So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  40 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Zafar Polvonov: “O'zbekiston terma jamoasida o'ynamoqchiman” Yangiliklar

Zafar Polvonov: “O'zbekiston terma jamoasida o'ynamoqchiman”

Mavsum-2013da o'sishga erishib yaxshi natija ko'rsatgan klublardan biri “Olmaliq” jamoasi bo'ldi.
CHunki ular turnir jadvalida faxrli 5-o'rinni qayd etishdi. Tabiiyki, bu Igor SHkvirin jamoasi uchun yomon natija emas. Uning ustiga mavsum davomida chempionlikka erishgan “Bunyodkor”ni o'z maydonida mag'lubiyatga uchratdi. SHuningdek, “Paxtakor”ni har ikkala bellashuvda ham engishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, jamoa bir tekisda o'ynab ishqibozlarini quvontirdi. Bu borada iqtidorli hujumchi Zafar Polvonov alohida mavzuga aylanishi mumkin. U jamoaning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylanib 14ta gol urgan holda “Olmaliq”ning to'purari bo'ldi. Darhaqiqat ushbu hujumchining jamoaga qo'shgan hissasi katta, har tomonlama o'zini ko'rsatdi. SHu sababdan futbolchiga ko'plab takliflar kelib tushdi. Ko'pchilik uni boshqa klubga o'tib ketishini taxmin qilishayotgandi. Ushbu suhbatda Zafar barcha savollarga aniq javob berib masalaga oydinlik kiritdi. Bundan tashqari kelasi yili “Olmaliq”ning uchinchi o'rin uchun kurashishini ham alohida takidladi.

- “Olmaliq” kuchli beshlikdan joy olishni uddaladi. Bunga qanday erishdinglar?
- Mavsum avvalida maqsadimiz jiddiy ko'rinishda edi. Buning uchun Igor SHkvirin yoshlarga ham katta etibor qaratdi. SHuningdek, u hujumkor o'yin ko'rsatish kerakligini tushuntirdi. Vazifa kuchli beshlikdan joy olish bo'lganligi sababi shunga yarasha mehnat qildik.

- Klubning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'ldingiz. Hujumchi sifatida o'zingizni ko'rsata olganingiz uchun ko'plab qiziqishlar bo'lyapti. Ushbu masalaga ham to'xtalib o'tsangiz?
- Ishonasizmi, agentlar menga Malayziya, Tailand va Qatar klublariga o'tishimni tavsiya qilishdi. Garchi xorijda o'zimni ko'rsatish imkoniyati bo'lsada, yana O'zbekistonda qolishni xohladim. Oliy liga klublaridan ham qiziqishlar bo'ldi-yu, biroq yana bir bor “Olmaliq”ni tanladim.

- Nima uchun xorij jamoalarini tanlamadingiz?
- To'g'risini aytadigan bo'lsam, oila-azolarim chetga chiqishimga yo'l qo'yishmadi. Ular uzoqlashimni xohlashmadi.

- Sizga qolsa ketarmidingiz?
- Ha, boshqa chempionatlarda o'z kuchimni sinab ko'rishim qiziqarli bo'lardi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- Demak, 2014 yilni yana “Olmaliq”da boshlashingiz aniqmi?
- Ha, men qaror qabul qilib bo'lganman. Bir yilga shartnomamni uzaytirdim, Igor SHkvirin bilan hammasini kelishib olganmiz.

- Xorij klublarining takliflariga nima uchun rad javob berganingizni aytdingiz, lekin oliy liganing boshqa klublariga o'tmaslikka sabab nima?
- “Olmaliq”ga kelib men ko'p narsaga erishdim. Bu yil jamoa to'purariga aylandim. Kelasi yili ham to'purarlik mahoratimni ko'rsatmoqchiman hamda bu orqali terma jamoada o'ynashga tayyorgarlik qilaman. Hamma narsa o'z qo'limda, faqat tinmay mehnat qilishim kerak.

- Qaysi klublarning taklif bildirgani haqida ayta olasizmi?
- Bir-ikkitasidan emas, hamma jamoadan taklif olgandim. Ularga “Olmaliq” bilan shartnomam bor deb aytdim.

- Takliflar ko'pligidan o'zingizni yo'qotib qo'ymadingizmi?
- Bir tomondan qaraganda xursand bo'ldim. Sizni shunchalik hurmat qilib taklif qilishlari ham katta gap. Aslida biror bir klubdan taklif bildirilishi bu futbolchi uchun yaxshi narsa. Ular menga qiziqish bildirishdimi, demak men o'syapman, futbol o'ynayapman. Bu holat sizni yanada ko'proq ishlab intilishingizga yordam beradi.

- Mavsumni muvaffaqiyatli o'tkaza olganingizning sababi nimada?
- Yigitlar bilan yaxshi til topishganman. O'z ustimda ham ko'p ishladim. SHkvirin hujumchilar bilan tez tez ishlagani uchun shu darajaga erishdim. Mashg'ulotlarda to'g'ri taktika asosida ishladik. Jamoaning muvaffaqiyatlarida bosh murabbiyning hissasi katta bo'ldi. Mening to'purar bo'lishimda uning mehnatlarini alohida aytgan bo'lardim. Hujumchi uchun to'purar bo'lish qoniqarli holat. Lekin o'ziga yarasha kamchiliklar ham bor edi. Kelasi yili o'z ustimizda yanada ko'proq ishlaymiz.   

- “Paxtakor” va “Bunyodkor” darvozalariga gol urish qiyin. Siz esa bu yil ikkala jamoa darvozalarini ishg'ol etib “Olmaliq”ning g'alabalarini taminladingiz. Xo'sh, etakchi klublar darvozasini ishg'ol qilishingizning siri nimada?
- Hech bir jamoa yutqazamiz deb o'ylamaydi. Kimki to'g'ri futbol namoyish etsa yutadi. Murabbiylar bizning oldimizga g'alabani maqsad qilib qo'ydimi, uni bajarishimiz shart. Har bir uchrashuvda hujumchi gol urib o'z ishini ado qilishga intiladi. Bunday o'yinlarda muhim gol mualliflari bo'lish omadga ham bog'liq.

- Kelasi yili “Olmaliq”ning 5-o'rindan yuqoriga kurashishini ko'ramizmi?
- Jamoamizda bo'lib o'tgan yig'ilishda uchinchi o'rin uchun kurashish vazifasi belgilandi. SHu bois kelasi yili sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boramiz. SHuning uchun ham shu erda qolishga qaror qildim.

- Sovrindorlar qatoridan joy olishni eplay olarmikinsizlar?
- Hammasini vaqt ko'rsatadi. Maqsad o'ta jiddiy bo'lganidan keyin shunga yarasha astoydil harakat qilish kerak. Hech kim o'z yo'lida to'xtab qolmasligi lozim. Maqsad shunchaki aytilgani yo'q. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishlari shart.

- “Olmaliq”dan oldin ”Dinamo”, “Xorazm”, “Nasaf”, “SHo'rtan” kabi klublarda o'ynab ijobiy tomonlaringizni ko'rsata olmagansiz. “Olmaliq”da esa Zafar Polvonov sifatida tanildingiz. Bu erdagi muvaffaqiyatlar nima bilan bog'liq?
- “Nasaf”da o'ynab yurganimda OFK Kubogiga vazifa qo'yilgandi. U erda raqobat juda yuqori edi. Bunday vaziyatda mazza qilib futbol o'ynashning iloji yo'q edi. Birdaniga o'yin qovushishi ham qiyin bo'lardi. Ochig'i, u erda raqobat xaddan tashqari kuchli bo'lgani uchun o'sishim og'ir bo'ldi. “Olmaliq”ga kelib o'zimni ko'rsatishimga SHkvirin katta yordam berdi.

- Bu erda ham raqobat o'ziga yarasha kuchli edi, to'g'rimi?
- Ha, albatta. SHaxboz Erkinov, Mo'ydin Mamazulumov kabi tajribali hujumchilar bor edi. Menga raqobat bo'lsa ko'proq o'sish bo'ladi. Bu narsani aynan “Olmaliq”da his etdim. “Nasaf”da esa hammasi boshqacha tus olgandi. Yani, futbolchiga o'zini ko'rsatishi uchun etarlicha imkon ham berish kerak.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика