"Zalcburg" forvardi Adeyemi "Bavariya"ga o'tishni xohlashini aytdi
16 sen 2021 11:47
Yangiliklar
"Zalcburg" forvardi Adeyemi "Bavariya"ga o'tishni xohlashini aytdi
"Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemi "Bavariya"ga o'tishni xohlaydi.
"Agar "Bavariya" menga taklif bersa, men u erga yo'l olaman. Hozirda men nimalarga qodir ekanligimni va klub meni qo'yib yuborim xato qilganini ko'rsatishni xohlayman. Bu meni ilhomlantiradi", - deydi Adeyemi.
Adeyemi Myunxenda tug'ilgan, u 2009-2011 yillarda "Bavariya" akademiyasida shug'ullangan.
19 yoshli o'yinchi 2021/22 yilgi mavsum "Zalcburg" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar