Jahongir Mehmonov: “Birinchi maoshim 150 000 so'm edi”
22 iyu 2014 15:26
Yangiliklar
Jahongir Mehmonov: “Birinchi maoshim 150 000 so'm edi”
“Neftchi” klubiga befarq bo'lmagan muxlislarga jamoa himoyachisi Jahongir Mehmonovga savol yo'llashini elon qilgandi.
Futbolchining manzili tomon bir qator ishqibozlar o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Vadaga ko'ra, Mehmonov ham savollarga javob berib o'tdi.
- Jahongir, yaqinda sizni “Navbahor”ga qaytishingiz borasida xabarlar paydo bo'lgandi. Bu qanchalik haqiqat?
- Taklif bo'ldi albatta. Lekin ayni paytdagi klubim bilan o'rtada shartnomam bor. SHuning uchun “Neftchi”da qolishga qaror qildim.
- Sizningcha “Neftchi”ni birinchi davrada kutilgan o'yinni namoyish eta olmaganiga nima sabab bo'ldi?
- Bu erda yangi jamoa shakllandi. SHu sababli birinchi davrada o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik.
- O'zingizni asosiy tarkibning muhim azosi deya olasizmi?
- Nima desam bo'ladi, bunga ko'proq muxlislar va murabbiylar javob bergani maqul. Men har doim asosiy tarkibda o'ynash uchun bor kuchim bilan mehnat qilaman.
- Markaziy himoyada qay biri bilan o'ynash qulay bo'ldi: Kleckov yoki Boboxonov?
- Ikkalasi bilan ham o'ynash qulay. Menda tanlash imkoniyati yo'q. Hammasi murabbiyga bog'liq.
- Taniqli sobiq himoyachi Andrey Fyodorovning klubda ish boshlashi shaxsan himoyachilarga qanchalik foyda bermoqda?
- Anchagina foydasi tegmoqda. O'z davring etuk futbolchisi bo'lgan bunday sobiq himoyachilardan katta saboq olsak bo'ladi.
- Agarda imkoniyat bo'lganida, “Neftchi” murabbiylariga qaysi o'yinchilarni olishni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
- Bu savolga javob bera olmayman. Murabbiy o'zi tanlagani maqul.
- SHu kungacha “Navbahor”, “Mashal”, “Andijon” o'ynadingiz. Mana hozirda “Neftchi”dasiz. Ularni taqqoslay olasizmi?
- Yo'q. Ularning har birini o'z o'rni bor deb bilaman.
- Jamoangiz mag'lub bo'lgan o'yinlarda o'zingizni qanchalik aybdor xis qilasiz?
- Anchagina. CHunki mag'lubiyat butun jamoaniki bo'ladi. Lekin men o'zimni ko'proq aybdor deb his qilaman ko'pincha.
- Birinchi davrada “Neftchi” safida barqaror o'yin ko'rsatganlardan biri bo'ldingiz. Agarda sardorlik bog'ichini sizga topshirishsa uni qabul qilasizmi?
- Yo'q. Bu erda o'zi shundoq ham sardorlikka munosib o'yinchilar talaygina. SHulardan biriga bergan bo'lardim.
- Bugungi kunda deyarli barcha futbolchilar bo'sh vaqtini internetda o'tkazmoqda. Bunga qanday munosabatdasiz? Keyin o'zingiz bunday bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazishni xush ko'rasiz?
- O'zim bo'sh vaqtlarimda asosan uyda “Sony Playstation” o'ynayman. Boshqalar haqida gapirishni istamasdim. CHunki hamma o'zi biladi, nima qilishni.
- Oilangiz haqida aytib bersangiz. Sizdan boshqa yana sportchilar bormi?
- Oilada to'rt farzandmiz Uch o'g'il , bir qiz. Men kenjasiman. Ikkinchi akam SHerzod Mehmonov sportchi bo'lgan. “Navbahor” yoshlar jamoasida o'ynagandi. Oyog'ini sindirib olgach, futbol bilan xayrlashishga qaror qilgan.
- Uylanganmisiz? Agar yo'q bo'lsa, bu haqda o'ylab ko'rdingizmi? Balki vaqti kelgandir?
- Uylanmaganman hozircha. Bu borada o'ylab ko'raman albatta.
- “Neftchi”ni yana avvalgidek sovrinlar uchun kurashishiga yana qancha mavsum kerak bo'ladi deb o'ylaysiz?
- (O'ylanib) Endi nima desam bo'ladi, hammasi o'z qo'limizda. Qanchadir vaqt kerak deya olmayman. Buning uchun keyingi yildanoq kurashsak bo'ladi.
- “Neftchi”da sizga yoqqan va maqul kelmagan jihatlar nima bo'ldi?
- Bu erda meni barchasi qoniqtirmoqda. Yoqimsiz tomonlarini ko'rmayapman.
- Tasavvur qiling, o'yindan ikki soat oldin bosh murabbiy sizga bugun hujum chizig'ida o'ynashingizni ayta. Di. SHundan so'ng qanday tayyorgarlik ko'rasiz?
- (Kulib) To'g'risi, oldin bu haqda hech o'ylab ko'rmagan ekanman. SHuning uchun bunga nima deb javob berishga ham ojizman.
- SHu kungacha himoyadan tashqari yana qaysi amplualarda o'ynab ko'rgansiz?
- Bungacha asosan himoyada o'ynaganman. Joriy mavsum “Neftchi”ga kelib esa ayrim uchrashuvlarda yarim himoyada ham o'ynadim.
- Maydonda og'ir bosiq futbolchilar sarasiga kirasiz. Hayotdachi?
- Hayotda ham shunday og'ir-bosiqman. Bazida xushchaqchakman.
- Futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgangan maktab yoki liceyga borib, u erdagi bolalar bilan ko'rishib, ularga sovg'alar ulashganmisiz?
- Albatta, borib ko'rishib turaman. Lekin hozircha sovg'a ulashmadim.
- Aksariyat futbolchilar futbolchilik davrini asosan bitta klubda o'tkazadi. Klubingizni almashtirayotganingizda bu borada o'ylab ko'rganmisiz?
- Albatta, men ham bu borada ko'p o'ylaganman. Nima uchun jamoamni tez-tez almashtirayotganimning esa o'ziga yarasha sabablari bor. Bunga hozir alohida to'xtalmoqchi emasman.
- Futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo'lardingiz?
- Bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman. CHunki yoshligimdan butun fikru-zikrim futbolga qaratilgan.
- SHu kungacha qaysi futbolchi bilan o'ynagan bo'lsangiz, ular ishtirokida o'zingiz xohlagan jamoani tuzib bersangiz?
- Tuzib berishim mumkin. Lekin bunga uzoq vaqt ketadi. Oldin yaxshilab o'ylab ko'rish kerak.
- Agarda uyda rafiqangiz bo'lmasa, o'zingiz ovqat tayyorlay olasizmi?
- Albatta. Bu narsa mening qo'limdan keladi.
- Poyoniga etgan JCH-2014dan nimalar kutgandingiz-u, nimalar siz uchun syurpriz bo'ldi?
- Braziliya - Germaniya o'yinidagi yirik hisob men uchun kutilmagan bo'ldi.
- Birinchi oylik maoshingiz qancha bo'lgan? Sir bo'lmasa uni qay tariqa sarf etgansiz?
- 2007 yili “Navbahor” o'rinbosarlar tarkibida o'ynab yurgan paytimda, birinchi olgan maoshim 150 000 so'm bo'lgandi. Uyga borib, uni ota-onamga bergandim.
- Futbolchilikdan topayotgan pullaringizni qandaydir biznesga sarf etib, kelajakni taminlashga harakat qilasizmi?
- Ha, bunga haraqat qilaman. SHu haqda ham o'zim o'ylab qo'yganman ham. Hozircha hech qanday biznesim yo'q-u, lekin keyinchalik buni qilishni maqsad qilganman.
- Bir oyda qancha pul sarf etasiz? Telefon, ro'zg'or va hakozolarga.
- Ochig'i, buni hisoblab ko'rmagan ekanman.
- Yoshlik paytlari mashg'ulotlarda qiynalgan chog'ingizda futbolchi bo'lmaslik fikri bo'lganmi?
- Yo'q. Mehnat qilishdan sira qochmaganman. O'zimga bo'lgan ishonchim kuchli bo'lgan har doim.
- Matbuotga bo'lgan etiboringiz qanday? Aksariyat futbolchilar jurnalistlar bilan bo'ladigan muloqotlardan o'zlarini olib qochadi?
- Matbuotni kuzatib boraman. Gazeta va internet saytlaridagi yangiliklar bilan tanishib borishga urinaman. OAV xodimlari bilan suhbatlardan hech qachon o'zimni olib qochgan emasman.
- Sizni saviyangizda birorta jurnalist futbol o'ynasa, siz o'sha jurnalist saviyasidek maqola yozib bera olasizmi?
- Yo'q. Hamma kasbni o'zining ustasi bo'ladi. Bu narsa mening qo'limdan kelmasa kerak.

- Bugungi kunga kelib deyarli barcha futbolchilarda shaxsiy avtomashinalar mavjud. Sizning avtomashinangizning rusumi qanday?
- Hozircha avtomashina sotib olmaganman. Bunga qiziqishim ham yo'q.
- “Neftchi” yuqazgan o'yinlardan so'ng mag'lubiyatni unitish uchun qancha vaqt ketadi?
- Omadsiz uchrashuvni tezroq unutishga harakat qilaman. Asosiy etiborimni esa bo'lg'usi bahslarga qaratib, ruhiy tomondan o'zimni tiklashga intilaman. Mag'lubiyatga uchralgandan so'ng, ko'pi bilan ikki kun o'tib barchasini unutish kerak deb o'ylayman.
P.S. Jahongir Mehmonov o'zi uchun yo'llangan savollardan quyidagisini eng yaxshi savol deb topdi.
- Tasavvur qiling, o'yindan ikki soat oldin bosh murabbiy sizga bugun hujum chizig'ida o'ynashingizni aytadi. SHundan so'ng qanday tayyorgarlik ko'rasiz?
Ushbu savol egasi fc-neftchi@mail.ru elektron pochtamizga telefon raqamini yozib biz bilan bog'lanishi mumkin.
Islombek RUSTAMBEKOV yozib oldi.

Fikrlar