"Fiorentina" Zappakostaga qiziqmoqda

Alisher
17 iyul 2021, 12:37
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli italiyalik futbolchiga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. Klub yangi murabbiyi Vinchenco Italyano Zappakostaning tajribasini qadrlaydi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Jenoa"da o'tkazdi. Futbolchi A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Zappakostaning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fiorentinanews.com