Zammer: "Biz mavsum boshidan kuchli Riberini ko'ramiz"
23 iyu 2014 22:37
Yangiliklar
Zammer: "Biz mavsum boshidan kuchli Riberini ko'ramiz"
"Bavariya" jamoasi sport direktori Mattias Zammer jamoa etakchisi Frank Riberini uzoq jarohatidan keyin futbolga chanqoqligini aytib o'tdi.
Frank Riberi jahon chempionatini o'tkazib yuborganligi uchun futbolga ancha
chanqoq. Riberi g'alabalarga tashna holatda. U ruhiy tomonlama o'zini yaxshi
his etmoqda. Riberi uchun juda xursandman. Frank jarohatidan forig'
bo'lmoqda. U hali tiklanish jarayonida. Lekin hozirda u har qanday mashqlarni bemalol bajara oladi. Faqatgina biroz ehtiyotkorlikni saqlash zarur. Biz mavsum
boshidan kuchli Riberini ko'ramiz.
Fikrlar