So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  92 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Jahongir Mehmonov: To'rtta jamoadan taklif bor Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: To'rtta jamoadan taklif bor

Namanganning Navbahor jamoasining etakchi himoyachilaridan biri Jahongir Mehmonov uchun har mavsum yakuniga ko'ra turli jamoalardan taklif tushib turadi.
SHunday bo'lsada, futbolchi Navbahorga sodiqligini amalda isbotlab kelmoqda. Joriy yilgi mavsum yakuniga etgach, Mehmonovga bir qator klublardan chaqiruvlar bo'lganligi xususidagi gap-so'zlar tarqaldi. Ushbu malumotlardan kelib chiqib, Mehmonov bilan uchrashdik. Suhbat davomida himoyachi chempionat yakunlari hamda kelgusi rejalari haqida gap bordi.

- Yakuniga etgan mavsum Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- CHempionatni u qadar ishonchli boshlay olmagan bo'lsakda, birinchi davra o'rtalariga borib, o'yinimizni topib olgandik. Buning natijasida qator ochkolarni qo'lga kiritdik. Ammo, ikkinchi davradagi ishlarimiz ko'ngildagidek kechmadi. Turli qiyinchiliklarni yuzaga kelishi oqibatida oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolish uchun kurashdik. Hayriyatki, chempionat yakunlanishiga bir nechta tur qolganida oliy ligadan tushib ketish xavfidan qutildik.

- Jamoa nima sababdan muvaffaqiyatsiz tarzda ishtirok etdi?
- Nazarimda bunga murabbiylar almashinuvi sabab bo'ldi. Futbolchilardan chempionat mobaynida bir murabbiyning taktikasidan ikkinchisinikiga moslashguncha vaqt talab etiladi. Istaysimi yoki yo'qmi bu jihat ham qiyinchilik tug'diradi. Har bir murabbiyning o'z o'yin uslubi bo'ladi. Uning uslubiga ko'nikish esa o'z-o'zidan bo'lmaydi. Navbahorning muvaffaqiyatsiz ishtirokiga bu hol o'z tasirini ko'rsatdi.

- Navbahorning musobaqa jadvalida egallagan o'rni namoyish etgan o'yiniga mos bo'ldimi?
- Ikkinchi davrada namoyish etgan o'yinimiz balki egallagan o'rnimizga mosdir. Zero, 11-o'rindan yuqoriroq pog'onalarga ko'tarilishimiz mumkin edi. Bunday bo'lishiga esa o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda boy berilgan ko'plab ochkolar to'sqinlik qildi.

- Jamoaning qaysi chizig'ini kuchaytirish kerak deb o'ylaysiz?
- Har bir poziciyaga ikkitadan mohir futbolchi raqobat qilsa maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylayman. Faqatgina bir chiziqqa diqqatni qaratib bo'lmaydi. Futbol jamoaviy o'yin sanaladi. SHunday ekan butun tarkibni kuchli o'yinchilar bilan to'ldirish zarur. Har bir chiziqda o'z etakchi o'yinchisi bo'lsa, jamoaning o'yini va salohiyati kuchli bo'ladi. Navbahorda ham bunday o'yinchilar bor edi. Biroq, ikkinchi davrada murabbiy almashgani sababli ozgina muammoga duch keldik. Buning natijasida o'yinchilarni bir-birini tushunishiga vaqt kerak bo'ldi. Misol uchun birinchi davrada himoyada harakat qilgan tarkib mavsum ikkinchi yarmida umuman o'zgarib ketdi.

- Denis Romanenko jarohat olgach, golkiper masalasi lochinlarning og'riqli nuqtasiga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero, Pavel Leus ishonchni oqlamagan bo'lsa, Mochalov va Jo'raevlarning tajribasini biroz kamligi ko'zga tashlandi. Bu borada Sizning fikringiz qanday?
- Fikringizga qo'shilaman. Darvozabon – yarim jamoa deb bejizga aytishmaydi. Agarda Romanenko jarohat olmay darvozani qo'riqlashda davom etganida, yaxshi o'rinlarni egallashimiz mumkin edi. To'g'ri, birgina o'yinchi hech narsani hal qilmaydi, biroq baribir darvozabon muammosi o'z tasirini ko'rsatdi. Yosh posbonlardan biri Islom Jo'raevga o'zini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratib berildi. Bir-ikki o'yinda u ishonchni oqladi. SHunday bo'lsada, unga keyinchalik unga o'yin amaliyoti berilmadi. Nima bo'lgan taqdirda ham u hali yosh, tajribasi kam. Leus garchi tajribali sanalsada u ham kutilgan o'yin ko'rsatolmadi. Xullas Pavel ham biz o'ylagan darajadagi darvozabon emas ekan.

- Legioner o'yinchilarga munosabatingiz. SHunday o'yinchi kerakdir balki?
- Bu masala selekcionerlarimizga bog'liq. Agarda ular kuchli futbolchilarni topishsa, nur ustiga alo nur bo'lardi. CHunki xorijdan kelgan o'yinchi mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Mahalliy futbolchilar saviyasidagi legionerlarni taklif etishdan esa foyda yo'q. Undan ko'ra yoshlarga etibor bergan afzalroq.

- O'z o'yiningizdan qoniqish xosil qildingizmi?
- Bu yilgi mavsumda barcha o'yindan qoniqish hosil qildim deb ayta olmayman. Ayrim hollarda ko'nglim to'ldi, lekin ko'p uchrashuvlarda imkoniyatim darajasida to'p sura olmadi. CHempionat yakunida 11-o'rin band etilgach, o'yinimdan qoniqdim deyish uyat bo'ladi.

- Oliy ligadagi ampluadoshlaringiz orasida eng kuchlisi sifatida kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Albatta Xayrullo Karimovni U mamlakatimizning yaxshi himoyachilaridan biri sanaladi.

- Namanganlik bo'lgani uchun shunday deyapsizmi?
- (kuladi) Yo'q, Karimov tajribali futbolchi. Ko'p yillardan buyon Bunyodkor sharafini himoya qilib kelmoqda. Navbahordagi o'yinlari orqali ham barcha muxlislar yodida qolgan. Boshqa futbolchilarga ham o'rnak bo'la oladi. Ushbu poziciyada to'p suradigan futbolchi Karimov kabi jahldor bo'lishi kerak. Hujumchi himoyachidan qo'rqib turishi lozim.

- Navbahorni bu yilgi mavsumda eng oson va og'ir kechgan o'yinlari qaysi bo'ldi?
- Eng oson o'yin o'z maydonimizda Gulistonga qarshi kechgan bahsni etirof etgan bo'lardim (6-tur Navbahor - Guliston 3:0 – mual.). Raqibga qaraganda mazmunli o'yin ko'rsatib, yirik hisobda zafar quchgandik. Barchamiz bir-birimizni yaxshi tushunib, harakat qilgandik. Eng og'ir uchrashuv esa Toshkentda Bunyodkorga qarshi kechdi.

- Hayotda ideal inson bo'lmaydi. Har bir insonni o'z kamchiligi bo'lganidek Sizda ham kamchilik mavjud. Qaysi kamchilik ustida ishlashim kerak deb o'ylaysiz?
- Barcha insonlar kabi o'zimga yarasha kamchiligim majud. Lekin, bu mendan ko'ra o'yinlarimni kuzatib boruvchi muxlislarga ko'proq ayon. Aniq shunday kamchiligim bor deb ayta olmayman. Bu savolni murabbiylar yoki muxlislarga berish orqali aniq javob topish mumkin deb o'ylayman.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qachon boshlanadi?
- Rahbariyat yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrdan boshlanishin aytishgan.

- Jamoaning yuragi deb qaysi futbolchini ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Jamoani oldinga boshlaydigan yoshi katta o'yinchi, to'g'risini aytsam tarkibimizda yo'q. Barcha futbolchilar bir kuch bo'lib o'ynashmaydi. Mahalliy futbolchilar misol uchun bor kuchi bilan jonini berib o'ynasa, ikkinchi o'yinda buning aksi kuzatilishi mumkin. Bu muxlislarga va murabbiylarga ham ayon.

- Boshqa jamoalardan takliflar tushayotganligi xususidagi gap-so'zlar yuribdi?
- Ayni paytda to'rtta jamoadan taklif bor. Lekin, qaysi klublardan chaqiruv bo'lganligi sir bo'la qolsin. Boisi, agarda Navbahor rahbariyati bilan kelishuvga erishsak, jamoada qolaman. Maqsadim faoliyatimni Namanganda davom ettirish hisoblanadi. Biroq, hozirgi ahvolda qiynalamiz deb o'ylayman.

- Moliyaviy tarafdan yuzaga kelgan muammolarni nazarda tutyapsizmi?
- Ha, shunday.

- Jamoa yakunlangan mavsumda og'ir o'yinlarni o'tkazdi. Ko'p hollarda muxlislar ham futbolchilarga etiroz bildirishdi. Mag'lubiyatga uchraganda Sizga kim dalda beradi?
- Albatta bunday vaziyatlarda ota-onam dalda berishadi. Har bir o'yindan so'ng qanday natija bo'lishidan qatiy nazar uydagilarga qo'ng'iroq qilib, darhol nima bo'lganini aytaman. Ular ham g'alaba qozonsak, tabriklashadi, imkoniyatni boy bergan holatda esa mayli bolam, keyingi safar g'alaba qozonasizlar, ruhan tushkunlikka tushmanglar deb dalda berishadi.

- So'nggi turlarda asosiy tarkibda kamroq ko'rindingiz. Bu masalada No'mon Hasanov bilan gaplashdingizmi?
- Yo'q. Lekin, Mustafo Bayramovning aytishicha, Hasanov meni Lokomotivdan ko'ra, Paxtakorga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimni rejalashtirgan ekan. Murabbiy o'zi ham o'z vaqtida futbolchi bo'lgani uchun temiryo'lchilarga qarshi o'yinda qaysi o'yinchini tanlashni yaxshi biladi. So'nggi turda Paxtakor bilan kechgan o'yinda birinchi bo'limda Navbahor mag'lubiyatga uchrayotgandi. Ikkinchi bo'limda murabbiyning taktikasimi yoki boshqasimi bilmadim. Biroq, o'yin taqdirini o'zgartirdik deb o'ylayman. Balki ishqibozlarimiz boshqacha fikrdadir. Mavsumning so'nggi bahsida muxlislar uchun harakat qildik. G'alaba qozonsak bo'lardi, vaziyatlar bo'lgandi. SHunday bo'lsada, yakunda durang bilan cheklandik.

- Yana sanoqli kunlardan so'ng Oltin to'p sohibi aniqlanadi. Bu sovrinni kimga topshirishini istardingiz?
- Mehnat qilib, yaxshi harakat qilgan futbolchilarni hurmat qilaman. To'g'risi, o'zim ham jonimni berib muxlislar ko'z o'ngida o'ynayman. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Bahoni ham ular berishadi. Avvallari Krishtianu Ronalduni xushlamasdim. Lekin, futbolchi katta qo'lamdagi ishni bajargani uchun Oltin to'p unga topshirilishini istardim. Lionel Messi jarohatlangan. Qolaversa, argentinalik futbolchi avvalgidek yuqori darajada to'p sura olmadi. Riberi ham ushbu sovringa munosib. Biroq, Ronaldu Portugaliya terma jamoasini jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishida, munosib tarzda hissa qo'shdi. Nazarimda sovrinni aynan Krishtianuga topshirilsa, to'g'ri bo'lardi.

- Evropa jamoalaridan qay biriga muxlislik qilasiz?
- Angliyaning Manchester Yunayted klubiga muxlislik qilaman. Garchi bu yilgi mavsumda jamoaning ishlari ko'ngildagidek kechmayotgan bo'lsada, chempionatning ikkinchi qismida tarkibdagi futbolchilar murabbiyning o'yin uslubiga ko'nikib olgan holda mazmunli o'yinlar bilan jamoa muxlislarini hursand qilishadi deb o'ylayman.


Javlon Mahmudov suhbatlashdi.
“Asr futboli” gazetasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика