Rasman: Davide Zappakosta "Atalanta"ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2021
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta London klubini tark etdi.

"Atalanta" klubi Davide Zappakosta bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. 29 yoshli futbolchining transfer huquqi "Chelsi" klubidan sotib olindi. Avvalroq, klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuv 2025 yilga qadar davom etishi haqida xabar berilgandi.

2020/21 yilgi mavsumda Zappakosta "Jenoa"da ijara asosida to'p surgan. U jamoa safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchini 8 million evroga baholagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.atalanta.it