"Yuventus"ga "Manchester Siti" hujumchisi kerak
20 mar 2022 20:41
Yangiliklar
"Yuventus"ga "Manchester Siti" hujumchisi kerak
Turin klubi Braziliya terma jamoasi va "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olishga yaqin turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, turinliklar rahbariyati "shaharliklar" "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolashini kutmoqda, shundan so'ng "Yuvegus" muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, bitim summasi 70 million evrodan ortiqni tashkil qilishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jezusning "Siti" bilan kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar