Zabixillo O'rinboev: "Ko'zlangan maqsadga erishsa bo'ladi"
28 avg 2015 01:40
Yangiliklar


Zabixillo O'rinboev: "Ko'zlangan maqsadga erishsa bo'ladi"
"Bugundan mashg'ulotlarni boshladik. Mashg'ulotlar turli xil, rang-barang o'tmoqda. Yangi murabbiylar shtabi bilan ishlash qiziqarli kechmoqda. Hamma murabbiyning o'z ish uslubi bo'ladi va barcha bir-biridan farq qiladi. Ertaga (bugun) Slovakiyaga xalqaro turnirga qatnashgani yo'l olamiz. Bu turnirda o'yinimizni kuchaytirib olishga harakat qilamiz. Jamoaning yangi o'yin uslubini bu musobaqada yanada sayqallashtirishga urinib ko'ramiz. Bu musobaqada asosan o'z o'yinimizni yo'lga qo'yishga etibor qaratamiz. O'ylaymanki, bu kollektiv bilan ko'zlangan maqsadlarga erisha olamiz. Jamoamizning salohiyati eng oliy maqsad va vazifa Olimpiyadaga yo'l olishga qodir. Bu ishni uddalasak bo'ladi. Muhimi tayyorgarlikni yaxshi olib borish lozim", - deydi Zabixillo O'rinboev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar