So’nggi yangiliklar

14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   3 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  3 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  14 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  12 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4 09:42“Барселона“ ҳимоячиларидан бири билан шартномани бекор қилишга яқин турибди  1 09:05Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади?   31 08:33"Ливерпуль" супер трансфер бўйича келишувга эришди  11 08:02Лазаревич: "Айрим вазиятларда футболчилар бир-бирини тушунишмади"  0

Zafar Xolmurodov “Nasaf” futbol maktabida ish boshladi Yangiliklar

Zafar Xolmurodov “Nasaf” futbol maktabida ish boshladi

Joriy yilda “Nasaf” o'rinbosarlari jamoasidaa bosh murabbiy bo'lib, faoliyat olib borgan Zafar Xolmurodov kutilmaganda o'z xohishi bilan klubni tark etgan edi.

Qisqa vaqt futbolda ko'rinish bermay qo'ygan afsonaviy futbolchi nihoyat “Nasaf” Futbol maktabida paydo bo'ldi.

So'nggi malumotlarga qaraganda, Xolmurodov sentyabr oyi boshidan buyon  2002 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhi mashg'ulotlarini olib borayotgan ekan.

Ushbu tayyorlov guruhidagi o'quv mashg'ulotlarini olib borishda Zafar Xolmurodovga yosh murabbiylar Sirojiddin Eshqobilov hamda Denis Qayumovlar ko'maklashmoqda.

Rahbariyat Xolmurodovga 2002 yilda tug'ilgan o'smirlar tayyorlov guruhini bosh murabbiyligini rasman hozircha topshirgani yo'q.

Tajribali sobiq futbolchi qisqa fursat ichida qaysidir tayyorlov guruhi bosh murabbiyi etib tayinlanishi endi aniq.

“Nasaf” PFK rahbariyati Zafar Xolmurodovning yuksak mahorati va yillar davomida to'plagan tajribasi yosh iqtidor egalarini tarbiyalab voyaga etkazishda asqotishiga ishonadi.

Iqtidorlar fabrikasi hisoblanmish “Nasaf” Futbol maktabining yanada nufuzini oshirishda Zafar Xolmurodov albatta o'z hissasini qo'shadi.

  Faxriddin CHORIEV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика