So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Jafar Irismetov: “Tojiev, SHodiev? Yaxshisi murabbiylarning o'zi tanlasin” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Tojiev, SHodiev? Yaxshisi murabbiylarning o'zi tanlasin”

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” markaziy stadionida Iordaniya terma jamoasiga qarshi sinov-nazorat bahsini o'tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi.
SHu munosabat bilan taniqli sobiq hujumchi Jafar Irismetov bilan mazkur uchrashuv haqida suhbatlashdik.

- Jafar aka, o'ylaymizki, kecha MTJmizni o'yinini ko'rgan bo'lsangiz kerak. SHunday bo'lsa, avvalo o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Ha, albatta ko'rdim. O'yin to'g'risida nima desa bo'ladi, bu kabi uchrashuvlar doimo foydalidir. Ayniqsa yosh o'yinchilarni sinab ko'rishda juda asqotadi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmagandek tuyuldi nazarimda. Bu narsa ko'proq, yangi qurib borilayotgan tarkib bilan bog'liq bo'lsa kerak. Ikkinchi taymda esa ustunlik to'liq terma jamoamizning tomoniga o'tdi. Yakunda hisob ham shunga yarasha biz uchun qoniqarli yakun topdi.

- Farhod Tojiev va Vohid SHodiev. Kechagi o'yindan kelib chiqib, sobiq hujumchi sifatida aytingchi, Incheonga ularning qay biri borsa ko'proq foydasi tegadi?

- Menga qolsa, ularning ikkisi ham borgani maqul. CHunki bir xil saviyada o'ynashadi.

- Lekin tanlash imkoniyati bitta?

- Nega...?

- CHunki qolgan ikki o'ringa Islom To'xtaxo'jaev bilan Fozil Musaev nomzodi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.

- Ha. Unday bo'lsa, tanlash imkoniyatini bosh murabbiyga qo'yib beramiz.

- Baribir bu borada shaxsiy fikringizni aytmadingiz?

- Hozir sizga qaysidir o'yinchini ko'rsatib, ikkinchi o'yinchini ranjitib qo'yishni istamayman. Ularning ikkalasi ham borishga haqli.

- Oliy ligada ulardan boshqa yana qaysi hujumchilarni bu borada ko'rsatgan bo'lardingiz?

- To'g'risi, hozir avvalgidek kuchli hujumchilar kamayib ketgan. Juda ham sanoqli.

- “Mashal” hujumchisi Zohir Qo'ziboevning o'yinini kuzatish imkoni bo'ldimi?

- Yo'q, shu kungacha hech ko'rmadim. Lekin uni gollar urib kelayotganini bilaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика