"Zenit" "Yuventus" futbolchisini xarid qilmoqchi
13 apr 2020 18:30
Yangiliklar
"Zenit" "Yuventus" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Zenit" "Yuventus" himoyachisi Daniele Ruganiga qiziqmoqda.
Bitim "Zenit" sport direktori Xaver Ribaltaning Italiya klubi bilan aloqalari evaziga amalga oshishi mumkin.
Qayd etish kerakki, Matteys de Ligtning "Yuventus"ga o'tganligi va Merix Demiralning o'sishi tufayli 25 yoshli italiyalik jamoada asosiy tarkibdagi o'rnini boy berib qo'ydi.
Tomonlar allaqachon ehtimoliy transfer bo'yicha aloqaga chiqishgan. "Zenit" Ruganiga 3 yillik shartnoma va yiliga 2,5 million evrolik shartnoma taklif qilishi mumkin, shuningdek turli bonuslar ham. Bundan tashqari, "Yuventus"ning o'zi ham Ruganini sotmoqchi.
Eslatib o'tamiz, bundan bir muddat avval Rugani koronavirusga chalingan edi. Futbolchi joriy mavsum "Yuventus" safida A Seriyada 3ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar