So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

Jahonning eng qimmat 10 arenasi Yangiliklar

Jahonning eng qimmat 10 arenasi

Jahondagi eng qimmat stadionlar o'nligini etiboringizga havola etamiz.
10. "Lukas Oyl" (Indianapolis, AQSH)

Qurilgan: 2008
Sig'imi: 66000
Sarflangan mablag': 675 mln. dollar
Ko'p imkoniyatlarga ega "Lukas Oyl" stadioni NFL jamoasi Indianapolis Kolts o'y uchrashuvlari va boshqa sport turnirlari o'tkazish uchun qurilgan.
Qiziq faqt: 2009 yilning noyabrida mahalliy telekompaniya stadionda gigienaga juda ham etibor berilmasligini aniqladi.

9. "Safeko Fild" (Sietl, AQSH)


Qurilgan: 1999
Sig'imi: 66000
Sarflangan mablag': 714 mln. dollar
Arena "Sietl Mariners" nomli beysbol jamoasi uchun maxsus qurilgan. Bu haqda 1995 qaror qilingan, qurilish esa 1997 yilning martida boshlangan.
Qiziq fakt: Agar o'yin boshlanganida tomi yopiq bo'lsa, uchrashuv vaqtida u ochilishi mumkin. Buni faqat hakam hal qiladi, shu bilan birga tom o'yin davomida faqat bir marta ochiladi.

8. "Emireyts" (London, Buyuk Britaniya)

Qurilgan: 2006
Sig'imi: 60000
Sarflangan mablag': 770 mln. dollar
Jahonning eng zamonaviy va yuqoritexnologik imkoniyatlarga ega stadionda "Arsenal" uy uchrashuvlarini o'tkazadi va arena milliy terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi uchun ijaraga beriladi.
Qiziq fakt: 2009 yilda "Emireyts"da Gordon Braun va Nikolya Sarkozi uchrashib, Arsen Venger va "Arsenal"ga ishora qilib, bu stadionni ingliz-francuz hamkorligining yorqin misoli deb atashgan.

7. "Rojers Centr" (Toronto, Kanada)

Qurilgan: 1989
Sig'imi: 50000
Sarflangan mablag': 930 mln. dollar
Stadion kanadacha futbol jamoasi "Toronto Argonavts" va beysbol jamoasi "Toronto Blu-Jeys"ning uy arenasi hisoblanadi.
Qiziq fakt: "Rojers Centr" 20 daqiqada tomi ochilib yopiladigan jahondagi ilk stadion bo'lgan.

6. "Stad de Frans" (Sen-Deni, Franciya)

Qurilgan: 1998
Sig'imi: 80000
Sarflangan mablag': 974 mln. dollar
JCH-1998 uchun qurilgan maxsus stadion hozirda kubok finallari, terma jamoa o'yinlari, avto va moto gonka hamda chang'i musobaqalari o'tkazishga xizmat qilyapti.
Qiziq fakt: Franciya prezidenti Nikolya Sarkozi bir yilda kamida ikki marta bu stadionga kelishga majbur: Franciya Kubogining utbol va regbi finalida.

5. "Medison-skver-garden" (Nyu-York, AQSH)

Qurilgan: 1968
Sig'imi: 18000
Sarflangan mablag': 1,1 mlrd. dollar
Afsonvaiy sportkompleks "Reynjers" nomli xokkey va "Niks" nomli basketbol jamoalarining uy arenasi hisoblanadi.
Qiziq fakt: Loyiha arxitektori va "Pepsodent" kompaniyasi prezidenti CHarlz Lakman o'z muvaffaqiyati siriga quyidagicha tarif bergan: "Men anchadan beri tonggi soat beshda uyg'onishga o'rganib qolganman, bu kun davomidagi eng yaxshi vaqt. Bu paytda miyam juda yaxshi ishlaydi va men o'z ishlarimni juda yaxshi rejalashtiraman".

4. "Zenit" stadioni (Sankt-Peterburg, Rossiya)

Sig'imi: 69,501
Bitishi belgilangan muddat: 2012
Sarflangan mablag': 1,1 mlrd. dollar
JCH-2018 uchun qurilayotgan "Zenit" stadionining ochilishi bir necha marotaba qoldirilgan. Stadion foydalanishga topshiriladigan sanasi 2012 yil edi.
Qiziq fakt: Qurilayotgan stadionda birinchi o'yin 2009 yilda o'tkazilgan. Buyurtmachi va bosh pudratchi jamoalari kichik pudratchilarni 3:0 hisobida mag'lub etgan.

3. "Kovboyz Stedium" (Arlington, AQSH)

Qurilgan: 2009
Sig'imi: 80000
Sarflangan mablag': 1.3 mlrd dollar
Dunyodagi eng katta yopiq stadionni NFL jamoasi "Dallas Kovboyz" uchun qurilgan.
Qiziq fakt: Jerry-Tron nomli yirik ikki tomoni yuqori ko'rsatkichga ega rangli ekran jahonning eng katta ekrani sifatida Ginnes Rekordlari Kitobiga kiritilgan.

2. "Olimpiya stadioni" (Monreal, Kanada)

Qurilgan: 1976
Sig'imi: 60000
Sarflangan mablag': 1,4 mlrd. dollar
Kanadadagi yozgi Olimpiada o'yinlari uchun qurilgan "The Big O" nomli stadionda, beysbol va amerikancha futbol o'yinlari o'tkaziladi.
Qiziq fakt: 1976 yilgi Olimpiadada, futbol sport turida Polsha GDRga yutqazgan o'yinda, 72000 muxlis yig'ilgan va bu Kanada futbolidagi hozirgacha yangilanmagan rekord.

1. "Uembli" (London, Buyuk Britaniya)

Qurilgan: 1923 (2007 yilda to'liq rekonstrukciya bo'lgan)
Sig'imi: 90000
Sarflangan mablag': 1,5 mlrd. dollar.
Angliya terma jamoasining o'y stadionida koncertlar, kubok finallari va regbi o'yinlari o'tkaziladi.
Qiziq fakt: Yangi "Uembli" arxitektori Norman Forster Pushkin muzeyining rekonstrukciyasida ham ishlagan va CHinni orolni ishlab chiqqan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика