Jahon chempionatlarining 10ta eng mashhur mojarolari
31 iyu 2014 16:56
Yangiliklar
Jahon chempionatlarining 10ta eng mashhur mojarolari
Bugun sizga jahon chempionatlari tarixidagi eng mashhur 10ta mojarolarni taqdim etamiz.
10. Nigeriya terma jamoasi
1998 yilda Franciyadagi mundialda sensaciya qayd etib o'z guruhidan chiqqan Nigeriya terma jamoasi futbolchilari o'zlarini haqiqiy yulduz sifatida his qilishadi. Nimchorak final o'yini oldidan nigeriyalik futbolchilar mashg'ulot o'tkazish o'rniga, mukofot pullarini oshirish haqida qayg'urishgan. Nigeriya futbol federaciyasi bilan bo'lgan baxs, ko'pchilik ko'z o'ngida kulgili tomoshaga aylanadi va jamoaning g'alabali ruhi butunlay yo'qoladi. Buning natijasida daniyaliklar Afrika vakillarini ortiqcha qiyinchiliksiz 4:1 hisobida engishadi.
9. Yoxan Kroyf va Rud Gullit
Gollandiya terma jamoasi 1978 yilgi jahon chempionatiga o'zining asosiy futbolchisi Yoxan Kroyfsiz yo'l oladi. Bu hodisa atrofida turli xil mish-mishlar yuradi. Bazilar futbolchiga kimdir tahdid qilgan desa, boshqalar esa u sirli kelishuv sababli JCHga bormagan deydi. Ko'pchilik bu hodisa tomonlar maosh borasida kelisha olmaganini sabab qilib ko'rsatishgan.
16 yildan so'ng Gollandiya terma jamoasi yana asosiy futbolchisidan ayriladi, bu safar futbolchi murabbiy bilan kelisha olmay qoladi. Rud Gullit Dik Advokat bilan maydondagi o'rni haqida baxslashadi. Ular kelisha olishmaydi va Gullit terma jamoani butunlay tark etadi.
8. SHtefan Effenberg
Nemis yarim himoyachisi doimo odobsiz qiliqlari bilan boshqalardan ajralib turgan. Mushtlashuvlar uning uchun oddiy holat edi. 1994 yilda AQSHda bo'lgan jahon chempionatida Effenberg o'yin paytida muxlislarga o'rta barmog'ini ko'rsatadi – muxlislar javob tariqasida hushtakbozlik uyushtirishadi. “Nemis mashinasi”ning bosh murabbiyi Berti Fogts futbolchini uyiga jo'natadi.
7.Jorjo Kinalya
Jorjo Kinalya Italiya terma jamoasining o'sib kelayotgan yulduzi edi. 1974 yildagi jahon chempionatida Italiya ilk o'yinni Gaitiga qarshi o'tkazadi. Jorjo o'yinning 70-daqiqasida almashtiriladi. Bundan jahli chiqqan futbolchi bosh murabbiy Feruchcho Valkarejini so'kib tashlaydi, kiyinish xonasida esa u ikki shisha idishni sindiradi. Jorjo bu bilan to'xtab qolmaydi va yo'lida uchragan narasni vayron qiladi. Bu voqea uning terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo'yadi.
6. Pol Gaskoyn
1990 yildagi jahon chempionatida Pol Gaskoyn Angliya terma jamoasining asosiy yosh yulduzi bo'lgan edi. Nemislardan mag'lubiyatga uchrab, yig'layotgan futbolchining suratlari butun dunyoga tarqalib ketadi. 1994 yilda Angliya mundialda ishtirok etmaydi. SHu sababli Pol 1998 yildagi dunyo musobaqasi o'zi uchun juda muhim deb hisoblaydi. Ammo Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi boshqacha o'ylagan. Murabbiy uni jamoaga olmasligini bilgan Gaskoyn, uning mehmonxonadagi xonasiga bostirib kiradi va tartibsizlikka sabab bo'ladi, ammo bu hodisa mushtlashuvlarsiz tugaydi.
5. Romario
Birinchi beshlikni braziliyalik yulduz Romario ochib beradi. U 1998 yilgi mundialdan oldin jarohat oladi, ammo Franciyaga ketishgacha bu muammodan qutiladi. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mario Zaggalo yordamchisi Ziko bilan maslahatlashib, Romarioni terma jamoaga olmaslikka qaror qiladi. Buni bilgan futbolchi, o'z tungi klubi xojatxonasida ikki murabbiyning karikaturasini chizadi. Bu voqea sudlashuv bilan yakun topadi va Braziliya terma jamoasi finalda mag'lub bo'ladi.
4. Zlatko Zaxovich
2002 yildagi mundialda Sloveniya terma jamoasi Ispaniya bilan to'qnash keladi. Sloveniyaliklar bosh murabbiyi Srechko Katanec ikkinchi taymda Zlatko Zaxovichni almashtirishga qaror qiladi, futbolchi bo'lsa bu qarordan o'zining noroziligini namoyish qiladi. U shunday deydi: “Sen bo'shashgan futbolchi eding, hozir esa bo'shashgan murabbiysan. Men senga sening oilangni va otingni olib bera olaman”. Murabbiyga bu so'zlar yoqmaydi va uni uyiga jo'natadi. Sloveniya guruhdan chiqa olmaydi, Zlatko esa mundialdan so'ng yana terma jamoaga qaytadi.
3. Roy Kin
Roy Kin tiliga erk bergan futbolchi edi. U “Manchester Yunayted”da jamoadoshlari va Aleks Fergyusonni ham so'kkan. U Irlandiya terma jamoasi bilan 2002 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotganda, unga mashg'ulotlar yoqmaydi va murabbiy bilan aytishib qoladi. Murabbiy esa uni terma jamoadan haydab yuboradi.
2. Jan-Fransua Lario
Jadvalimizning birinchi ikkiligi francuzlarga beriladi. Jan-Fransua Lario ajoyib futbolchi va Jon Terrining “ustozi” bo'lgan. Franciya terma jamoasi 1982 yilgi mundialga tayyorgarlik ko'rayotgan damlarda, OAVda Lario bilan Mishel Platinini xotini haqida gap so'zlar tarqaladi. Jamoada atmosfera o'zgarmasligi uchun , rahbariyat Jan-Fransuani terma jamoa tarkibidan chiqarib yuboradi.
1. Franciya terma jamoasi
Vanihoyat jadvalimiz etakchisiga ham etib keldik. Bu – Franciya terma jamoasi! 2010 yilda JARda bo'lib o'tgan jahon chempionatida Franciya terma jamoasida g'alati hodisa yuz beradi. Meksikaga qarshi guruh bosqichining ikkinchi tur o'yinida Nikolya Anelka bosh murabbiy Raymon Domenekni “o'tkir” so'zlar bilan siylaydi va o'yindan so'ng kechirim so'rashni xohlamaydi. Franciya futbol federaciyasi futbolchini terma jamoadan haydab yuboradi. Buni bilgan butun jamoa futbolchi jamoaga qaytmaguncha mashg'ulotlarga kirishmasligini malum qiladi. Ammo Anelka baribir terma jamoaga qaytmaydi, Franciya terma jamoasi bu voqea natijasida xatto guruhdan ham chiqa olmaydi.
Jasur Aslanov tayyorladi.

Fikrlar