So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  4 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  68 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  57 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  12 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  14 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  259 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? - "Andijon" Yangiliklar

Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? - "Andijon"

Oliy liga jamoalarida oxirgi yillarda tarkibni o'zgartirmasdan 2 mavsum o'ynash uddalash qiyin bo'lgan ishlardan biriga aylanib qoldi.
Kamida 10 jamoa tarkibning yarmini o'zgartirib tashlaydi. Natijada o'sha jamoa ishqibozlari dastlabki turlarda qaysi futbolchilar maydonda ekanligini aytib berishga ham qiynalishadi. Bu o'zgarishlar ko'plab klublarga deyarli foyda bermayapti. SHunga qaramay, har yili, kerak bo'lsa har davrada bo'ladigan o'zgarishlarning oxiri ko'rinmayapti.

Oliy liga klublarida avvalgi yilga nisbatan solishtirsak, qanday o'zgarishlarga guvoh bo'lamiz? Aynan shu savolga bevosita faktlar bilan javob topish maqsadida 14 jamoaning har biriga to'xtalib o'tamiz. Bunda 2013 yilga taqqoslash va 2012 yildagi tarkibdan kimlar qolgani haqida malumot beramiz. Dastlabki maqolada vodiyning ikki jamoasi – “Andijon” va “Navbahor” misolida tarkibdagi o'zgarishlarni tahlil qilib o'tamiz. Ushbu klublar oxirgi yillarda nima sababdan autsayderlar qatoriga tushib qolganiga munosib javob topasiz deb o'ylaymiz. To'g'ri, joriy mavsumda namanganliklar o'yin saviyasini o'stirishga urinishayotgani ko'rinib turibdi. Lekin klubda stabillik bo'lmas ekan, oldinga siljish kuzatilishi qiyin.



“Andijon” bir paytlari oliy liganing istalgan jamoasini o'z maydonida hujumkor futbol namoyish etgan holda dovdiratib qo'ygan. Ayniqsa, ishtirokchilar soni 20taga etgan davrda “Neftchi” bilan bir juftlik hosil qilgan andijonliklar juda mazmunli o'yin ko'rsatishardi. O'shanda yuqori liga jamoalari vodiyga tashrifni ochkosiz uyga qaytishni tenglashtirib qo'yishgan. “Andijon”ning o'shandagi o'yinlari bunga sabab bo'lgan. Biroq hozirgi kunga kelib, Andijondan uch ochko bilan qaytish muammoli holat emas. Ashaddiy va sodiq ishqibozlarga ega jamoaning shunday ahvolga tushib qolgani achinarli, albatta. Akademiya yoki mahalliy tarbiyalanuvchilarga etibor umuman boshqa masala, biz tarkibdagi o'zgarishlar bo'yicha bu holatning javobini berishga urinib ko'ramiz.

2013 yil birinchi ligada ishtirok etgan “Andijon” Azamat Abduraimov qo'l ostida o'ynagan. Ushbu mutaxassis jamoa boshqaruviga 2012 yil kelgandi. SHunday ekan, birinchi ligadayoq tarkibni yaxshilab shakllantirib borish imkoniyati bor edi. To'g'ri, birinchi ligada o'ynashga yuqori saviyali futbolchilar rozi bo'lmaydi, biroq andijonliklar hozirgi tarkibni 80 foizga quyi ligada o'ynatish imkoniyatiga ega edilar. Yoki yosh hamda kashf etilmagan futbolchilarni tarkibga jalb qilish orqali kurashchan jamoani shakllantirish mumkin. 2014 yilda PFLga berilgan ro'yxatni o'tgan mavsumdagisi bilan taqqoslasak, 14 nafar yangi futbolchini ko'ramiz! Bu deyarli bitta qo'shimcha jamoa degani. SHuncha futbolchini tarkibga qo'shib olish juda g'alati holat. Agar avvalgi yili inqirozga yuz tutgan jamoa bo'lganda buni tushunsa bo'lardi.



Biroq Abduraimovning o'zi o'tgan yili ham Andijonda ishlagan, unda 1,5 yildan ortiqroq vaqt mavjud edi. 9 futbolchi esa jamoani tark etgan. 9 o'yinchining ketishi va 14 futbolchining kelishi! Bir mavsumdan ikkinchisiga o'tishda shuncha o'zgarishning ro'y berishi stabillik yo'qligini anglatadi. Tabiiyki, shuncha o'yinchi yangi bo'lgandan keyin ularning o'zaro ko'nikib ketishiga kamida bir davra kerak bo'ladi. Bir davrani qo'ldan chiqargan klub keyingi mavsumni birinchi ligada boshlash ehtimoli 90 foizga teng deb aytish mumkin. Qolaversa, legionerlar jamoaga naf keltira olmayapti. Arab klublarini ko'rsangiz, legionerlar butun jamoani ortlaridan ergashtirib yurishadi. Bizda esa ular o'zimiznikilarga ergashib ketadi. Har holda, quyi o'rinlarda yurgan klublarning xorijlik futbolchilar xizmatiga murojaat qilishini tushunish qiyin. Eng so'nggi pog'onalarda yurish uchun chet ellik o'yinchiga ega bo'lish shart bo'lmasa kerak.

“ANDIJON”
Keldi                              Qaerdan
Temur G'aniev                 “Lokomotiv”
Muhiddin Xudoyorov       -     
Temur Sultonov             “Navbahor”
Sergey Dacenko              Ukraina
Aleksey Kasyan              Moldova
SHahzod SHaymanov          “Mashal”
Javlon Mirabdullaev   “Bunyodkor”
Ibrohim Otaxonov         “SHo'rtan”
Mirzakamol Kamolov     "Neftchi”
Anvar Rajabov               “Paxtakor”
Kamronbey Kapadze         “Bunyodkor”
SHuhrat Mirxoldirshaev   -
Viktor Raskov                  Ukraina
Afzal Azizov                   “Buxoro”

Jamoani tark etganlar (2013 yil o'ynagan tarkibdan): Yuriy Coy, Akmal Tursunboev, Afzal Azizov, Ikrom Ibrohimov, Asqar Jadigerov, Dmitriy Kraev, Temur Hakimov, Aleksandr Lupashko, Andrey Sidorov.



“Andijon”da ijaraga olingan futbolchilar soni ko'p. Har mavsumda kamida 3-4 nafar shunday futbolchilar xizmatidan foydalanilyapti. SHuning o'rniga hech bo'lmaganda 2 nafar mahalliy o'yinchiga imkoniyat berish foydaliroq bo'larmidi? 2012 yil oliy ligada o'ynagan futbolchilarga nazar tashlasak, naqd 10 nafar o'yinchi bor ekan. Ularning barchasi andijonlik. Demak, jamoaning asosini mahalliy yigitlardan tuzish imkoniyati mavjud. CHunki bir klubda asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan 10 nafar futbolchining bo'lishi yomon ko'rsatkich emas. Har qanday o'yinchilar taklif etilgani bilan baribir “Andijon” oliy ligada qolish uchun kurashishga majbur bo'lyapti. Undan ko'ra, yoshlarga yoki mahalliy futbolchi, tarbiyalanuvchilariga etibor qilgan maqul. Bunga yorqin misol sifatida “Paxtakor” va “Mashal”ni keltira olamiz. Toshkentliklar ko'p yillardan buyon asosiy urg'uni klub tarbiyalanuvchilariga qaratishdi. Qilingan mehnatga yarasha olinayotgan mevani bugun barcha ko'rib turibdi. “Mashal” ham chetdan kelgan futbolchilarga ishonib, 2012 yil pand egandi. Bu safar Aleksandr Xomyakov akademiyadan chiqqan yigitlarga ishonch bildirishni lozim topdi. Natijalar hozircha yomon emas. Balki, Andijonda ham shunday yo'l tutishni istab qolishar. Ayni paytda stabillik kuzatilmayotgani natijalarning qoniqarsiz ko'rinish olishiga asosiy sabablardan biri bo'lib turibdi.

2012 yilgi tarkibdan qolgan futbolchilar: Davron Tursunov, Asror Rahmonov, SHahboz Jumaboev, Ibrohim Otaxonov, Rasul Rahmonov, Bahrom Abdurahimov, Bekzod G'oziev, Alisher To'xtasinov, Lochin Soliev, Akmal Jo'raboev.


"Navbahor" haqidagi maqola birozdan so'ng elon qilinadi.

Behzod Nazarov tayyoraldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика