Zeedorfning murabbiylikdagi omadsizligi davom etadi
17 iyu 2019 00:40
Yangiliklar


Zeedorfning murabbiylikdagi omadsizligi davom etadi
Misrdagi qita birinchiligida qayd etilgan qoniqarsiz natijadan so'ng, Kamerun futbol federaciyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Klarens Zeedorfni istefoga chiqardi.
SHuningdek, Zeedorfning murabbiylar shtabidan joy olgan Patrik Klyuyvert vazifasidan ozod etilgan.
Klarens Zeedorf shogirdlari Afrika Millatlar Kubogi-2019ning 1/8 finalidan o'rin olgan Nigeriyaga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib (2:3) qo'yishgandi. Qayd etilishicha, Zeedorf endigi faoliyatini «Real» akademiyasida davom ettiradi.
Zeedorf boshqaruvida kamerunliklar 13 bahsda maydonga tushib, shularning 4tasida g'alaba qozondi va 5 bora durang o'ynadi. SHuningdek, yana 4 uchrashuvda esa ular raqiblariga imkoniyatni boy berishgan.
Avvalroq, 43 yoshli mutaxassis «Milan», «SHenchjen» (Xitoy), «Deportivo» klublarida ham murabbiy sifati ko'p ishlamagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar