Zanolo tizzasidan operaciya qilindi
14 jan 2020 18:48
Yangiliklar
Zanolo tizzasidan operaciya qilindi
"Roma" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Rimdagi Villa Styuart klinikasida professor Mariani tomonidan operaciya qilindi.
Bu haqda "bo'rilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi. Operaciya klub shifokori Kausarano ishtirokida o'tkazildi.
Operaciya muvaffaqiyatli tugadi, futbolchi ertadan boshlab tiklana boshlaydi. Taxmin qilinishicha, u 5-6 oyni o'tkazib yuboradi.
SHunday qilib, Zanolo yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatida ishtirok etmaydi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi A Seriyaning 19-turi doirasidagi "Yuventus" (1:2)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
Fikrlar