So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  3 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  30 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

Jafar Irismetov: “Murabbiy sifatida ham mendan ko'p narsa kutishlarini yaxshi tushunib turibman” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Murabbiy sifatida ham mendan ko'p narsa kutishlarini yaxshi tushunib turibman”

Kecha saytimiz orqali xabar berganimizdek, Jafar Irismetov "NBU-Osiyo" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Tan olish kerak, oxirgi yillarda mamlakatimizda mahalliy yosh murabbiylar soni ortib bormoqda. Buni albatta quvonarli xol deyish mumkin.

Davron Fayziev, Baxtiyor Ashurmatov, Muxtor Qurbonov kabi yosh mutaxassislarimiz qatoriga endi yaqin o'tmishning mohir to'purar hujumchisi Jafar Irismetovni ham qo'shib qo'yadigan bo'ldik.
Futbolchilik faoliyatining so'nggi damlarini “Navbahor”da o'ynovchi murabbiy sifatida o'tkazgan Irismetov endi joriy mavsum bosh murabbiy sifatida debyutini o'tkazishga yaqin turibdi. 


Kuni kecha Toshkentning “NBU-Osiyo” klubini qabul qilib olgan Jafar “SA” sayti uchun maxsus intervyu berdi.

- Jafar aka, bu yil bosh murabbiy sifatida mustaqil ish boshlamoqdasiz. Aytingchi “NBU-Osiyo”dan tushgan taklif borasida uzoq o'yladingizmi yoki bu qisqa fursat ichida amalga oshdimi?
- Oldimda uzoq o'ylash imkoniyati yo'q edi. Lekin 4-5 kun buni tarozining pallasiga solib ko'rdim. O'z navbatida ayrim ustoz murabbiylardan ham kerakli maslahatlar oldim. Yakunda taklifga rozilik berdim va 10 yanvardan rasman jamoada ish boshladim.

- Kechagina yashil maydonda to'p tepib yurgan Irismetov bugun maydon chetida murabbiylik qilmoqda. Ayni paytda qanday xis tuyg'ularni boshdan o'tkazmoqdasiz?
- Futbolchilik faoliyatimizda imkon qadar o'zimizdan iliq taassurot qoldirishga harakat qilganmiz. Qaerda bo'lmasin munosib ravishda to'p tepib, muxlislarni xursand qilishga intilish bo'lgan. Har bir ishni yakuni bo'lgani kabi, futbolchilikni ham vaqtida tugatishga qaror qildim. Oldimdagi keyingi bosqich murabbiylikni boshlash edi. Qachonlardir bu ishga kirishishim kerakku axir! Aksariyat yosh murabbiylar ko'pincha bu sohada ishni avvalo “ikkinchi” rolidan boshlashadi. Buni yo'li oson. Lekin menda mustaqil bosh murabbiy sifatida ishlash ishtiyoqi kuchlilik qildi. SHu bois “NBU-Osiyo”ning taklifi meni har tomonlama qoniqtirdi. Buni qanchalik foyda keltirishini vaqt ko'rsatadi.

- “NBU-Osiyo” birinchi liganing doimiy ishtirokchisi bo'lib kelgan. Ammo shu kungacha o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ymagan. SHunga qaramay, bu jamoadan tushgan taklifni qabul qildingiz. Aytingchi “bankirlar”ning taklifi sizni nimasi bilan qiziqtira oldi?
- Murabbiy sifatida ishlash uchun oldimda boshqa variantlar ham turgandi. Lekin men bosh murabbiy sifatida bu yil o'zimni ushbu klubda sinab ko'rish imkoniyati tug'ilgani uchun taklifga rozi bo'ldim. Qolaversa jamoa uy stadionini tamirdan chiqarmoqda. Balki kelajakda klub yuqori maqsadlar uchun kurashar.

- Klubni qabul qilib olganingizdan keyin o'z oldingizga qaday maqsadlarni qo'ydingiz?
- Maqsadim birinchi navbatda kurashchan jamoa tuzishdir. Yigitlarni saralashda to'g'ri tanlovni amalga oshira olsak, bu bizning katta yutug'imiz bo'ladi. Bundan tashqari murabbiy sifatida ham o'zimni ko'rsatishni istayman. CHunki hozir ishqibozlar futbolchi Irismetovni yaxshi xotiralar bilan eslaydi. Tabiiyki ular meni murabbiy sifatida ham ijobiy taassurot qoldira olarmikin deb o'ylashmoqda. Lekin mening futbolchilik davrim o'tdi. Murabbiy sifatida ham tajribaliman deya olmayman. Ammo bu borada to'plagan bor mahoratimni ishga solib, astoydil eng shimarib ishlamoqchiman.  

-  Jamoa rahbariyati bilan muzokara o'tkazayotgan chog'ingizda, klubning kelajakdagi rejalari haqida ham so'z bordimi?
- Bilasiz jamoa birinchi liganing doimiy ishtirokchisi bo'lib kelgan. O'tgan yillar davomida “NBU-Osiyo” faqat yuqori o'rinlarni band etgan. Oldimizda turgan asosiy vazifa qandaydir o'rinlar uchun kurashish emas, eng avvalo barqaror jamoa tuzish va yakdil klub shakllantirishdir. Yoshlar va tajribali o'yinchilar ishtirokida jamoa tuzishni o'ylayapmiz. CHempionat startiga qadar shunga qarab jamoa oldidagi vazifa oydinlashadi.

- Darhaqiqat, oldingi bosh murabbiy Muxtor Qurbonov jamoani tark etgach, uning ortidan ko'plab futbolchilar ham boshqa klublarga o'tib ketmoqda. Bu xolat sizni xavotirga solmayaptimi?
- Ko'pincha yangi murabbiy klubga kelganida tayyor futbolchilar bilan ishlaydi. Uning ishi bu orqali biroz engilroq kechadi. Lekin aytib o'tganingizdek, jamoamizning asosiy o'yinchilari hozir boshqa klublar yig'iniga borib shug'ullanmoqda. Deyarli 90 foiz futbolchi jamoani tark etib ulgurdi. Albatta yangitdan jamoa tuzishning o'zi oson kechmaydi. O'ylaymanki, bu ham murabbiy uchun bitta sinovdir.

- Endi bu borada ishni deyarli noldan boshlashingiz to'g'ri keladi. Bunga tayyormisiz?
- Ha, to'g'ri. 10 yanvardan yig'inga kirishdik. Hozircha kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanib turibmiz. CHunki uy stadionimizda tamirlash ishlari ketmoqda. Fevral oyidan esa ikki mahaldan jiddiy shug'ullanishni boshlaymiz. CHempionat startiga qadar 3 oy bor. Ungacha futbolchilarni taklif etib, ularni ko'rikdan o'tkazamiz. Maqul kelganlarini jamoada olib qolamiz.

- O'tgan yilgi tarkibdan kimlar qolgan?
- Aleksandr Xvostunov, Davron Valijonov, Oleg Drajjuk... SHuningdek yana bir qator o'yinchilar. Hozir sizga hammasini nomma-nom aytib berishim qiyin.

- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradigan bo'lmoqda?
- Bungacha jamoada ishlab kelgan Baxtiyor Qambaraliev va Arslon Tolipov bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Ular bilan o'z vaqtida sobiq “Do'stlik” jamoasida birga o'ynaganman. O'ylaymanki, murabbiy sifatida ham birga ishlab ko'zlangan maqsadga erisha olamiz.

- Biror bir mutaxassisni maslahatchi sifatida o'z yoningizga olishingiz mumkinmi?
- Menimcha yo'q. Murabbiylar shtabida boshqa o'zgarish qilinmaydi. Agarda Vadim Abramov singari ko'pni ko'rgan mutaxassislarimiz o'z maslahatlarini bersa, yo'q demaymiz. CHunki ular bizdan ko'ra ko'p narsa biladi. Tabiiyki boy tajribaga ega.

- Aytgancha, sizda qanday murabbiylik licenziyasi bor?
- 2012 yili murabbiylik kurslarida o'qib “B” toifadagi licenziyani qo'lga kiritgandim. Yodingizda bo'lsa o'sha yili “Navbahor”da o'ynovchi murabbiy bo'lib ishlaganman. Dekmoqchimanki, murabbiylik borasida ozmi-ko'pmi tushunchaga egaman.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi  
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика