Zappakostaning yangi jamoasi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2021, 23:40
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta London klubini tark etadi. U "Atalanta" bilan allaqachon kelishuvga erishgan.

29 yoshli italiyalik futbolchi A Seriya jamoasi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

2020/21 yilgi mavsumda Zappakosta "Jenoa"da ijara asosida to'p surgan. U jamoa safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchini 8 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio