“Zenit” Vitcelning transferidan 21 million evro ishladi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2017, 23:52
Belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitcelning Xitoy jamoasiga transferi evaziga “Zenit” klub g'aznasi 21 million evroga boyidi.

Bugun piterliklar Vitcelni rasman “Tyanczin Cyuanczyan” klubiga transfer qilinganligini e'lon qilishdi. Ayni paytda Ruminiyada oilasi bilan hordiq chiqarayotgan futbolchi yaqin kunlarda yangi jamoasi safiga borib qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi dastlab “Yuventus” bilan muzokaralarga kirishgan, ammo keyinchalik xitoyliklar taklifini qabul qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт Экспресс