So’nggi yangiliklar

12:13Расман: "Андижон" словениялик футболчи билан шартнома имзолади  1 11:49Тимур Кападзе Машарипов ва Ўруновнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 11:45"Гап пулда бўлса, ўша пулни мен сенга бераман"  2 11:27Даврон Файзиев: "Катанец ўрнига хорижий мураббий варианти ҳам кўриб чиқилди. Кападзе унинг ёрдамчиларини қолдиришга қарор қилди"  12 10:43Шесни ёки Пенья? Флик ўз танловини айтди  4 10:06Осиё кубоги олдидан сўнгги репетиция. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Хитой клуби билан ўйнайди  4 09:51Микель Артета: "Ҳозир бу жуда оғриқли, лекин биз келажакка қарашимиз керак"  3 09:19 Неймар 12 йилдан сўнг "Сантос" таркибида майдонга тушди  2 08:48Расман: Сардор Қобулжонов янги мавсумда "Хоразм"да ўйнайди  1 08:15Клаудио Раньери: "Элдор Шомуродов муносиб ўйин кўрсатди"  9 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   74 03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  58 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  8 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  34 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  15

Zamon yuki (Tolibov blogi) Yangiliklar

Zamon yuki (Tolibov blogi)

Joriy oyda milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistonida JCH saralash bahslarini o'tkazadi.

Dastlab, 7 iyun sanasida O'zbekiston MTJ Singapur termasiga qarshi maydonga chiqsa, 11 iyunda Yaman bilan bellashadi. Mazkur saralash bosqichining biz uchun eng muhim o'yini sifatida qaralayotgan uchrashuv esa 15 iyun sanasida mezbonlar Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan o'tkaziladi. Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi JCH saralash bosqichiga qanday tarkibni olib ketgani haqida ko'plab manbalarda malumot berildi. Xususan, ushbu xabarga saytimiz orqali bir qator turkum maqolalar ham navbati bilan elon qilib borildi. Bundan tashqari ayni masalada O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramovning JCH saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar bo'yicha tanlovi yuzasidan izox o'quvchilarimiz etiboriga havola etildi. SHuningdek, hozirda futbol muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib kelinayotgan "Tezkor studiya" loyihasida ham ushbu masala atroflicha muhokama qilindi. 

Saytimizda elon qilingan turkum maqolalarning birida yosh jurnalist Abdulaziz Iskandarov birlashish vaqti xususida so'z yuritgan. Qo'shilaman, hozir ayni birlashish vaqti. Milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaydigan, Vatanimiz nomidan maydonga tushadigan yigitlarga ruhan va qalban ko'mak bo'lishimiz kerak bo'lgan kunlarda turibmiz. 

JCH saralash bosqichida milliy terma  jamoamiz safida maydonga tushadigan futbolchilar borasida har kimning o'z qarashi va munosabati bor. Sizda kimningdir o'rnida kimdir bo'lishi kerak deb hisoblanadigan xulosa bo'lishi mumkin, balki haqdirsiz. Lekin, bilasizmi nima? Hozirda O'zbekiston MTJ biz uchun o'ta muhim bo'lgan safarga otlanib bo'ldi, bu borada ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan barcha masalalar muhokamasi yakuniga etdi. Kimlarningdir endilikda bu boradagi etirozli fikrlari uchun juda kech. 

Zamon yuki. Hozir shunday davrda yashayapmiz-ki, masalan terma jamoamiz safida maydonga tushadigan Alining harakatlaridan qoniqish hosil qilmay xaqoratlasangiz, uning ukasi Vali uyida o'tirib ushbu "go'zal kamment"ni o'qib o'tiribdi. Sizning fikringiz unga va shaxsiyatiga og'ir botayapti. Malum muddat o'tgach o'sha fikrlar Valiga ham etib boradi va unga ruhan tasir etmasdan qolmaydi. Nega futbol klublarida, terma jamoalarda ruhshunoslar ishlaydi? CHunki futbolchilarda jismoniy tayyorgarlik bilan birga ruhiy ishonchning o'rni ham juda muhim. O'zimizning, o'z milliy terma jamoamizning ruhiyatiga salbiy tasir ko'rsatishdan bir oz muddat tiyilib tursak hozir eng to'g'ri yo'l shu. 

Yodingizda bo'lsa kerak, Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan oldidan Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining ijobiy natija qayd etishiga ishonmagan soni ko'p edi. Ushbu musobaqaning guruh bosqichining birinchi o'yinida mezbonlar duch kelganmiz. Ko'pchilik Qatar termasiga qarshi bahsda hech bo'lmasa durang natijaga umid qilgandi. Yakunda Odil Ahmedovning supergoli va undan keyingi voqeliklar milliy terma jamoamizga muhim g'alabani taqdim etgandi. 

Saytimiz vakillari o'zlari tayyorlagan maqola yoki biron xabar ostida o'quvchilar tomonidan fikr bildirilishiga qarshi emas, aksincha istashadi. Aytaylik, duradgor beshik yoki sandiq yasaydi va bozorga olib chiqadi.Tayyorlangan mahsulotiga insonlar tomonidan berilgan tarif unga qo'shimcha ishtiyoq beradi, bajargan ishidan zavqlanadi. O'qituvchi o'zi dars bergan shogirdining kelajakda erishgan yutuqlaridan faxrlanadi, atrofdagilarga bu haqida zavqlanib gapiradi. Bularning barchasi kasb bilan bog'liq jarayon. SHunday ekan, jurnalist ham o'zi tayyorlagan maqolasini omma etiborini qozonishini chin dildan istaydi. O'zi aslida shuning uchun yozadi ham. O'quvchilarimiz tomonidan bildirilgan fikrlar orasida shu qadar mohirlik bilan bilan yoziladiganlari ham bor-ki, o'qib ko'rib beixtiyor nega jurnalist bo'lmagan bu inson deb yuborasiz. Bazi fikrlar esa buning tamomila aksi, ig'vo va atrofdagilarning asablari buzilishiga sabab bo'ladi. Xabar ostida fikr qoldirishning ham o'z etikasi, madaniyati bo'lishi kerak. So'ngi qabul qilingan meyoriy hujjatlarga ko'ra ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan xaqoratlar uchun javobgarlik belgilanganligini unutmang.

Futbol muxlislari tomonidan saytimizda elon qilingan xabar va maqolalar ostida qanchalik ko'p xabar qoldirilsa yashirmayman, bundan xursand bo'lamiz. CHunki bu sizning bizga va biz tomonimizdan tayyorlanayotgan mahsulotlar uchun etiboringiz va qo'llab-quvvatlashingiz bo'ladi. Qiziqishi bor inson o'z munosabatini bildiradi, tahlil qiladi, eng muhimi fikrlaydi. Bazi insonlarni tushunish qiyin, hech qanday bir qiziqishi yo'q. Saytimizda elon qilingan xabar ostida masalan "CHelsi" ECHL finalida "Manchestr Siti"ni nimaning evaziga mag'lub qilganini tahlil qila olayaptimi, demak bu insonning tafakkuri ishlayapti, shaxsiy fikri, qiziqishi va dunyoqarashi bor. Hech qanday qiziqishsiz yashashdan Yaratganning o'zi asrasin. Salomat bo'ling!

Bekzod Tolibov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика