Zanolo tizzasidan operaciya qilindi

Alisher
14 yanv 2020
"Roma" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Rimdagi Villa Styuart klinikasida professor Mariani tomonidan operaciya qilindi.

Bu haqda "bo'rilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi. Operaciya klub shifokori Kausarano ishtirokida o'tkazildi.

Operaciya muvaffaqiyatli tugadi, futbolchi ertadan boshlab tiklana boshlaydi. Taxmin qilinishicha, u 5-6 oyni o'tkazib yuboradi.

Shunday qilib, Zanolo yaqinlashib kelayotgan Yevropa chempionatida ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi A Seriyaning 19-turi doirasidagi "Yuventus" (1:2)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: asroma.com