So’nggi yangiliklar

21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1

Jafar Irismetov: “Gvardiolaning ish uslubini o'rganib kelmoqchiman” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Gvardiolaning ish uslubini o'rganib kelmoqchiman”

Yaqin o'tmishning mohir hujumchilaridan biri bo'lgan Jafar Irismetovni tanimagan muxlis bo'lmasa kerak. Uning nomini eshitgan insonning ko'z oldida to'purar futbolchi gavdalanadi.
Endi bo'lsa, Irismetovni murabbiy sifatida ko'rishga ko'nikishimiz kerak. Bu boradagi dastlabki qadamni tashladi. Yodingizda bo'lsa, shu yili birinchi liga qatnashchisi “NBU-Osiyo”ni boshqarishga kirishgandi. Lekin u erdagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. SHunday ham bilsa bo'ladiki, murabbiylik ishi oson emas. O'tgan haftada Toshkentga qilgan safarimiz chog'ida faxriylar o'rtasidagi bahsni kuzatgandik. U erda esa Jafar Irismetovni uchratdik. Aslida ham rejamiz aynan u bilan uchrashish edi. Bellashuv tugaganidan keyin sobiq futbolchi bilan salom-alik qildik. SHoshib turganiga qaramasdan bizga vaqt ajratgani uchun undan minnatdormiz.

“YAXSHI MURABBIY BO'LISH UCHUN, FUTBOLCHILIK FAOLIYATIMNI UNUTISHIM KERAK”
-   “NBU-Osiyo”dan ketganingizdan keyin sizni qaerdadir ish boshlashingizni kutgandik. Lekin hozircha siz uchun uzilish bo'lib turibdi. Dastlab shu savolga javob berishingizni istardim.

-   “NBU-Osiyo”dan ketganimdan keyin “Oq-tepa” rahbariyati taklif bilan chiqishdi va jamoa boshqaruvini o'z qo'limga olishim mumkin edi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra, bu ish amalga oshmay qoldi. Buning ustiga “NBU-Osiyo” bilan shartnomam borligi uchun u erda ishlay olmadim. SHuningdek, vaqt ham kam qolgandi. Balki ko'zlagan maqsadga erishishga unchalik ishonmagandirman. “Oq-tepa”ning ayrim mashg'ulotlarini kuzatgandim. U erda yomon futbolchilar yig'ilmagandi. Agar mavsum boshidan ish boshlaganimda bu boshqa gap edi. Endi dekabrda oliy ligada ishlash huquqini beruvchi “A” licenziyasi uchun tashkil qilinadigan kurslarda qatnashmoqchiman.  



-   Hozir nimalar bilan bandsiz?
-   Futboldan tashqarida qiladigan ayrim ishlarim bor. Balki buni biznes desa ham bo'lar. Masalan, mashinalarning oldi-sotdisi bilan shug'ullanib kun ko'ryapman. Baribir murabbiy bo'lishni jiddiy niyat qilganman. Qachondir oliy ligada bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqchiman. Har bir inson o'z oldiga oliy maqsadlarni qo'yib yashaydi. SHunga tayanib aytsam, kelajakda milliy terma jamoada ham ishlash niyatim bor. Futbolchilikda erisha olmagan orzuim bor. Bu – terma jamoamiz bilan jahon chempionatida ishtirok eta olmaganim bilan bog'liq. Murabbiy sifatida esa ana shu orzuimni amalga oshirmoqchiman. Futbolchi bo'lganimdan hech qachon afsuslanmayman. O'z vaqtida “Spartak”da to'p surdim va Evropa CHempionlar ligasida o'ynadim. “Olma-Ota”da ham ajoyib mavsumlarni o'tkazdim. Umuman, futbolchi sifatida yaxshi saviyada harakat qildim. Agar murabbiy bo'lib O'zbekiston bilan jahon chempionatida qatnashsam, hayotimni yanada yaxshi o'tkazgan bo'laman.

-   O'z oldiga katta maqsadni qo'ygan yosh murabbiy sifatida o'zingizga kimlarni o'rnak qilib ko'rsata olasiz?

-   Har birimining ish uslubi har xil. Kimnidir alohida kuzatmaganim sababli aniq javob aytishim qiyin. Lekin “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Sergey Lushan haqida hamma ijobiy fikr bildiryapti. Mirjalol Qosimov haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Ammo menga Xosep Gvardiolaning ish uslubi yoqadi. Uning 50 dan ortiq texnik va taktik tomondan o'quv qo'llanlarim bor. Menga yoqadigan futbolni aynan o'sha murabbiy namoyish etadi.

-   Sizga o'xshab ulkan maqsadlar sari intilayotgan yosh murabbiylar ko'p. Bazilarini xorijda o'zi yoqtirgan murabbiylarning ish uslubini bevosita ko'rib tajribalarini oshirib qaytmoqdalar. Mana shunday reja sizda ham bormi?

-   Albatta bor. “Olma-Ota”da o'ynab yurgan paytimda gollandiyalik murabbiylar bilan ishladim. SHuningdek, Grigoriy Babayan degan murabbiy ham bo'lardi. Hozir adashmasam u “Ostona”ning bosh murabbiyi. U bilan ham gaplashib turaman. Katta tajribaga ega. Uning yoniga bormoqchi ham bo'ldim. Lekin ayrim sabablar tufayli bora olmadim. “A” licenziyani qo'lga kiritganimdan keyin vaqti kelganida “Bavariya” va Gvardiolaning ish uslubini o'rganib kelish niyatim bor. Bemalol o'zim ham borib kelaveraman. Lushanning ham o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'rib nimadir o'rgansa bo'ladi. Balki ularning ish jarayonini ko'rishga ruxsat berishmas. Ammo xorijda hamma narsa ochiq va taqiq qo'yilmaydi.

-   Futbolchi sifatida o'z nomingizga egasiz. Jafar Irismetovni hamma yaxshi bilardi. Endi bo'lsa murabbiy rolidasiz. Bu sohada ham oldingidek nom qozonishingiz uchun nima qilishingiz kerak? Bunga ishonasizmi?
-   Siz aytgandek murabbiy bo'lish qiyin. Buning uchun yaxshi futbolchi bo'lganimni unutishim kerak. Hammasini noldan boshlash lozim. Futbolchi sizning o'tmishingizni hurmat qilishi mumkin. Biroq siz oldingi mashhurligingizni unutgan holda bor etiborni faqat murabbiylikka qaratish kerak bo'ladi.

-   Yaxshi futbolchidan yaxshi murabbiy chiqmaydi degan gap bor. Bunga qanday qaraysiz?

-   Gvardiola “Barselona”da sardor bo'lgan va ajoyib o'yinlar ko'rsatgan. Hozir esa dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biridir. Hammasi insonning o'ziga bog'liq. Futbolchilarning xarakteri og'ir bo'ladi. SHuning uchun ushbu ibora qo'llansa kerak-da. Nazarimda ko'plab yaxshi murabbiylar yaxshi futbolchilardan chiqqan. Joze Mourinoga o'xshaganlar esa kamdan-kam uchraydi. Har kimga ham tarjimonlikdan etuk murabbiy bo'lish nasib qilmaydi.

-   Bugungi kunda chempionatimizni diqqat bilan kuzatib kelyapsizmi?
-   Bo'lmasam-chi! Har bir chempionatga qiziqaman. Birinchi ligada ishlaganim uchun u erdagi o'yinlarga ham etiborli bo'ldim.

-   Yangi etishib chiqayotgan murabbiylardan birisiz. Odatda mana shunday murabbiylikka ilq qadamini qo'ygan yoshlarni kimdir qo'llab turadi. Bunga sizning javobingiz qanday?
-   Futbolga endi kirib kelgan chog'imda ham meni hech kim qo'llab-quvvatlamagan. Onamdan boshqasi yordam bermagan. To'g'ri, kimdir maslahat borasida yordam bersa bajonidil qabul qilaman. Ortimda kimdir turtki bo'lib turishi shart emas. Hammasiga o'z kuchim bilan erishmoqchiman. O'zimga ishonaman. Birinchi davra “NBU-Osiyo”da ishladim va bu men uchun qiziqarli bo'ldi. Jamoamiz yomon emasdi. Futbolchilar haligacha ijobiy fikr bildirishadi.



-   Bosh murabbiy tariqasida dastlabki jiddiy ishga kirishgandingiz. Ammo birinchi ishingiz uzoqqa cho'zilmadi. Bu holat yosh murabbiy sifatida sizni “sindirib” qo'ymadimi?

-   Menimcha “sinib” qoldi degan gap noto'g'ri. Mening boshqaruvimda jamoa birinchi o'rindagi klubdan bor yo'g'i uch ochkoga ortda qolayotgandik xolos. Rahbarlar bilan kelishmovchilik bo'lgani uchun ketdim. Lekin ularda ham ayb yo'q. Faqat mablag' masalasida muammolar paydo bo'ldi. Natijada ayrim narsalarga etkaza olmadik. Yoshligimdan shunday narsaga ko'nikkanmanki, yo'q bo'ldimi, bu ish bilan qaytib shug'ullanmayman.

-   Siz bilan yuz bergan vaziyat aslida barcha murabbiylar bilan ham sodir bo'ladi. Bu uning uchun sinovdir. Bundan keyin ham siz bilan mana shunday holat yuz berishi mumkin-ku!

-   Ha, mumkin. Qaerda ishlasam ham, menga mana buncha pul to'laysiz deb shart qo'ymayman. SHunchaki, oddiy murabbiy sifatida ishlashim uchun sharoit yaratib berishlari kerak. Ammo “NBU-Osiyo”ga ham rahmat. U erda ozgina bo'lsa ham tajriba orttirdim. O'sha paytda stadionimizda rekonstruciya bo'lgani uchunmi, moliyaviy tomondan qiynaldik. SHaroit bo'lsa, murabbiy yanada izlanishda bo'ladi. Ammo sharoit bo'lmasa, xavfsalasi pir bo'lib o'z ishini ko'ngildagidek bajara olmaydi.

-   “INJIQ EMAS, TALABCHANMAN”
-   Tushunishimcha, sizning boshqa murabbiylardan farqli jihatlaringiz bor. Buni bildirayotgan fikrlaringizdan ham bilsa bo'ladi.

-   SHaroit bo'lmasa ishlash qiyin. 5-6 yildan beri murabbiy bo'lib ishlayotganimda bu boshqa gap edi. Men esa bu sohaga yaqindagina qadam qo'ydim. Mashg'ulotlarda futbolchilar aytganlarimni bajara olmasligi maydonning sifatsizligi bilan ham bog'liq. To'g'ri, maydonlar bilan bog'liq vaziyat butun O'zbekistonning muammosi. Masalan, birinchi liganing bugungi ko'rinishi juda achinarli ahvolda. Echinish va yuvinish uchun sharoitlar yo'q. Xullas, u erda ishlagandan ko'ra ishlamagan yaxshi.

-   Demak, birinchi liga siz uchun birinchi va oxirgi ish joyingiz bo'lib qoldimi?
-   Yo'q, bunday deya olmayman. Balki, ertaga yana birinchi ligadan taklif bo'lib qolishi ham mumkin. Lekin jamoa tanlayotganimda albatta sharoitlarga alohida etibor qarataman. “NBU-Osiyo”dan mablag' masalasi tufayli ketganim yo'q. Menga to'layotgan pul kam bo'lsa-da, qoniqtirardi. CHunki men birinchi o'ringa pulni qo'ymaganman. Tajriba oshirishim muhim edi.

-   Sizni injiq murabbiy deb atasak, bunga qanday qaraysiz?
-   Injiq emas, talabchan degan bo'lardim. Men shunday murabbiymanki, agar vada qilingan narsalarni bajarishmasa o'sha zahotiyoq ketaman, bu oliy liga bo'lsa ham. Agar bunday nochor sharoit o'zim uchun bo'lsa ham chidashim mumkin. Biroq futbolchilarga ham ana shunday ahvol bo'lsa, bunga chidab bo'lmaydi. Negaki, murabbiy natijaga javob beradi. U rahbarlar va muxlislar oldida javobgar. Ammo vada qilingan ishlar bajarilmasa, ertaga boshqalar oldida uyatli bo'lib qolishni istamayman.

-   Hozir takliflar bormi?

-   Hozircha yo'q. Avval “A” licenziyasiga o'qib olay, keyin bir gap bo'lar. Hozirgi futbolchilarga katta-katta pullarni vada qilish shart emas. Ozroq bo'lsa ham vaqtida to'laydigan mablag' bo'lsa, shunisi yaxshi. SHunga qarab jamoani shakllantirib olish mumkin.

-   Murabbiylar soni ham borgan sari ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar ko'paymoqda. SHu bois ko'pchiligi hamkasblarining qaerda va nima ish qilayotgani bilan qiziqib turishadi. SHuningdek, kimning ishdan bo'shaganligiga ham beetibor bo'lishmaydi. Bu borada siz ham kuzatib turasizmi?
-   Bunday ishlarni kuzatmayman. Ayrim murabbiylar borki, yaxshi natija ko'rsata olishmasa ham ularga ish taklif qilaverishadi. Lekin yoshlarga ham yo'l berish kerak deb hisoblayman. Yoshi kattalarni oldingi obro'siga qarab ish taklif qilishyapti. Masalan, Edgar Gessni olaylik. U “Buxoro”ni qiyin avholga tushirib qo'yganiga qaramasdan, “Andijon”da paydo bo'ldi. Aslida oliy ligani tark etishi malum bo'lib ulgurgan jamoa uchun bunday murabbiyning hojati yo'q edi. Axir u erda Orif Mamatkazin ishlayotgandi. Bu bilan Gessni yomonlamoqchi emasman. Lekin Tachmurod Agamurodov “Dinamo”ga borib, sezlilarli o'zgarishlarni qildi. Murabbiylar avlodida ham almashinuvlar bo'ladi. Balki rahbarlar yoshlarga ishonmayotgandir.



“HAR 5-6 OYDA MASHINAMNI YANGILAYMAN”
-   Yuqorida mashinalarga qiziqishingiz haqida aytib o'tdingiz. Bu borada xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarga ham befarq emasligingizni bilamiz.

-   To'g'ri, qiziqishim bor. Yoshligidan hamma mashinalarga qiziqsa kerak. Ammo o'zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ham sifatli. “ Kaptiva” yoki “Malibu” hammaga yoqadi. Agar “Mersedes-Benz” mashinasi bo'lsa, u bilan ham shug'ullanaveraman.

-   Ko'rib turibmanki, hozir “Kobalt” haydayapsiz. Eshitishimcha, har oyda mashina almashtirasiz.
-   “Kobalt”ni vaqtincha minib turibman. To'g'risi, “Lasetti”ga qaraganda, “Kobalt” ko'proq yoqdi. Balki ko'pchilik uni xush ko'rmasligi mumkin. Ammo menga manzur bo'ldi.

-   Demak, “Kobalt”ni sotib yuborasiz ekan-da?
-   Ha, shunaqa desa ham bo'ladi. Kuni-kecha yangi “Malibu”ni sotib oldim.

-   Qullug' bo'lsin.
-   Rahmat. Hozir unga davlat nomerini olmoqchiman. Kimdir “Kaptiva” yo “Malibu” minishni xohlaydi. O'zimga qolsa, “Matiz”ni ham haydab ketaveraman. Mashina tanlamayman. Ko'pchilik nega “Kobalt”da “yuribsiz” deyishadi. Nima, men albatta “Mersedes-Benz”ni haydashim kerakmi? Lekin 5-6 oyda mashina almashtirish odatim bor. Oxirgi marta “Malibu” minganimdan keyin bu mashina ham yoqib qolgani uchun uning yangisini xarid qildim.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика