"Zenit"ning legionerlari klubdan ketish niyatida emas
04 mar 2022 18:39
Yangiliklar
"Zenit"ning legionerlari klubdan ketish niyatida emas
Lotin amerikalik legionerlar hozircha "Zenit"ni tark etmoqchi emas.
Manbaaning xabariga ko'ra, lotin amerikaliklar siyosiy vaziyatdan, oxirgi vaqtlardagi voqealardan tasirlangan va xavotirda bo'lsada, Sankt-Peterburgdan ketish niyatida emas.
Takidlash lozim, "Zenit" tarkibida braziliyalik Duglas Santos, Malkom, Klaudino, Vendel, Yuri Alberto va kolumbiyalik Vilmar Barrios to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Zenit"ning ukrainalik himoyachisi Yaroslav Rakickiy ota-onasining yonida bo'lish maqsadida klub bilan xayrlashgandi.
Fikrlar