Jahon chempionatlarining rasmiy to'plari: Meksika-1970. (Telstar)
01 iyu 2014 08:46
Yangiliklar
Jahon chempionatlarining rasmiy to'plari: Meksika-1970. (Telstar)
Adidas ilk bora ushbu Mundialda o'z to'plarini taqdim etgan.
Ushbu to'p charmdan tayyorlangan bo'lib, 12 qora beshburchak hamda 20 oq oltiburchaklardan tashkil topgan.
Telstar nomi 1962 yilda osmonga uchirilgan suniy yo'ldosh nomidan olingan. Bundan tashqari to'pni Star of Television (Televideniya yulduzi) deb ham atashgan. CHunki ushbu to'p oq-qora televizordagi namoyishlarga judayam mos tushgan.
Meksikada bo'lib o'tgan musobaqa TV orqali ilk bora to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilgan Mundial hisoblanadi. Ushbu chempionat uchun bor-yo'g'i 20 ta Telstar to'pi taqdim etilgan. Keyinchalik esa ushbu koptokning 600 000ta nusxasi sotilgan.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar