So’nggi yangiliklar

20:08"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикаси билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   6 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Zanjir reakciyasi yoki "El-Klassiko"ni taktik tahlil qilamiz Yangiliklar

Zanjir reakciyasi yoki "El-Klassiko"ni taktik tahlil qilamiz

Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga to'rtinchi bor qo'riqchi qo'ymoqda.

Kovachich yomon o'ynadi. Ammo golli xatolarda boshqalar ham aybdor


Avval Messini Modrich qo'riqlardi, joriy mavsumda esa bu vazifa boshqa xorvatiyalikka topshirildi.

Birinchi vaziyat - Kovachis to'psiz yurgan Messini maydon markazidayoq kutib ola boshladi, u bilan qanotga birga bordi, yugurishlarini nazorat qilib turdi. Avvaliga "Real" Messiga kamida bitta qo'riqchi (Kovachich yoki Kasemiro) qo'yishga harakat qildi, ammo bu ikkisi ham pressingga kirishib ketdi, Messi ularning ortidan to'pni qabul qilayotgan paytda Serxio Ramosning aralashuvi vaziyat xavfli tus olmasligini taminladi. Muammo shundaki, Kovachich Messini yomon kutib oldi: Xorvat Leoga juda yaqin yurdi, har ikki pasning birini qabul qilishga imkon berdi va xavfning oldini olmadi. "Barselona" shu yo'l bilan birinchi bo'limda ikkita xavfli vaziyat yaratdi. Ikkala vaziyatda ham Kovachich argentinalikka halaqit bera olmadi va ularning biri Messi uzatmasidan so'ng, Paulinoning zarbasi bilan yakunlandi.



Messi birinchi bo'limda to'pni qabul qilayotgan paytlarda Kovachich shunchaki qarab turdi. Vaziyatlarning birida Mateo "Barsa" etakchisining oyog'i ostiga otilib, to'pni olib qo'ydi, ammo bu so'nggi chora edi, chunki Kovachich argentinalikka to'pni qabul qilish va o'girilib olish uchun imkon berdi, "podkat" bo'lmaganda Messi raqibini osonlikcha aldab o'tardi. Zidan birinchi bo'limni diqqat bilan kuzatdi, biroq ikkinchi bo'limda Kovachich yana o'sha vazifa uchun maydonga tushdi. Kovachich haqiqatdan ham kuchli o'yin ko'rsata olmadi.

Messi Mateoni o'zi bilan olib yurdi va jamoadoshlari uchun bo'sh zonalar yaratishni boshladi. Bu birinchi marta emas. "Jirona"ga qarshi bahsda Maffeo ham argentinalikni qo'riqlagan edi va Leo uni o'zi bilan ergashtirib, boshqalarga vaziyat yaratib berdi. Kovachich raqibining ayyorligini tushunmadi.



Birinchi golda ko'pchilik Kovachichni aybladi, ammo pastdagi suratga qarang. Qolganlarchi?



Bu erda bir nechta seriyali xatolar bor:

1. Kroos va Modrich to'psiz ishlay olishmadi. "Real"ning "El-Klassiko"dagi pressing tizimi - "birga-bir", faqat o'zi qo'riqlayotgan futbolchiga bosim o'tkazish. Bu birga-birlarda hamma mag'lub bo'ldi. Kroos to'p olishda har doimgidek "yumshoq", Busketsnga halaqit qilmadi, Kataloniya klubi yarim himoyachisi esa bundan foydalanib o'girildi va pas berdi. Modrich yugurayotgan hamyurti Rakitichni qo'yib yubordi.

2. Zidanning "Reali"da Kroos va Modrich xatolarini Kasemiro to'g'irlardi - endi esa undan box-to-box-yarim himoyachisini, to'p olish uchun ichkariroqqa kiradin, o'z zonasidan qanotlarga harakatlanadigan futbolchi yasashmoqda. Tepadagi vaziyatda, u pressingda ishlayotgan edi va Kovachichni Rakitich va Messiga qarshi tashlab ketdi.

Ha, Kovachich bunday vaziyatlarda yarim himoyachilarni ortida xatoliklarni to'g'irlash kerak edi, ammo u Rakitich va Messiga qarshi 2ga 1 qoldi. Mateo Messi tomon yurdi va hamyurti uchun juda katta hududni yaratib berdi - lekin Kovachich Rakitichni yopganida, to'p bo'sh turgan Messiga o'tardi va vaziyatning davomi qanday bo'lishini tasavvur qilish qiyin bo'lmasdi. Voqealar rivoji bunday bo'lganida ham Kovachich tanqidlar ostida qolardi. Mateo qo'riqchi rolini yomon o'ynadi, biroq aynan o'sha vaziyatda uning asosiy vazifasi - Messi edi.


"Real" "Barsa"ning kuchsiz joyiga zarba berdi


Serxio Busketsning "El-Klassiko"dan avvalgi o'yinlarini tahlil qilsangiz, "Barselona" LaLiganing top-uchrashuvlarida surunkali muammo orttirib olganini ko'rish mumkin - o'ng qanotda ixchamlik yo'q edi. Xatto raqib katta kuch bilan qanotni egallab olganida ham Rakitich va Paulinolar qanotlarga etib bora olmasdi va kurashlarga qo'shilmasdi. Pastroqda "Valensiya"ga qarshi golli vaziyatdan surat bor. Gonsalu Gedesh va Xose Gayya Semeduga qarshi qolishadi, Rakitich esa popkorn bilan film tomosha qilmoqda. U Gayyaning qochishiga reakciya bildirmayapti - ikkinchi futbolchini ham Semedu yopishga urinmoqda.



"Barselona" "El-Klassiko"da ham shunday vaziyatlarni sovg'a qildi, Zidan esa buni bilgan holatda Kataloniya klubining o'ng qanot himoyasini buzdi. Marselo odatdagidek hujumga chuqqurroq kirdi, Krishtianu esa ko'proq qanotda o'ynadi, Kroos ham aynan shu hududga harakatlandi. "Real" bu zonada sezilarli ustunlikka erishdi.

Bu erda Rakitich pozicion xatolarga yo'l qo'ydi - bu bahsdagi xato, avvalgi suratdagiga o'xshab ketadi. Roberto Marseloga etibor qaratgan, uning ortidan esa Kroos qochmoqda, Rakitich esa yana qotib qoldi. Kroosning yo'lini Ivan emas, Pike to'sdi.



Pastdagi suratda endi Paulino xato qilmoqda. Kroos Serxi Robertoning etiborini o'ziga tortdi, Marselo qanotdan qochyapti, Paulino turgan joyidan qimirlamadi, Roberto esa braziliyalikni to'sishga ulgurmadi.



"Real" o'zining birinchi bo'limdagi asosiy vaziyatini aynan chap qanotdan yaratdi. Kataloniyaliklarning xato uzatmasidan so'ng to'p vertikal pas bilan Marseloga etkaziladi, Serxi Roberto hujumga qo'shilgani tufayli ortga qaytishga ulgurmasdi, 2ga2 vaziyatda Pike braziliyalikka qarshi chiqdi, golli vaziyatda Karim Benzemaning omadi kelmadi.


"Qirollik klubi"ning bosimi ter SHtegenni qahramonga aylantirdi


Packing-statistikaga etibor bersak, birinchi bo'lim "qaymoqranglilar" ustunligida o'tdi deyish mumkin. To'p dumalatish bo'yicha "Barselona"ning eng yaxshi futbolchisi Mark-Andre ter SHtegen bo'ldi. Uning uzatmalari 42 raqibni kesib o'tdi. "Real"ning "birga-bir" taktikasi tuzukroq hujum yaratishga imkon bermasdi, ter SHtegen va Paulino esa ajoyib juftlikka aylanishdi. Nemis darvozaboni  to'pni havolatib uzatsa, Paulino uni ilib olardi - bu ikki futbolchi bir bo'limning o'zida 25 raqib orasidan pas berishga muvaffaq bo'lishdi.



Ko'rib turganingizdek, bu erda Messi Kasemiro tomonidan yopilgan, Kovachich Busketsning harakatlanishini nazorat qilmoqda, hamma o'z joyida. "Barselona" to'pni saqlab, hujum qilishi uchun Paulinoga uzun pas yo'llanashdan boshqa yo'li yo'q.

Ter SHtegen va uning pas berish sifati - bunday bahslardagi "Barsa"ning asosiy quroli. O'tgan mavsum, Kataloniya klubi to'pni o'zida yaxshi saqlay olmagan paytlarda, ter SHtegen uzatmalar soni bo'yicha rekord qo'ydi va pressingdan chiqish uchun ajoyib yo'lni topdi. Hozir dunyoda to'pni bunday sifatli nazorat qila oladigan ikki darvozabon bor - ter SHtegen va Ederson.


Paulino - "Barselona" uchun yil o'g'irligi


Mayli Paulino o'zining taqdimot marosimida to'pni o'ynatolmagan bo'lsing. Mayli u Kataloniya klubiga kelgan kunda 15-raqamli bitta futbolka sotilgan bo'lsin. Mayli u faoliyatidagi avvalgi mavsumlarni futbol o'ynash uchun emas, pul topish sarflagan bo'lsin. Buni xatto Ernesto Valverde ham rad etmagan va braziliyalikni xarid qilish g'oyasiga shubha qilgan. "Tarkibimizda Paulino kabi futbolchilar yo'q. U rang-barang harakat qilishimizga yordam beradi" - deya fikr bildirgandi Valverde. Hammasi u aytganidek bo'ldi.


Paulinoning standart roli - o'ng qanotdan markazga harakatlanish va zarba beruvchi rolini egallash, ammo "El-Klassiko"da u boshqacharoq o'ynadi. Paulino tanaffusgacha ter SHtegenning uzatmalarini egallash bilan shug'ullandi. Agar u o'ng qanotga yo'l olsa, Messi aldamchi harakatlar bilan unga zona yaratib berdi.



Goldan so'ng, ikkinchi bo'limda, Paulino va Rakitich joy almashishdi. O'ng qanot har qanday yarim himoyachi bilan kuchsiz edi, biroq "Barselona"ga markazda yana bir to'p oluvchi kerak bo'ldi. Paulinoning o'zi to'pni olib qo'yishda ishtirok etmadi, biroq pressinglarda qolganlardan ichkariroq kirdi, "Real"ning ikkinchi to'lqinini nazorat qildi. Pastroqdagi suratda Paulino Kroosni kuzatib, Tonining jarima maydonchasidagi xavfli harakatlarini oldini olmoqda. Bunday 1ga1 vaziyatlarda mag'lub bo'lish qiyin.



Paulino "Barselona"ning uchinchi to'purari ekanligini unutmang. Braziliyalik birinchi bo'limda 2ta qulay vaziyatga chiqdi, "qaymoqranglilar"ni Keylor Navas qutqarib qoldi. Ha, yarim himoyachi "Barsa"ning pasli o'yiniga mos tushmaydi, uning uzatmalari Inesta, Buskets va Rakitichnikidan yomon. Biroq undan raqib darvozasiga xavf soluvchi roli talab qilinmoqda va Paulino bu vaziyani alo darajada uddalayapti.


"El-Klassiko"da asosiy taktik g'oya o'zgaradi


Ajoyib statistik malumot bor, bu PPDA-pressing o'lchovi. Uning to'liq nomi - passes per defensive action. Masalan, "Barsa" o'z yarim maydonida 12ta uzatma bersa, keyin esa uni "Real" egallab olsa, "Qirollik klubi"ning PPDA ko'rsatkichi 12 bo'ladi. Natija soni qancha past bo'lsa, shuncha yaxshi. Avvalgi yillarda "Barselona" kuchli pressing bilan o'ynar edi, ayniqsa uy uchrashuvlarida. Endi esa ular tashkillashgan o'yin ko'rsatishmoqda. Yuqori pressing muhim bo'lmay qoldi.


"El-Klassiko"lardagi PPDA
Mavsumlar"Real""Barselona"
2015/16, Madrid12,169,82
2015/16, Barselona15,885,14
2016/17, Barselona10,825,45
2016/17, Madrid
10,578,08
2016/17, Barselona
13,2113,14


Endi "Barselona" pressingda passivroq, boshqa jihatlarga ko'proq etibor qaratgan va bu Ernesto Valverdening xizmatlari. Hozir "Barsa" Valverdening "Atletiki"ga o'xshab qolgan: Tartibli pressing, ammo meyorida, oldinda uzun paslar uchun manzil bor (Paulino), qanot himoyachilar hujumga qo'shiladi.

Bunday bahslarda xatolar zanjir reakciyasi hamma narsani hal qiladi, xuddi domino yiqilishiga o'xshab. Buskets ayyor pas bilan Kroosni bartaraf etdi. Rakitich tezlikni oshirdi va Modrichni ortda qoldirdi. "Qaymoqranglilar" o'zlarining mikrovaziyatlarida mag'lub bo'lishdi, Kovachich esa bu erda aybdor emas. U zanjir reakciyasi qurboniga aylandi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика