchi tark etgan! O'zgarishlar raqami 30ga teng. Buning qanday samara berishini o'yinlar davomida kuzatib boramiz.
“NAVBAHOR”
Keldi Qaerdan
Xurshid Xo'jaev “Guliston”
Doniyor Usmonov “Guliston”
Durbek Umaraliev “So'g'diyona”
Rahmatillo Berdimurodov “Nasaf”
Yuriy Rijko “Buxoro”
SHukur Po'latov “Neftchi”
Tohir SHamsiddinov “Guliston”
Mansur Saidov “Neftchi”
Baxtiyor Yoqubov “Neftchi”
Alisher Mahmudov “Buxoro”
Elyor Jahonov “Guliston”
Robbim Hasanov “Guliston”
Otabek Valijonov “Buxoro”
SHahboz Erkinov “Olmaliq”
Jamoani tark etganlar (2013 yil o'ynagan tarkibdan): Ro'zimboy Ahmedov, Abdurazzoq Jo'raev, Viktor Mochalov, Leonid Koshelev, Jahongir Mehmonov, Rustam Azamov, Temur Sultonov, Pavel Leus, Aleksandr Lupashko, Akram Bahriddinov, Denis Romanenko, Vitaliy Pochuev, Abdumajid Toirov, Abduaziz Sultonov, Oyatillo Muhiddinov, Ayubxon Gapparov.
Namanganda bu yil deyarli yangi jamoa shakllantirilyapti. Lekin buni “Andijon” bilan taqqoslasak, “Navbahor”dagi vaziyat ancha yaxshi. Har holda, jamoa kamida o'z maydonida istalgan jiddiy raqibga muammo yaratadi. Buni “Nasaf” bilan uchrashuvda Ashurmatov shogirdlari isbotlab ulgurishdi. Yildan-yilga o'zgarishlar soni, ijaraga olingan futbolchilar sonini kamaytirib borish orqali jamoani yana yuqori saviyaga olib chiqsa bo'ladi. 2012 yilgi tarkibdan 9 nafar futbolchi hamon namanganliklar sharafini himoya qilmoqda. O'sha o'yinchilarning barchasi mahalliy futbolchilardir. Demak, ularga etibor berish va imkoniyat taqdim qilish hech qachon zarar keltirmaydi. Yangi stadion ishga tushirilgach, bu borada “Navbahor”da yanada oldinga siljish kuzatilishiga umid qilamiz.
2012 yilgi tarkibdan qolgan futbolchilar: Durbek Umaraliev, Qahramon Muhammadjonov, Alisher Mahmudov, Ilhom Boydadaev, Azim Ahmedov, Azam Aliev, Sobir Hamidov, G'ayrat Jo'raev, Abdumalik Abdullaev.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar