Zabihillo O'rinboev: “Gol urishni va jamoam uchun foyda keltirishni istayman”
20 iyu 2016 07:02
Yangiliklar
Zabihillo O'rinboev: “Gol urishni va jamoam uchun foyda keltirishni istayman”
Oliy liga 13-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” hujumchisi Zabihillo O'rinboev fikrlari bilan qiziqdik.
- “Andijon” jamoasi ishtirokidagi bir nechta uchrashuvni tomosha qildik. Ularni bo'sh va kuchli jihatlarini o'rgandik. Raqib safida Anvar Berdiev va Nemanya Yovanovich singari tajribali futbolchilar alohida ajralib turishibdi. Bizga g'alaba muhim. Agar o'z o'yinimizni namoyish qilsak, raqibni yuta olamiz. Tezkor va pozicion hujumlarga o'tishda aniq o'ynashimiz kerak, deb o'ylayman. Qolaversa, o'zim ham gol urishni va jamoam uchun foyda keltirishni istayman, - deydi Zabihillo O'rinboev.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
Fikrlar