So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  1 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  0 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  6 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Zahiriddin Akbarov: “Andijonga kelganimda doim o'zimni erkin his qilaman” Yangiliklar

Zahiriddin Akbarov: “Andijonga kelganimda doim o'zimni erkin his qilaman”

Teglar :  Zahiriddin Akbarov
O'z davrining taniqli futbolchilaridan biri bo'lgan Zahiriddin Akbarovni yoshi ulug' ishqibozlar yaxshi eslaydi.

Ilgari “Navbahor” va “Andijon”dagi faoliyati orqali muxlislar qalbidan joy olgan Akbarovlarning to'ng'ichi maydon markazida faolligi bilan ajralib turardi. Yaqinda Andijonda tashkil etilgan xotira turnirida “Namangan” faxriylar jamoasi ham ishtirok etdi. Etiborlisi uning tarkibida Zahiriddin Akbarovni ham uchratdik. Fursatdan foydalanib, u kishidan intervyu oldik.

- Marhum Alijon Marajabov bilan ilgari futbol o'ynab yurgan paytlarimda tanishganman. To'g'risi, hozir aniq vaqti yodimda yo'q. Qadrdon akamiz bo'lgan. Yaxshi inson edi. Huddi ustoz kabi. Hakamlikda faoliyat yuritgan paytida va faxriylar jamoasida doimo munosabatlarimiz yaxshi bo'lgan. 2014 yili “Andijon” faxriylar jamoasi “Vodiy Kubogi”ni qo'lga kiritgan. O'sha paytda faxriylar jamoasiga Alijon aka murabbiylik qilgandi. Jamoani shakllanishida katta hissa qo'shganini hech kim inkor etmasa kerak. Faxriylar o'rtasidagi uchrashuvlarni tashkil etishda doimo jonbozlik ko'rsatib kelgan.

- Alijon akaning sofdilligi, halolligi, samimiyligi alo darajada bo'lgan. Kattami kichikmi, xurmatini joyiga qo'ygan. SHaxsan men o'z akamde ko'rganman. SHu bois u kishining xotirasiga turnir o'tkazilayotganidan xabar topgach, barcha ishlarimni chetga surib, darhol Andijon tomon otlandim.

- Ayni damda To'raqurg'on bolalar futbol maktabida murabbiylik qilib kelmoqdaman. Sakkiz yildan buyon yosh bolalarga futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqdaman.


- Menimcha har qanday murabbiy bu sohada noldan ko'tarilish kerak. SHu bois butsalarimni mixga ilgach, oliy liga klublarida murabbiylik qilishga shoshilmadim. Aksincha yosh bolalar bilan ishlashga qaror qildim. Har qanday sohada bo'lgani kabi asta-sekin ko'tarilish bo'ladi. Faqat bu insonni o'ziga bog'liq. Ispaniyalik taniqli murabbiy Visento Del Boske ham dastlabki qadamlarini bolalar futbolida tashlagan. Keyinchalik hammaga malum, ushbu mutaxassis terma jamoa darajadasidagi murabbiyga aylandi. Yoki o'zimizdagi murabbiylardan misol keltiradigan bo'lsak, Viktor Jalilovni olish mumkin. Bugungi kunda terma jamoada faoliyat yuritayotgan mutaxassis ham ilgari bolalar futbolida mexnat qilgan. Ko'plab yoshlarni kashf etgan. Yashirmayman men ham birinchi liga va oliy liga klublarida murabbiylik qilishni istayman. Bunga nasib qilsa erishaman.   

- To'g'ri, ilgari To'raqo'rg'on yulduzlar fabrikasi bo'lgan. Tan olish kerak, keyinchalik taniqli futbolchilarning etishib chiqishi, keskin pasayib ketdi. Bugungi kunda ham iqtidorli bolalar ko'p deb o'ylayman. Lekin aynan o'zimizdan bo'y ko'rsatmayotganining sababi, hozir yoshlar Toshkentdagi taniqli akademiyalarga oshiqmoqda. Aynan “Paxtakor”, “Bunyodkor” akademiyalaridan chiqishni istamoqda. CHunki boshqa viloyatlarda u darajada akademiya yo'q deyarli. Ilgari To'raqo'rg'onda BO'SM bo'lgan. Hozir esa to'garak bo'lib qolgan. Yani yoshlar maktabdan keyingi bo'sh vaqtida kelib, 1-2 soat shug'ullanib ketadi. Demoqchimanki futbolga ixtisoslashtirilgani qolmadi. SHu ham qaysidir manoda zararimizga ishlamoqda. Ammo o'zimizdan chiqarish maqsadida, To'raqo'rg'on futbolining avvalgi qaddini tiklash borasida astoydil ishlanmoqda. Asosiy maqsadlarimizdan biri – sobiq “Yoshlik” jamoasini tumanimizda tiklash.

- SHaroitlarga keladigan bo'lsak, hammasi baribir istaysizmi yo'qmi, mablag'ga borib taqalmoqda.

- Birinchi liga klublarini boshqarish uchun takliflar bo'lgandi. Ammo u paytda tegishli licenziya yo'qligi bois chorlovlarni qabul qila olmadim. Bugungi kunda esa “S” sertifikati bor. Navbat “V”ga keldi.

- Bolalar bilan ishlash, ham zavqli ham qiyindir. Yosh bolalar ham huddi bir nihol kabidir. Daraxtni ekib, keyinchalik unga parvarish qilsangiz, malum muddat o'tib, meva berishni boshlaydi. SHaxsan men shunday tushunaman. Eng kamida 5-7 yilda yoshlar shakllanib o'zini ko'rsatishni boshlaydi. Keyin yana bir gap, yoshlar guruhida shug'ullanayotgan 25-30 nafar futbolchining hammasi ham keyinchalik professional klubga o'ta olmaydi. SHulardan 7-8 nafari keyinchalik ham futbolchi bo'lishi mumkin. Qolgani esa o'z-o'zidan boshqa sohalarni tanlashga majbur bo'ladi. Yoshlarni huddi otadek tarbiyalab borasan. Unga mehr va etibor qilishing kerak. Katta futbolda esa tayyor futbolchini olib kelib, pul berib, o'ynatasan. Farqi shu. Albatta bolalar futbolida ishlash menga yoqmoqda. Aks xolda bu ishni yig'ishtirib qo'ygan bo'lardim.

- Men bilan birga To'raqo'rg'ondagi futbol maktabida ishlayotganlardan G'ulomjon Obidjonov, Odil Ahmadjonov, Azam Kenjaev, SHuhrat Karimovni aytish mumkin. 

- Ukam Zuhriddin Akbarov Rossiyada biznes bilan shug'ullanayotgandi. Yaqinda uyga qaytib keldi. Endi u ham futbolga qaytmoqchi. Buning uchun murabbiylik kurslarida tahsil olishni rejalashtirgan. Futbol bilan bizga qon bilan kirgan. SHuning uchun millionlar o'yinidan uzoqlashib ketish yoqmayapti. Mana o'zingiz ko'rib turganingizdek, bugun ham futbol o'ynamoqdamiz. Bu bizning sevgan kasbimiz. Undan voz kechib bo'lmaydi.

- Har yili Navoiy tog' metallurgiya zavodining faxriylar o'rtasida musobaqasi o'tkaziladi. Mazkur musobaqaga har safar boramiz. Demoqchimanki haligacha to'p tepishni kanday qilmayapman.

- “Andijon”da 5 yil (!) o'ynadim. Ushbu muddat hozirgi kunda juda ko'pdek bo'lib qolgan. Sababi futbolchilarning har yili jamoasini o'zgartirib turishi modaga aylanib bormoqda. “Andijon”dagi faoliyatimdan hech qachon nolimayman. Iliq xotiralar qolgan. Ajoyib damlarni o'tkazganmiz. Bu erga kelsam, o'zimni huddi ikkinchi uyimga kelgandek his qilaman.

- “Andijon”ga kelishim o'sha vaqtdagi murabbiy Sergey SHevchenko bilan bog'liq bo'lgan. 1998 yilning ikkinchi yarmida ukrainalik mutaxassis “Kosonsoy”da o'ynab yurgan kezlarimda meni yig'inga taklif etgan. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganimdan so'ng menga shartnoma taklif qilgan. SHu shu, besh yil jamoa sharafini himoya qildim. Bu vaqt oralig'ida eng yaxshi natijamiz 1999 yilda qayd etildi.  Eslasangiz o'shanda jamoamiz ketma-ket 15ta (!!!) o'yinda yutqazmagan. Faqat chempionatning so'nggi turida Jizzaxda “So'g'diyona”ga 5:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Bu o'yin biz uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasdi. 6-o'rinni naqd qilib bo'lgandik. O'sha mavsumni hozirgacha juda yaxshi easlayman. Oliy liganing grand klublari – “Paxtakor” va “Navbahor”ga ham yutqazmaganmiz. Ishqibozlar ham hayron qolgan. Ular o'yinga kirib, dam olardi. Mashg'ulotlarimizni kuzatish uchun mingga yaqin tomoshabin yig'ilardi. Ushbu muvaffaqiyatimizning zamirida murabbiyimizning aqlli qaror chiqarishi. Yakdil jamoa shakllangani yotibdi. Har bir futbolchi mexnatsevar bo'lgan. O'sha paytdagi tarkibda Tohir Mo'minov, Orif Mamatkazin, Rustam Abdiev, Qahramon Abduqodirov, Sergey Dub, Baxtiyor Hamidullaev, Otabek Qilichev, Temur To'xtasinov, Rahim Qodirov hamda Qobiljon Olimjonov kabi futbolchilar bo'lgan.  

- Baxtiyor Hamidullaevni barcha yaxshi taniydi. O'sha yili adashmasam, 24ta gol urib, chempionat to'purari bo'lgan. SHundan keyin “Andijon”dan boshqa to'purar chiqmadi chog'i. Unga o'sha vaqtlarda qulay paslarni etkazib beruvchi ijrochilar ham etarlicha bo'lganligini unutmaslik lozim.   

- SHaroitlar qoniqarli darajada bo'lgan. Oylik maosh, ovqatlanish... Bularning hammasi ko'ngildagidek edi.

- Sergey SHevchenkoni futbolchilik faoliyatimda ko'rgan murabbiylarim orasida beshtalikka kirita olaman. Tartib-intizomni birinchi o'ringa qo'yardi. Talabchanligi bilan ajralib turgan. O'yinning ertasi kuniyoq qarorgohimizda yig'ilardik. Kamdan-kam xollarda dam berardi, o'yindan so'ng. Deyarli har kuni tarozida og'irligimizni o'lchatardi. SHunga qarab, futbolchilarning xolati bilan tanishib borardi. Bu orqali u o'yinchilarni kun tartibga qay darajada amal qilayotganini tekishirib yurgan. Vazni biroz og'irlashib qolsa, rejimga amal qilmaganlikda ayblardi.

- SHuningdek murabbiylardan Yuriy Sarkisyan, Viktor Jalilov, Aleksandr Myagkov, marhum Viktor Borisov hamda bugungi kunda “Bunyodkor”ni boshqarib kelayotgan Baxtiyor Boboevni ham hurmat qilaman. Ularni o'zimga ustoz deb bilaman.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика