So’nggi yangiliklar

12:51Расман: Йилдиз "Ювентус" билан шартномасини узайтирди  0 12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  1 11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  0 11:05Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади  1 10:40Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади  26 10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  99 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  4 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1

Zafar To'raev: "Samarqandga faqat g'alaba uchun borgandik" Yangiliklar

Zafar To'raev: "Samarqandga faqat g'alaba uchun borgandik"

Oliy liganing 8-turida "Dinamo" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qildi.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida Zafar To'raev tomonidan kiritilgan gol yakunda muborakliklarga uch ochko keltirdi. O'yindan so'ng g'alaba to'pini kiritgan To'raev bilan suhbatlashdik.

- Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin qiyin kechdi. Aslida ham "Dinamo"ni faqat yutish uchun kelgandik. CHunki bundan oldingi turda o'z maydonimizda "Olmaliq" bilan durang o'ynab, qimmatli ikki ochkoni yo'qotgandik. Keyingi turda esa yana bir jiddiy raqib  "Lokomotiv" bilan kuch sinashamiz. SHuning uchun ham Samarqanddan faqat uch ochko olib ketishimiz shart edi. 

- Birinchi bo'limda javob to'pini kiritib, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirib olganimiz bizga foyda keltirdi deb o'ylayman. Har ikki jamoa ham muxlislarga yoqadigan ochiq o'yin namoyish etdi.

- Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol kiritib jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman. To'g'risi, gol urishimni kutmagandim. Lekin g'alaba bilan qaytishimizni sezgandim. CHunki ikkinchi bo'limda bir qator golli vaziyatlarni yarata oldik. Xattoki Mo'ydin Mamazulumov gol ham urgandi. Biroq hakam o'yindan tashqari xolatda deb baholadi.

- Samarqandda jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik. Yigitlar bir-birlari bilan pas o'ynash orqali mazmunli o'yin ko'rsatdik.

- Turnir jadvalida hozirgi egallab turgan o'rnimiz tabiiyki bizni ham qoniqtirmayapti. Bu yil taqvim biz uchun juda bir qiyin keldi. Asta-sekin hammasi ijobiy tomonga o'zgarib boradi va ikkinch davrada ko'zlagan maqsadimizga erishamiz degan umiddaman.

- Keyingi turni o'z maydonimizda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazamiz. Muxlislarimiz qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Agarda safar to'p tepganimizda edi, durang ham qoniqarli bo'lardi. Lekin o'z maydonimizda uch ochko uchun kurashamiz. Buni uddalasa bo'ladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика