Zappakostaning yangi jamoasi malum bo'ldi Yangiliklar

Zappakostaning yangi jamoasi malum bo'ldi

"CHelsi" himoyachisi Davide Zappakosta London klubini tark etadi. U "Atalanta" bilan allaqachon kelishuvga erishgan.

29 yoshli italiyalik futbolchi A Seriya jamoasi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

2020/21 yilgi mavsumda Zappakosta "Jenoa"da ijara asosida to'p surgan. U jamoa safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchini 8 million evroga baholagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика