Zanetti eng zo'r murabbiy kim ekanligini aytdi
12 apr 2020 13:59
Yangiliklar
Zanetti eng zo'r murabbiy kim ekanligini aytdi
"Inter" vice-prezidenti Xaver Zanetti "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqidagi fikrlarini bildirdi.
Portugaliyalik murabbiy 2008-2010 yillar davomida milanliklarni boshqargan.
"Mourinyuni dunyoning eng zo'r murabbiyi deyish xato bo'lmaydi. U "Inter"ni boshqarganida barcha extiroslarini sarflardi. Aynan uning xizmatlari evaziga biz katta natijalarga erishganmiz", - dedi Zanetti.
"Inter" Mourinyu qo'l ostida ikki bora mamlakat chempioni va bir martadan Italiya Kubogi, Superkubogi hamda Evropa chempionlar ligasi sovrinini yutgan.
O’xshash yangiliklar
08:10
A Seriya. 3-turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi 6
Fikrlar